Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017 2018 2019 2020 yil yanvar- sentabr 2020 yil yilda 2012 yilga
- Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
11.1-jadval Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar (ming so'm) 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 yil yanvar- sentabr 2020 yil yilda 2012 yilga nisbatan o‘zgarishi, % O'zbekiston Respublikasi 1008,2 1224,0 1431,7 1608,6 2227,8 3769,6 5834,6 4044,8 401,193 Qoraqalpog'iston Respublikasi 1400,7 2280,6 3388,2 2094,1 1542,2 3641,1 4644,4 3638,9 259,789 viloyatlar: Andijon 525,8 581,0 678,4 745,3 999,6 1550,3 2406,0 2248,7 427,68 Buxoro 1720,3 2023,4 2264,0 3237,6 6254,2 5112,4 5429,3 4476,0 260,19 Jizzax 928,1 969,6 1033,1 1125,1 1361,9 2693,9 5778,9 4908,9 528,922 Qashqadaryo 1281,0 1613,1 1969,9 2389,2 3583,4 5193,4 7534,6 4355,1 339,973 Navoiy 1896,4 1933,5 1965,1 3168,2 4185,5 10892,1 17855,2 12042,4 635,015 Namangan 485,6 714,7 863,8 1074,8 1340,3 2992,5 4344,1 3201,5 659,29 Samarqand 623,3 730,0 912,0 1001,6 1189,5 1878,3 2674,9 2044,6 328,034 Surxondaryo 600,1 646,8 773,0 879,1 1427,1 2848,3 4552,8 1911,7 318,567 Sirdaryo 1126,4 1288,1 1382,2 1660,3 2011,1 3280,2 7002,9 6227,2 552,845 Toshkent 1178,7 1466,6 1595,0 1507,5 2087,2 3898,4 6970,0 4166,6 353,495 Farg'ona 634,3 672,0 731,6 747,8 822,4 1516,8 2336,2 2221,8 350,269 Xorazm 753,1 950,0 884,7 885,7 1215,0 1655,6 2718,4 2646,2 351,371 Toshkent sh. 2120,7 2527,2 2877,4 3848,1 5552,8 10627,8 16710,5 10964,7 517,033 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdori. Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’yektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi. O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 4 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. 11.2-jadval Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar (joriy narxlarda, mlrd. so'm) 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 yil yanvar- sentabr 2020 yil yilda 2012 yilga nisbatan o‘zgarishi, % O'zbekiston Respublikasi 24455,3 30490,1 37646,2 44810,4 51232,0 72155,2 124231,3 195927,3 138106,6 564,7 Qoraqalpog'iston Respublikasi 1242,1 2415,0 3990,6 6021,2 3778,3 2822,0 6757,8 8750,6 6940,1 558,7 viloyatlar: Andijon 1379,9 1462,3 1645,0 1956,5 2188,5 2986,0 4711,9 7452,1 7083,3 513,3 Buxoro 2405,8 2998,7 3583,2 4075,9 5922,9 11613,4 9610,9 10366,6 8646,8 359,4 Jizzax 792,5 1128,5 1200,9 1304,9 1449,7 1788,2 3606,3 7900,9 6836,2 862,6 Qashqadaryo 3072,2 3667,8 4721,8 5894,7 7304,4 11175,3 16518,5 24462,5 14368,2 467,7 Navoiy 1688,0 1696,9 1754,1 1809,1 2963,2 3977,9 10579,5 17646,3 12081,0 715,7 Namangan 917,3 1205,1 1807,5 2227,5 2824,5 3586,7 8158,1 12084,9 9065,4 988,3 Samarqand 1586,0 2127,6 2540,4 3237,2 3623,5 4384,2 7061,4 10266,7 7980,2 503,2 Surxondaryo 980,3 1371,0 1509,1 1843,6 2142,4 3551,0 7240,6 11835,1 5062,6 516,4 Sirdaryo 663,1 852,8 992,3 1083,3 1322,9 1628,0 2699,3 5869,1 5303,1 799,7 Toshkent 2005,8 3195,2 4021,7 4428,1 4238,7 5938,4 11226,9 20353,9 12332,9 614,9 Farg'ona 1505,8 2130,0 2295,3 2542,3 2643,6 2954,5 5539,1 8685,4 8392,5 557,3 Xorazm 783,4 1256,9 1614,8 1531,5 1560,5 2175,9 3013,8 5032,0 4962,4 633,4 Toshkent sh. 5433,1 4977,1 5969,5 6854,6 9268,9 10235 26435,7 42458,1 28651,9 527,4 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-sentabrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 138106,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 2012 yilgi ko‘rsatkichdan 5,5 barobarga ortdi (11.2-jadval). 2020 yil yanvar-sentabrda Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida 2012 yilga nisbatan 6-7 barobarga oshgan. Kimyo sanoatida Qo‘ng‘irot soda zavodining ikkinchi navbati quriladi va shuningdek, “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida metanol, ammiak va karbamid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqa loyihalar amalga oshiriladi. Bunday yirik loyihalarni amalga oshirish uchun ichki resurslarni jalb qilishda 2017 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag‘laridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bunda infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish uchun ajratilishi belgilanayotgan investitsiyalarga urg‘u berilayotganligining asosiy sababi - infratuzilmani rivojlantirish orqali aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, turmush darajasini oshirish va xalq farovonligini ta’minlash maqsadiga erishishdan iboratdir. Bugungi kunda faqatgina mazkur jamg‘arma mablag‘lari emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va korxonalarning mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Biroq investitsiya siyosatining o‘zi, xuddi bozor iqtisodiyotini qurish kabi, yagona maqsad bo‘lishi mumkin emas. U mablag‘larni iqtisodiyotning eng istiqbolli va hayotiy muhim yo‘nalishlari - agrar sektor, yoqilg‘i-energetika kompleksi va boshqa asosiy tarmoqlarga ajratishni nazarda tutuvchi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, keng miqyosda oladigan bo‘lsak- respublikaning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ustivorliklarga muvofiq bo‘lishi lozim. Ushbu ustivor vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun birinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb qilishni ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni takomillashtirish, ikkinchidan, xorijiy investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda respublikaga jahon talablari darajasidagi texnologiyalarni keltiruvchi va zamonaviy xalq xo‘jaligi tuzilmasini yaratishga ko‘maklashuvchi xorijiy investorlarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini amalga oshirish, uchinchidan, xorijiy kapitalni jalb qilish uchun imtiyozli sharoitlar yaratish, shuningdek, xorijiy investorlarning real foyda yoki daromad olishlari uchun mos keluvchi kafolatlar taqdim etilishi zarur. Shunisi e’tiborga joizki, bugungi kunda bu vazifani boshdan boshlashning zarurati yo‘q. Respublikada qabul qilingan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, qonunosti va me’yoriy hujjatlar investitsion faollikning o‘sishi, iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida maqsadli yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi. “Investitsion muhit” tushunchasi u yoki bu mamlakatda, xususan, mintaqa, tarmoq va har bir korxonada ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar uchun vaziyatning qulaylik darajasini belgilab beradi. Bunda korxona, tarmoq yoki mintaqa miqyosidagi investitsion muhit shunga o‘xshash boshqa tuzilmalardagi investitsion muhit bilan bir xil yoki unga o‘xshash bo‘lishi shart emas. Biroq, mamlakatdagi umumiy investitsion muhit mintaqa, tarmoq va korxonalardagi investitsion vaziyat va faollikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling