3-rasm.
— ekranda hosil bo’lgan Новая таблица(yangi jadval) muloqot oynasidan jadval tuzish rejimi (конструктор, мастер таблиц, импорт таблиц ва связ с таблицами) aniqlanadi.
Agar Конструктор yordamida jadval tuzmoqchi bo’lsak, u holda, ish rejimidan Конструктор tanlanadi va OK bosiladi. Ekranda quyidagi jadval tarkibini tuzish oynasi paydo bo’ladi.
Bu yerda maydonlar nomi, ularning qanday turdagi ma’lumotlarni [simvolli(текстовой), sonli(числовой) va hokazo] saqlashi va xossa(o’lcham)lari aniqlanadi.
Masalan, biror bir tashkilotda mavjud bo’lgan kompyuterlar to’g’risidagi axborotlar saqlovchi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ko’rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi maydonlar aniqlanadi:
— kompyuter turi;
— sotib olingan yili;
— soni;
— xotira hajmi;
— qattiq disk o’lchami;
— narxi.
Bu maydon nomlari navbatma-navbat quyidagi tartibda kiritiladi:
Jadval tarkibi ixtiyoriy nom bilan fayl ko’rinishida diskda saqlanadi. Jadval tarkibi tuzilgandan keyin har bir maydonga mos ma’lumot bilan to’ldiriladi va natijada quyidagi jadval hosil bo’ladi.
11.3.4. “So’rovlar” (Запросы) tashkil qilish
Ko’p hollarda MBda saqlanayotgan ma’lumotlarni tez izlab topish talab qilinadi. MBda ma’lumotlarni tez izlab topishning asosiy usullaridan biri “So’rovlar” «Запросы» vositasidir. So’rovlar MB ning bitta yoki bir-biri bilan bog’langan bir nechta jadvallaridan ma’lumotlarni tanlash, ular ustida amallar bajarish va natijani jadval ko’rinishda tasvirlash imkonini beradi. Bundan tashqari, So’rovlar yordamida ma’lumotlarni yangilash, yo’qotish hamda mavjud jadval asosida yangi jadval tashkil qilish ham mumkin.
Tayyorlangan jadval asosida So’rovlar tuzish tartibini ko’rib chiqamiz. Masalan, faqat 2015 yilda sotib olingan kompyuterlar ro’yxatini chaqirish quyidagicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |