Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Investiwion muhit almashtiriladigan valyutada kiritilgan yoki zamonaviy texnologik uskunalar tarzida qo‘yilgan; soliq imtiyozlarini taqdim etish natijasida olingan daromad ushbu davrda korxonani rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirilgan va shu kabi boshqa sharoitlarda qo‘llanadi. Davlat kafolatlarisiz xorijiy investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilinuvchi uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiluvchi bazaga kiritilmasligi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi tashkil etilayotgan korxonalarning asosiy faoliyatdan ko‘radigan zararlari 5 yil muddat ichida soliqqa tortiladigan daromad hisobidan to‘lash uchun hisobot davridan keyingi yillarga teng ulushlarda taqsimlanishi mumkin. Umuman olganda, mamlakatda yaratilgan investitsion muhit va investitsilashdagi ustivor yo‘nalishlar iqtisodiyotni sifat jihatdan yuqori darajaga chiqarish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, yuqori turmush sharoitlarini yaratish va respublikani jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritish hisoblanadi. Chet ellik investorlar qatoriga “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagilar kiritiladi: chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari; davlatlar o‘rtasidagi bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’yektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar; chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; chet davlat fuqarolari bo‘lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Chet ellik investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish; chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish; mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish; intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish; konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish; savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’yektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali. Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan o‘zlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (paylarining) ulushlari yoki ustav jamg‘armasining kamida o‘ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri chet ellik investor bo‘lishi shart. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta’sis etish yo‘li bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta’sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yohud bunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. Investitsiya manbalarini shakllantirish borasida davlat ko‘radigan chora- tadbirlar investitsiyalarning ichki manbalariga tegishli bo‘lib, asosan soliq-byudjet siyosati va pul-kredit siyosati vositalari yordamida davlat, aholi, korxona, bank va davlat byudjeti mablag‘larini shakllantirish, qayta taqsimlash va ular o‘rtasida ma’lum proporsiyalarni yuzaga keltirishga qaratilgan. Masalan, soliq stavkalarining pasaytirilishi aholi va korxonalar daromadlarining oshishiga, investitsiyalar manbai bo‘lgan aholi jamg‘armalari va korxonalarning sof foydasi miqdorlarining ko‘payishiga olib keladi. Ayni paytda investitsiyalarning manbalariga ko‘ra tuzilishida bu ikki guruhning ulushi oshadi. Jami investitsiyalar hajmida bank kreditlari, korxona va aholi mablag‘lari hissasining yuqori bo‘lishi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijobiy hodisa hisoblanadi. Qo‘llaniladigan jadallashtirilgan amortizatsiya usuli ham korxonalarda investitsiya mablag‘larining tezroq jamlanishiga olib keladi va investitsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Investitsiya siyosatining eng muhim bo‘g‘ini investitsiya mablag‘larini eng ustuvor va ahamiyatli tarmoqlar va hududlarga jalb qilish borasidagi chora- tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda, umuman, mamlakat iqtisodiyotida, xususan esa, ustuvor deb belgilangan tarmoqlar va hududlarda qulay investitsiya muhitini yaratish zarur. Investitsiya muhiti bir qator shart-sharoitlarga qarab baholanadi. Bu shart-sharoitlarga siyosiy barqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik darajalari, byudjetning to‘ldirilishi darajasi, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki va xususiy sektorning rivojlanishi darajasi, iqtisodiyotning, xususan, tashqi savdo, valyuta bozorlarining erkinligi, bozor infratuzilmasining rivojlanishi darajasi, tabiiy va mehnat resurslarining mavjudligi va ulardan foydalana olish imkoniyatlari, ishchi kuchining malakasi, soliq tizimining xususiyatlari, bank foiz stavkalari, bozor sig‘imi va boshqalar kiradi. Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan, respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari, bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Ichki investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator imtiyozlar va kafolatlar tizimi yaratilgan. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash tartibini belgilangan. Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida chet el investitsiyalari ishtirokida bunyod etilgan eng yirik sanoat ob’yektlari respublikamizning eksport salohiyatini oshirdi, eksport va importning tovar tuzilishida ijobiy siljishlarga erishish, mamlakatning to‘liq yoqilg‘i-energetika mustaqilligini ta’minlash imkonini berdi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling