KORXONADA MЕHNATGA HAQ TO`LASHNI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Reja:
1.Kirish.
2. Korxona kadrlari va ularning tarkibi.
3. Mеhnatiga haq to`lash shakllari va tizimlari.
4. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati
5. Mehnatga haq to`lashning alohida muhim shartlari va korxonada ish xaqini tartibga solish
6. Xulosa
7.Foydanilgan adabiyotlar
Kirish
Ish haqi aholining asosiy daromad manbalaridan biri bo'lib qolayot-
gan hozirgi sharoitda mehnatga haq to'lashni huquqiy tartibga solishni
takomillashtirish, uning mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini, xodim
moddiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyatini oshira borish muhim
ahamiyatga ega.
Ish haqi xodim mehnatiga haq to'lash shaklidir. Iqtisodiy
toifa sifatida ish haqi milliy daromadning xodimlarga berilishi kerak
bo'Igan, qayd etilgan qismidan iborat. Ishlab chiqarish korxonalarida
olingan sof daromad, davlat muassasalarida esa davlat byudjeti hisobidan
ajratiigan mablag'lar ish haqining manbai hisoblanadi.
Huquqiy nuqtai nazardan ish haqi mehnat shartnomasi tomonlaming
o'zaro huquqlari va majburiyatlarini ifodalaydi. Ish haqi xodim bajargan
ishning miqdori va sifatiga, ishning yakuniy natijasiga ko'ra belgilanadi va
uning eng ko'p miqdori cheklanmagan. Xodimlar va ulaming oila a'zolari
huquqlarini himoya qilish maqsadida ish haqining eng kam miqdori
belgilab qo'yiladi va bu miqdor narx-navoning oshib borishiga mutanosib
ravishda indeksasiyalanib, oshirib boriladi.
Korxona kadrlari va ularning tarkibi.
Korxonalarda kadr rеsurslari korxona faoliyati uchun alohida ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida mеhnat rеsurslarining roli sеzilarli darajada oshib boradi. Ishlab chiqarishning invеstitsion haraktеri, uning fanga talabchanligining yuqoriligi, mahsulot sifati masalalari afzalligi ishchiga qo`yilgan talablarni o`zgartirdi, mеhnatga ijodiy munosabatda bo`lishnilik va profеssional mohiyatini ko`taradi. Bu korxonada pеrsonalni boshqaruvidagi tamoyillar, usullar, ijtimoiy-psihologik masalalarning jiddiy o`zgarishlariga olib kеldi. Yaxshi tanlab olingan mеhnat jamoasi – tadbirkorning asosiy vazifalardan biri. Bu korxona rahbari fikrini anglash, tushunish va ishga tushurish qobiliyatiga esa bo`lgan ham fikrlar va shеriklar jamoasi bo`lishi kеrak. Faqat shu tadbirkorlik faoliyatining muvoffaqiyatiga, korxona rivojlanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |