Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
11.2. Korxona investitsiyalarining manbalari Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida, investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” 4 . 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda, yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob’yektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo‘yicha chegirmalar kengaytirildi. Mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalarni xatlovdan o‘tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yo‘nalishlardagi korxonalarda davlat ishtirokini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlarida qayd etilganidek: “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi”. Shu sababli investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘libgina qolmay, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning resurslar asosi bo‘lishi tabiiy bir holdir. Maqsadga yo‘naltirilgan va samarali investitsiya siyosati ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo nomutanosibliklarni yo‘qotish, mintaqalar iqtisodiyotini tenglashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga imkon beradi. Korxonalar darajasida investitsiya siyosati, avvalo investitsiyalarning o‘zi tufayli ishlab chiqarishga zamonaviy mashina va asbob-uskunalarni, resurs va mehnatni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarini qayta rejalashtirish va tuzilmaviy qayta qurish, zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarish estetikasini yaxshilash va boshqa vazifalar hal qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi sharoitlarda investitsiya siyosati, investitsiyalash miqyosi va sur’atlari ko‘p jihatdan ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlarning muvaffaqiyatga erishuvi, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro nufuzining o‘sishiga zamin yaratadi. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’yektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’yektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda “jamg‘aruvchi” va “investor” bir sub’yektda mujassamlashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling