Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana20.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1711033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi 
turlarga ajratadilar: 
 Texnologik tuzilma 
 Takror ishlab chiqarish tuzilmasi 
 Tarmoqlararo tuzilma 
Hududiy tuzilma 
 Mulk shakliga ko‘ra tuzilma 
Investitsiyaning texnologik tuzilmasi – bu qurilish-montaj ishlarini bajarish, 
asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda 
loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro 
foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma 
hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga harajatlarning ulushi kamayib boradi 
va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan harajatlar qismi nisbatan tezroq 
o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri 
va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo‘yilmalarning
umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari 
- 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%, 
loyiha (qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%) 
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi 
qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani 
rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish harajatlari orasidagi 
shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari 
o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi. 
Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan 
korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan harajatlarini 
ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish 
qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy – texnika taraqqiyotiga va 
raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish 
qiyin.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling