Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli kreditlash imkoniyatlari va xorijiy inves-torlarning sarmoyaga o‘z ulushini kiritish shartlari (8
“BERI” indeksi xorijiy investitsiyalar uchun xudud jozibaliligini (maftunkorligini) baholash Milliychilik imko-niyati: ekspropriatsiya-dan rezidentlar uchun afzallikkacha (6 foiz) To‘lov balansi xolati (6 foiz) Byurokratik tadbirlar – davlat boshqaruvi darajasi (4 foiz) Ish xaqi va mexnat samaradorligiga xarajatlar (8 foiz) Uzoq muddatli kreditlash imkoniyatlari va xorijiy inves-torlarning sarmoyaga o‘z ulushini kiritish shartlari (8 foiz) Shartnomani bajarish imkoniyati (6 foiz) Ekspertlar va xizmat-lardan foydalanish imkoniyatlari (2 foiz) Transport va aloqa-ning tashkil etilganligi (4 foiz) Qisqa muddatli kreditlash imkoniyatlari (8 foiz) Mahalliy boshqaruv va sherikchilik (4 foiz) siyosatining va qonunlarining, meyoriy hujjatlarining majmuasidir. O‘zbekistonda ham ishlab chiqarishga kapital qabul qilish tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabatda zamonaviy xalqaro xo‘jalik aloqalari qoidalariga asosalangan holda qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda, shuningdek xorijiy investitsiyalarning infratuzilmalari yaratilmoqda. So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi. Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda “bir darcha” tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati va biznesni yuritish sharoitlari hali-hamon erkin bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro normalarga to‘liq hajmda javob bermayapti. Avvalgidek tadbirkorlik faoliyatini haddan ortiqcha tartibga solish holatlari mavjud, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning kontaktsiz shakllarini samarali joriy etish imkoniyatlari to‘liq hajmda ishlatilmayapti. Biznesni yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar joylarda yetarli darajada amaliyotga joriy etilmayapti. Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti nafaqat korxonalar uchun yuqori daromad olishdir, aksincha u jamiyatda vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti innovatsion rivojlanishni, mehnat unumdorligini rag‘batlantiradi va mehnat unumdorligini ko‘tarilishi oqibatida uning natijalari mehnatkashlar va iste’molchilarga naf keltirishda raqobat asosiy omil ekanini tasdiqlaydi. Agarda iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish nuqtai-nazaridan investitsiya muhitiga yondoshilsa, unda investitsiya muhiti: - korxona e’tibori markaziga mablag‘larni safarbar etish va ish kuchini yollash qarorini qabul qilishni; - korxonalar tomonidan investitsiyalar imkoniyatini baholash, ular bilan bog‘liq siyosat va hukumatni amaliy faoliyatini ko‘zda tutishini (mulkchilik huquqlarini inobatga olinishi, soliqqa tortishni, moliya, infratuzilma, korrupsiya va hukumatning boshqa sohalaridagi siyosati va amaliy tadbirlarini yaxlitligini); - investitsiya faoliyatini kelajakka qaratilganligini ko‘rsatishini (investitsiyalar negizida kelajak bilan bog‘liq orzu-umidlar (kutishlar) yotishini) hukumatning o‘tkazayotgan tadbirlarini ishonchliligini va ularni barqarorlikni mustahkamlashga qaratilganligi; - siyosatni ishlab chiqaruvchilardan xususiy ishlab chiqarish, investitsiyalarni rag‘batlantirish vazifalarini jamiyatni boshqa maqsadlari bilan muvofiqligini ta’minlashni talab etishini bildiradi. Korxonalar jamiyat uchun salmoqli samara keltiradi, ammo korxonalar va jamiyat manfaatlari har doim ham mos kelavermaydi. Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti insonlar uchun takomillashish imkoniyatlarini beradi. Investitsiya muhitini yaxshilanishi rivojlanish strategiyasini muhim omilidir. Investitsiyalar esa insonlarga o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish yo‘nalishlarini beradi. Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan, respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari, bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Ichki investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator imtiyozlar va kafolatlar tizimi yaratilgan. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash tartibini belgilangan. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling