Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


 –rasm. Investitsion muhitni shakllantirish


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/43
Sana20.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1711033
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
11.4 –rasm. Investitsion muhitni shakllantirish
6
 
Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. 
Shuning uchun ham rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda maxsus investitsiya 
loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarni 
investitsiya muhitini o‘rganadigan va aniq xulosalarni investorlar uchun beradigan 
firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvedsariya, Germaniya kabi qator 
mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy 
holatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va o‘ta qulaygacha bo‘lgan balli 
shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‘rsatkichni hisobga oladigan “BERI” 
(business environment risk index) ni qo‘llaydi. “BERI” indeksi 45-48 mamlakat 
bo‘yicha yiliga 3 marta e’lon qilinadi. Quyidagi chizmada (11.5-rasm) ular 
investitsiya qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ahamiyatidan kelib chiqib aks 
ettirilgan. 11.5-rasmdan ko‘rinishicha, “BERI” indeksiga kirgan ko‘rsatkichlar 
orasida siyosiy barqarorlik (12 foiz) eng katta ahamiyatga ega. Tahlil ko‘rsatishicha, 
g‘arbiy ekspertlar aynan harbiy xarakatlar yoki ichki vaziyatning keskinlashuvi yuz 
bergani bois Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so‘nggi o‘rinlar 
berishgan.
6
G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. - T.: 
1993. 48-b. 
INVESTITSION MUHIT 
Investitsion jozibadorlik 
Investitsion faollik 
Investitsion 
risk darajasi 
Investitsion 
salohiyat 


 
11.5-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun xudud jozibadorligini 
(maftunkorligini) baholashning “BERI” indeksi
7
 
Investitsion salohiyat makroiqtisodiy xususiyatlar, hududning ishlab chiqarish 
omillari bilan to‘yinganligi, aholining xaridorgir talablari va boshqalarni hisobga 
oladi. 
Investitsion risk darajasining yuqoriligi investitsiya va undan keladigan 
daromadni yo‘qotish ehtimolini ko‘rsatadi. Oxir-oqibat investitsion faollik uning 
investitsion jozibadorligiga bog‘liq. 
Investitsion faollik - asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiya ko‘rinishidagi 
investitsion faoliyatning real (haqiqiy) rivojlanishidir. 
Xorijda bizdagi investitsiya muhiti haqida nima bilishlari u qanday berilganligi 
va baholanishi aniqlanishidan O‘zbekistonning jahon investitsiyalari uchun 
imkoniyatlari kelib chiqadi.
Investitsiya muhiti mikroiqtisodiy darajada ikki tomonlama, ya’ni investor va 
aniq davlat organlari, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini 
topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun ob’yektiv holat bo‘lib, kapital 
qo‘yish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Lekin 
investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi. 
Shuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardandir. Shu 
ma’noda har bir davlat kapital import qilishda o‘zining aniq kapital qabul qilish 
tizimiga ega bo‘ladi. Kapital qabul qilish tizimi bu xorijiy kapitalga nisbatan davlat 
7
G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. - 
T.: 1993. 52-b 
Siyosiy barqarorlik 
(12 foiz) 
Devalvatsiya (6 foiz) 
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari 
(10 foiz) 
Valyuta ayirboshlanishi 
(10 foiz) 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling