Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun
Download 1.41 Mb.
|
Микроиқтисодиёт дарслик (11-12 боблар )
Kurno modeliga misol. Faraz qilaylik, bozorda ikkita firma raqobatlashmoqda, ya’ni duopolistik holat vujudga kelgan. Duopolistlarning bozor talabi chizig‘i chiziqli funksiya orqali ifodalangan:
Q = 40 - P yoki P = 40 - Q Bu yerda Q ikkala firmaning umumiy ishlab chiqa- rish xajmi: Q = Q1 + Q2 Faraz qilaylik, ikkala firmaning ham chekli xarajatlari 4 ga teng MC1 = MC2 = 4. Bu holda birinchi firmaning ikkinchi firma ishlab chiqarish hajmidan bog‘liq ishlab chiqarish chizig‘ini aniqlaymiz, ya’ni Q1(Q2) ni. Firma foydani maksimallashtiradi, agar u chekli daromadni chekli xarajatga tenglashtiradigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa. Birinchi firmaning umumiy daromadi R1=PQ1=(40-Q)-Q1=40-Q1-(Q1+Q2)ˑQ1=40-Q1-Q12-Q1ˑQ2 Chekli daromad MR1 - bu daromad funksiyasidan olingan xosila bo’lgani uchun Endi MR1 ni MC1 ga tenglashtirib birinchi firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish xajmini topamiz: dan Birinchi firmaning ishlab chiqarish chizig’i Q1(Q2) ni topamiz: (1) Xuddi shunday hisob-kitoblar orqali ikkinchi firmaning ishlab chiqarish chizig’i (2) Ishlab chiqarishning muvozanat hajmlarini (1) va (2) tenglamalarni bir-biriga tenglashtirib yechib topamiz, nima uchun deganda muvozanat hajmlar birinchi va ikkinchi firmalarning ishlab chiqarish chiziqlari kesishgan nuqtaning koordinatalari Q1 va Q2 lar hisoblanadi: ifodaga Q2 = Q1 ni qo’ysak, Demak, biz muvozanat ishlab chiqarish hajmlari quyidagicha deb aytishimiz mumkin: Q1 = Q2 = 12 Demak, ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi Q = Q1 + Q2 = 24 birlik va mahsulot narxi P = 40 - Q = 16. Kurno chiziqlarini va Kurno muvozanatini grafikda tasvirlaymiz (12.4-rasm). Rasmda Q1(Q2) chizig‘i birinchi firmaning Kurno chizig‘i. Q2(Q1) chiziq ikkinchi firmaning Kurno chizig’i. Kurno chiziqlari kesishgan E nuqta, Kurno muvozanatini bildiradi. Bu nuqtada har bir firma o‘z raqobatchisining ishlab chiqarish hajmi berilganda o‘z foydasini maksimallashtiradi. Ikkita firma bir-biri bilan raqobatda ekanligini yuqorida faraz qilgan edik. Endi faraz qilaylik, ikkala firma birgalikda kelishib harakat qilsin. Ular o‘zlarining ishlab chiqarish hajmlarini umumiy foydani 12.4-rasm. Bozordagi duopoliyani ifodalovchi grafik maksimallashtiradigan qilib tanlaydi va olingan foydani teng bo‘lib olishsin. Bunday kelishib harakat qilishni trestga qarshi (qo‘shilib harakat qilishga qarshi) qonun ishlamaganda amalga oshirish mumkin. Ma’lumki, umumiy foydani maksimallashtirish mumkin, agarda ular umumiy chekli daromad bilan umumiy chekli xarajatni tengligini ta’min- laydigan umumiy ishlab chiqarish hajmiga erishsa, ya’ni MR = MC = 4 bo‘lsa. Ikkala firmaning umumiy daromadi R = P ˑ Q = (40 - Q ) ˑ Q = 40 ˑ Q - Q2 ga teng Chekli daromad MR = = 40 - 2 ˑ Q va MR=MC=4 dan 40 - 2 ˑ Q = 4 va bundan umumiy foydani maksimallash- tiradigan umumiy ishlab chiqarish hajmi Q = 18. Endi aytish mumkinki, ikkala firmaning ishlab chiqarish hajmlari yig‘indisi 18 birlikni beradigan har qanday ishlab chiqarish hajmlari umumiy foydani maksimallashtiradi. Q1+Q2=18 tenglamani ifodalovchi chiziq kontrakt chizig‘i bo‘lib, u ikkala firmaning umumiy ishlab chiqarish hajmi 18 ni beradigan va umumiy foydani maksimallashtiruvchi har xil ishlab chiqarish hajmlari (Q1 va Q2) kombinatsiyalarini ifodalaydi. Ushbu kontrakt chizig‘i ham yuqoridagi rasmda kel- tirilgan (AB) chizig‘i. Firmalar teng miqdorda mahsulot ishlab chiqarib, umumiy foydani teng bo‘lib olishlari mumkin, ya’ni Q1 = Q2 =9. Ko‘rinib turibdiki, agar ikkala firma kelishib harakat qilsa, Kurno muvozanati holatidagi ishlab chiqarish hajmidan kamroq hajmda mahsulot ishlab chiqarib maksimal foyda olishi mumkin. Demak, duopolistik bozordagi Kurno muvozanati holati ikkala firma uchun raqobatlashgan bozor muvozanati holatiga ko‘ra yaxshiroq, lekin kelishib harakat qilishga nisbatan foydali emas. Raqobatlashgan bozordagi mahsulot miqdori MC = P shartga ko‘ra aniqlanadi, 4 = 40 - Q bundan Q-36. Demak raqobatlash- gan bozorda firmalar 18 birlikdan maxsulot ishlab chiqaradi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling