Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana20.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1711033
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
12.1-jadval 
Innovatsiyalar klassifikatsiyasi
8
 
Klassifikatsiya mezoni 
Innovatsiyalarning klassifikatsion 
guruhlanishi 
Innovatsiyalarni qo‘llash sohalari 
boshqaruv, tashkiliy, ijtimoiy, sanoat va hokazo
Natijasi innovatsiya bo‘lgan fan-texnika 
taraqqiyoti bosqichlari 
ilmiy, texnik, texnologik, konstruktorlik, ishlab 
chiqarish, axborot
Innovatsiyalarning intensivlik darajasi 
bir meyorli, sust, ommaviy 
Innovatsiyalarni joriy etish sur’atlari 
tez, sekin, so‘nayotgan, o‘sayotgan, bir meyorli, 
to‘lqinsimon 
Innovatsiyalar masshtablari (doiralari) 
transkontinental, transmilliy, hududiy, yirik, 
o‘rtacha, mayda yoki kichik
Innovatsiyalar natijaviyligi 
yuqori, past, barqaror 
Innovatsiyalar samaradorligi 
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, integral 
Manba: Xorijiy adabiyotlar asosida 
 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, innovatsiyalarni bunday ko‘rinishda tasniflash 
o‘ta darajada shartli hisoblanadi. Chunki, innovatsiyaning o‘zi bilan bir qatorda 
uning jarayon sifatidagi belgi va xususiyatlari xilma-xil va serqirradir. Aksariyat 
hollarda bir manbada keltirilgan innovatsiya turlari boshqa manbalarda boshqacha 
tartib yoki tuzilishda ifodalanadi. Masalan, ushbu fikrlarning tasdig‘i sifatida, 
G.Xasanova tomonidan keltirib o‘tilgan yuqoridagi tasnifdan keyin muallif 
innovatsiyalarni yana mahsulli va texnologik, qo‘llash sohalari va fan-texnika 
taraqqiyoti bosqichlari mezonlari asosida farqlantiriladigan texnik, texnologik, 
tashkiliy-boshqaruv, ma’lumot beruvchi va ijtimoiy innovatsiya singari turlari ham 
mavjudligini ta’kidlab o‘tadi
9
.
Shu o‘rinda, fikrimizcha, “innovatsiyalarni boshqarish” va “innovatsion 
boshqarish” tushunchalarining o‘zaro farqlanishiga aniqlik kiritish muhim uslubiy 
ahamiyat kasb etadi. Chunki, ko‘p hollarda bu ikkala tushunchani ayniylashtirilib, 
ma’lum xatolikka yo‘l qo‘yiladi. 
Eng avvalo, innovatsiyalarni boshqarish – bu innovatsion jarayon yoki 
faoliyatga nisbatan boshqaruvning asosiy funksiyalari – tashkil etish, 
meyorlashtirish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va tartibga solish 
taomillarini tatbiq etish hisoblanadi.
Innovatsion boshqarish esa – bu boshqaruvning mazmun va sifat jihatidan 
ma’lum bir darajasini, boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos tavsifini anglatadi. YA’ni, 
bu o‘rinda an’anaviy hisoblanib kelgan boshqaruv usul va vositalari, tamoyillari, 
ichki xususiyat va belgilari, mezonlari, shart-sharoitlari yoki muhiti tarkibiga 
8
Xasanova G.J. Sanoat korxonalari innovatsiya faoliyati samaradorligini oshirish. Ixtisoslik: 08.00.04 – “Mikroiqtisodiyot”. – I.f.n. 
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. Buxoro davlat universiteti. – Toshkent, 2006. – Б.15.
9
Yuqoridagi manba, 15-16-б.


endilikda yangicha tavsif kasb etuvchi bilimlar, texnologiyalar, usul va vositalar, 
yondashuvlar kiritiladi. Ta’kidlash muhimki, doimo ham innovatsion boshqaruv 
an’anaviy boshqaruvni umuman inkor etadi yoki to‘liq almashtiradi, deb bo‘lmaydi. 
Bu o‘rinda innovatsion boshqaruv uning tizimidagi muayyan bir elementni sifat 
jihatidan o‘zgartirishdan tortib to butunlay yangi boshqaruv tizimini qo‘llashgacha 
bo‘lgan keng diapazonni namoyon etadi. Umumiy holda, “innovatsiyalarni 
boshqarish” va “innovatsion boshqarish” tushunchalarining o‘zaro farqlanishini 
shartli chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin (12.1-rasm). 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling