Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Investitsiyalarning qoplanish muddati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
11.6. Investitsiyalarning qoplanish muddati Korxonalar xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo‘nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar korxonalar va butun iqtisodiyot miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega. Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo‘jayini” sifatida korxonalarning o‘zidan tashqari, davlatni, mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning mohiyatini noto‘g‘ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o‘z o‘rnini topmoqda. Shu bilan birga, “kapital qo‘yilmalar” atamasining o‘z izohlari ham mavjud. Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas. Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor sohalarni qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi: belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash; ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash; chet el investitsiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb qilish; potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash; ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajaga olib chiqishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash; aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni investitsiyalar bilan ta’minlash; investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartibga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish. Davlat investitsiya faoliyati doirasida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘i hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalash yo‘li bilan amalga oshiriladigan investitsiya, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi 5 . Jalb qilish usuliga ko‘ra kapital qo‘yilmalar ichki va tashqi manbalardan jalb qilinadi. Makroiqtisodiy darajada ichki manbalarga davlat budjeti mablag‘lari, davlat budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, jismoniy shaxslar mablag‘lari, tashqi manbalarga chet el investitsiyalari, xorijiy tijorat banklarning kreditlari, xorijiy jismoniy shaxslar mablag‘lari kiritilishi mumkin. Mikroiqtisodiy darajada (korxonalar miqyosida) investitsiyalashning asosiy manbalari ham ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Investitsiyalarning ichki manbalari quyidagilar: ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy mablag‘lari; foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi; sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar; korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar; yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar; xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar: markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar; korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar; davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan ko‘proqni tashkil etadi. Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tanqisligi sharoitida lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling