Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rsating?
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Iqtisodiy samaradorlik deganda nimani tushunasiz
- XII-BOB. Korxonaning innovatsion faoliyati 12.1. Korxonaning innovatsion faoliyati va innovatsiya
10. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rsating?
A) Mahsulot miqdori va sifati, fond qimati, mahsulot tannarxi, mehnat unumdorligi, yer qaytimi, rentabellik. B) Mehnat unumdorligi, mehnat xaqi darajasi, ekin hosildorligi, mehnat sig‘imi, chorva mollari mahsuldorligi. C) Fondlar bilan ta’minlanish, fondlar bilan qurollanish, fond qiymati, fond sig‘imi, mehnat sig‘imi, hosildorlik. D) Rentabellik, foyda, sof daromad, yalpi daromad. 11. Iqtisodiy samaradorlik deganda nimani tushunasiz? A) Iqtisodiy samaradorlik deganda yalpi daromaddan mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xarajatlarni chegirib tashlangandagi natijaga aytiladi B) Iqtisodiy samaradorlik deganda bir – birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xarajatlarni chegirib tashlangandagi natijaga aytiladi C) Iqtisodiy samaradorlik deganda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, jonli mehnat sarfidan yoki barcha sarflangan mablag‘lardan keladigan oxirgi pirovad natijani bildiradi D) Iqtisodiy samaradorlik deganda asosiy vositalarni yangilab, rekonstruksiya qilib, foydalanishga va ularni ishlab chiqarishga keng joriy etishga aytiladi XII-BOB. Korxonaning innovatsion faoliyati 12.1. Korxonaning innovatsion faoliyati va innovatsiya Zamonaviy iqtisodiyotga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin: 1) an’anaviy yo‘nalish; 2) zamonaviy yo‘nalish; 3) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar. - An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi. - Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi. - Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: - elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish; - yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; - texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish; - mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni modernizatsiyalash kiradi. Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, “Nau-xau“, innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k. “Nau-xau“ – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. “Nau-xau“ tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi mumkin. “Nau-xau“ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling