Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
–rasm. Investitsion muhitni shakllantirish
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- INVESTITSION MUHIT
11.4 –rasm. Investitsion muhitni shakllantirish
6 Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. Shuning uchun ham rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda maxsus investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarni investitsiya muhitini o‘rganadigan va aniq xulosalarni investorlar uchun beradigan firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvedsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va o‘ta qulaygacha bo‘lgan balli shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‘rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index) ni qo‘llaydi. “BERI” indeksi 45-48 mamlakat bo‘yicha yiliga 3 marta e’lon qilinadi. Quyidagi chizmada (11.5-rasm) ular investitsiya qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ahamiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan. 11.5-rasmdan ko‘rinishicha, “BERI” indeksiga kirgan ko‘rsatkichlar orasida siyosiy barqarorlik (12 foiz) eng katta ahamiyatga ega. Tahlil ko‘rsatishicha, g‘arbiy ekspertlar aynan harbiy xarakatlar yoki ichki vaziyatning keskinlashuvi yuz bergani bois Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so‘nggi o‘rinlar berishgan. 6 G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. - T.: 1993. 48-b. INVESTITSION MUHIT Investitsion jozibadorlik Investitsion faollik Investitsion risk darajasi Investitsion salohiyat 11.5-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun xudud jozibadorligini (maftunkorligini) baholashning “BERI” indeksi 7 Investitsion salohiyat makroiqtisodiy xususiyatlar, hududning ishlab chiqarish omillari bilan to‘yinganligi, aholining xaridorgir talablari va boshqalarni hisobga oladi. Investitsion risk darajasining yuqoriligi investitsiya va undan keladigan daromadni yo‘qotish ehtimolini ko‘rsatadi. Oxir-oqibat investitsion faollik uning investitsion jozibadorligiga bog‘liq. Investitsion faollik - asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiya ko‘rinishidagi investitsion faoliyatning real (haqiqiy) rivojlanishidir. Xorijda bizdagi investitsiya muhiti haqida nima bilishlari u qanday berilganligi va baholanishi aniqlanishidan O‘zbekistonning jahon investitsiyalari uchun imkoniyatlari kelib chiqadi. Investitsiya muhiti mikroiqtisodiy darajada ikki tomonlama, ya’ni investor va aniq davlat organlari, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun ob’yektiv holat bo‘lib, kapital qo‘yish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Lekin investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardandir. Shu ma’noda har bir davlat kapital import qilishda o‘zining aniq kapital qabul qilish tizimiga ega bo‘ladi. Kapital qabul qilish tizimi bu xorijiy kapitalga nisbatan davlat 7 G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. - T.: 1993. 52-b Siyosiy barqarorlik (12 foiz) Devalvatsiya (6 foiz) Iqtisodiy o‘sish sur’atlari (10 foiz) Valyuta ayirboshlanishi (10 foiz) Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling