Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
munosabatlarning sub’yekti hamdir
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
munosabatlarning sub’yekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali
ruyobga chiqadi. Bu faoliyat yo‘nalishi va natijalari xodimning o‘z faoliyatida qanday o‘y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yo‘l-yo‘riqlarga, muddaolarga va psixologik e’tiqodlarga amal qilishiga bog‘liq. Shu sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni rag‘batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak. Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyatning ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosadan aniqlash mumkin. Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda quyilgan maqsadlarga erishish natijalari bilan ishlab chiqarish harajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” - harakatlik, ishlab chiqaruvchilik zaruriy natijani beruvchi ma'nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafko’rada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “Ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajm yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baxo beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi. Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida xoxlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi: - boshqaruv xodimlari mehnati samaradorligi; - boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi; - boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish); - boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarishni boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda); - boshqaruv mexanizmining samaradorligi (uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv shakllari). Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir keyingi tushunchaning mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi. Samaradorlikning o’z mazmun va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsifga ega holat sifatida urgu beriladi. Samaradorlik turlari har hil maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy va iqtisodiy) ifodalaydi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling