Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana20.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1711033
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
 
“BERI” indeksi xorijiy 
investitsiyalar uchun xudud 
jozibaliligini (maftunkorligini) 
baholash 
Milliychilik 
imko-niyati: 
ekspropriatsiya-dan 
rezidentlar 
uchun 
afzallikkacha (6 foiz) 
To‘lov balansi xolati (6 
foiz) 
Byurokratik tadbirlar – 
davlat boshqaruvi darajasi
(4 foiz) 
Ish xaqi va mexnat 
samaradorligiga xarajatlar 
(8 foiz) 
Uzoq muddatli 
kreditlash 
imkoniyatlari va 
xorijiy inves-torlarning 
sarmoyaga o‘z ulushini 
kiritish shartlari (8 
foiz) 
Shartnomani bajarish 
imkoniyati (6 foiz) 
Ekspertlar va xizmat-lardan 
foydalanish imkoniyatlari (2 
foiz) 
Transport va aloqa-ning 
tashkil etilganligi (4 foiz) 
Qisqa muddatli kreditlash 
imkoniyatlari (8 foiz) 
Mahalliy boshqaruv va 
sherikchilik (4 foiz) 


siyosatining va qonunlarining, meyoriy hujjatlarining majmuasidir. O‘zbekistonda 
ham ishlab chiqarishga kapital qabul qilish tizimi yildan-yilga takomillashib 
bormoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabatda zamonaviy 
xalqaro xo‘jalik aloqalari qoidalariga asosalangan holda qonun va qarorlar ishlab 
chiqilmoqda, shuningdek xorijiy investitsiyalarning infratuzilmalari yaratilmoqda. 
So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya 
muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni 
yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda 
mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng 
chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi. 
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik 
nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada 
soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini 
ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda “bir darcha” 
tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga 
oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati va 
biznesni yuritish sharoitlari hali-hamon erkin bozor iqtisodiyoti talablari va 
tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro normalarga to‘liq hajmda javob 
bermayapti. Avvalgidek tadbirkorlik faoliyatini haddan ortiqcha tartibga solish 
holatlari mavjud, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro 
munosabatlarning kontaktsiz shakllarini samarali joriy etish imkoniyatlari to‘liq 
hajmda ishlatilmayapti. Biznesni yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash 
bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar joylarda yetarli darajada amaliyotga 
joriy etilmayapti. 
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti nafaqat korxonalar uchun yuqori daromad 
olishdir, aksincha u jamiyatda vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. 
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti innovatsion rivojlanishni, mehnat 
unumdorligini rag‘batlantiradi va mehnat unumdorligini ko‘tarilishi oqibatida uning 
natijalari mehnatkashlar va iste’molchilarga naf keltirishda raqobat asosiy omil 
ekanini tasdiqlaydi. 
Agarda iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish nuqtai-nazaridan 
investitsiya muhitiga yondoshilsa, unda investitsiya muhiti: 
- korxona e’tibori markaziga mablag‘larni safarbar etish va ish kuchini yollash 
qarorini qabul qilishni; 
- korxonalar tomonidan investitsiyalar imkoniyatini baholash, ular bilan bog‘liq 
siyosat va hukumatni amaliy faoliyatini ko‘zda tutishini (mulkchilik huquqlarini 
inobatga olinishi, soliqqa tortishni, moliya, infratuzilma, korrupsiya va hukumatning 
boshqa sohalaridagi siyosati va amaliy tadbirlarini yaxlitligini); 
- investitsiya faoliyatini kelajakka qaratilganligini ko‘rsatishini (investitsiyalar 
negizida kelajak bilan bog‘liq orzu-umidlar (kutishlar) yotishini) hukumatning 
o‘tkazayotgan tadbirlarini ishonchliligini va ularni barqarorlikni mustahkamlashga 
qaratilganligi; 


- siyosatni ishlab chiqaruvchilardan xususiy ishlab chiqarish, investitsiyalarni 
rag‘batlantirish vazifalarini jamiyatni boshqa maqsadlari bilan muvofiqligini 
ta’minlashni talab etishini bildiradi. 
Korxonalar jamiyat uchun salmoqli samara keltiradi, ammo korxonalar va 
jamiyat manfaatlari har doim ham mos kelavermaydi. 
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti insonlar uchun takomillashish 
imkoniyatlarini beradi. Investitsiya muhitini yaxshilanishi rivojlanish strategiyasini 
muhim omilidir. Investitsiyalar esa insonlarga o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va to‘liq 
foydalanish yo‘nalishlarini beradi. 
Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda 
investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq 
imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan, 
respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish, 
rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi. 
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari, 
bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish 
kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod 
etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi 
imtiyozlarga ega bo‘ladilar. 
Ichki investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni 
islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida 
ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy 
natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator imtiyozlar va kafolatlar 
tizimi yaratilgan.
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”"gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq 
chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash 
tartibini belgilangan. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling