Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun
Qamalgan shaxs muammosi (“Дилемма заключенного")
Download 1.41 Mb.
|
Микроиқтисодиёт дарслик (11-12 боблар )
12.2. Qamalgan shaxs muammosi (“Дилемма заключенного")
O‘yinlar nazariyasida eng oddiy o‘yinlar turiga ikki kishi qatnashadigan o‘yinlar kiradi. Agar o‘yinda uch va undan ortiq o‘yinchi qatnashsa, u holda ba’zi o‘yinchilar kelishib strategiya tuzishi mumkin, bu esa tahlilni murakkablashtiradi. To‘lov summasiga ko‘ra o‘yinlar to‘lov summasi nolga teng va noldan farqli bo‘lishi mumkin. To‘lov summasi nol bo‘lgan o‘yinga antogonistik o‘yinlar deyiladi: yutilgan summa, boy berilgan summaga teng, ya’ni umumiy yutuq nolga teng. O‘yin- chilarning kelishuviga ko‘ra, o‘yinlar kooperativ (bu yerda o‘yinchilar kelishib koalitsiya tuzadilar, ya’ni bir necha o‘yinchi kelishib birgalikda harakat qiladi) va nokooperativ (har bir o‘yinchi o‘zi uchun o‘ynaydi). Nokooperativ, to‘lov summasi nolga teng bo‘lgan o‘yinga Kurno modeli misol bo‘lsa, to‘lov summasi nolga teng bo‘lmagan o‘yinga “qamalgan shaxs muammosi” kiradi. Ushbu muammoning ahamiyati ham shundaki, oligopol firmalar ushbu muammoga ko‘proq duch keladilar. "Qamalgan shaxs muammosi” mazmuni shundan iboratki, ikki kishi birgalikda jinoyat qilinganlikda ayblanadi. Ularni har biri alohida xonaga qamalgan va ular bir-biri bilan aloqa qila olmaydi. Ularning har birini jinoyat qilganligini bo‘yniga olishni talab qilmoqda. Har birining oldidagi asosiy muammo - qilingan, lekin isbotlanma- gan jinoyatni bo‘yniga olish kerakmi yoki yo‘qmi? Agar ikkalasi ham jinoyat qilganini bo‘yniga olishsa, ularning har biriga 6 yildan qamoq jazosi beriladi. Agar ular bo‘yniga olishmasa, isbotlovchi material yo‘qligi uchun jinoyatni isbot qilish mumkin bo‘lmaydi, natijada ikkalasi ham 3 yildan jazo oladi. Agar ikkalasidan bittasi jinoyat qilganligini bo‘yniga olsa, 1 yil qamoq jazosini oladi, bo‘yniga olmagani 10 yil jazo oladi. Quyidagi 12.5-rasmda masalaning mumkin bo‘lgan barcha variantlardagi yechimlari keltirilgan. Qamoqxonadagi jinoyatchilardan birini A ikkinchisi B deylik. 12.5-rasm. Yechimlar matritsasi har bir to’rtburchakdagi yuqori o’ngdagi raqam B ga, pastdagi chap raqam A ga tegishli Har bir qamalgan shaxs oldida muammo turadi. Agar ikkalasi kelisha olsa edi, ularning har biri 3 yildan qamoq jazosini olar edi. Lekin, ularni bir-biri bilan gaplashish imkoniyati yo‘q. Agar kelishgan taqdirda ham ular bir-biriga ishonishi qiyin. Nima uchun deganda, uch yil o‘rniga bir yil qamoqda o‘tirish, ularni har qanday majburiyatdan kechishga majbur qilishi mumkin. Yechimlar matritsasiga qarasak, 4 shaxs qaysi variantni qo‘llashidan qat’iy nazar, B shaxs bo’yniga olsa, u yutib chiqadi, ya’ni ikkala variantda xam B shaxs 4 shaxsdan ko‘p vaqtga qamalmaydi (6 yoki 1 yil). Xuddi shunday, B shaxs qaysi yechimni tanlamasin, agar 4 shaxs bo‘yniga olsa, u ham yutib chiqadi. Demak, ikkalasini ham bo‘yniga olish yechimini tanlashi ehtimoli yuqoriroq. Oligopolik firmalar ham ko‘p hollarda “qamalgan shaxs muammolariga uchraydi. Bunday holatda firmalar oldida ham quyidagi varantlardan biri turadi: agressiv raqobat orqali ikkinchi tomonga qarashli bozor ulushining ma’lum qismini egallash (narx strategiyasi orqali), yoki passiv harakat qilish, yoki ikkinchi tomon bilan kelishish. Lekin u passiv harakat qilsa, ikkinchi tomon agressiv harakat qilib, uning bozordagi ulushini bir qismini egallab olishi mumkin. Shuning uchun ham firmalar oldida “qamalgan shaxs muammosi" turadi. Faraz qilaylik, duopolik bozorda ikkita firma bir xil mahsulot sotadi deylik. Kurno muvozanatida har bir firma bir birlik mahsulot narxini 4 so‘mdan kilib belgilab 12 ming so‘mdan har biri daromad olishi mumkin. Agar firmalar bir-biri bilan kelishib narxni 7 so‘mga ko‘tarishsa, 15 ming so‘mdan daromad oladilar. Ulardan biri narxni 7 so‘m qilib belgila- ganda, ikkinchi firma 4 so‘m qilib belgilasa, 18 ming so’m foyda oladi, birinchi firmaning foydasi 6 ming so’mga tushadi. Ushbu vaziyatning variant yechimlari quyidagi 12.6-rasmda keltirilgan.
12.6-rasm. Yechimlar matritsasi Yechimlar matritsasidan ko‘rinib turibdiki, agar ular kelishib narxni 7 so‘m qilib belgilasa, ikkalasi ham 15000 so‘mdan foyda oladilar. Hamma gap shundaki, har bir firma ikkinchi firmaning qanday strategiyani tanlashidan qat’iy nazar narxni 4 so‘m qilib belgilab yutuqqa erishishga harakat qiladi. Nima uchun deganda, bunday narxda o‘yinchi boy bermaydi (uning foydasi kamida 12000 so‘mga teng bo‘ladi). Odatda, oligopolik bozorda harakat qilayotgan firmalar ko‘proq bir-birlari bilan hamkorlikda harakat qilishga intiladi. Uzoq muddatli tajribadan ma’lumki, narxlar jangi faqat yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin xolos. Bundan tashqari narxni bir tomonlama pasaytirishdan oladigan foyda qisqa muddatli oraliqda bo‘lishi mumkin va raqobatchilar bunga al- batta qarama-qarshi strategiyani qo‘llaydi. Lekin, bunga qaramasdan, raqobatchi hisobidan ko‘proq foyda olishga moyillik ba’zi bir firmalarda saqlanib qoladi. Demak, firmalar kelishuvi ham uzoq davom etavermaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling