Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun


Download 1.41 Mb.
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1489642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Микроиқтисодиёт дарслик (11-12 боблар )

Tayanch iboralar. Monopoliyaga qarshi qonun, adolatli foyda olishni ta’minlaydigan narx, narxlar diversifikatsiyasi.


Takrorlash uchun savollar

1. Monopoliyaga qarshi qonunlarning maqsadi va ahamiyati nimadan iborat?


2. Monopol hokimiyatga ega bo‘lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini nima tashkil etadi?
3. Narxlar diversifikatsiyasi turlari va ularga xarakteristika bering.
4. Tovarlar kategoriyasiga qarab, ularga narx belgilashning shartlari nimalardan iborat?
5. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan monopoliya- ga qarshi qonunni izohlab bering.
XII BOB. MONOPOL RAQOBAT VA BOZOR SAMARADORLIGI


12.1. Oligopolik bozor

Yuqoridagi boblarda ko‘rgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaliklari o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 12.1-rasmda keltirilgan.


12.1-rasm. Raqobatlashgan (a) va monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari.


Bu ikki bozor o‘rtasidagi farqlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin:


1. Raqobatlashgan bozorda P* = MC bo‘lsa, monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori PM > MC, demak, iste’molchi qo‘shimcha bir birlik mahsulot uchun to‘laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori. Agar ishlab chiqarish hajmi QM dan QE miqdorgacha oshirilganda ( MC chizigi bilan talab chizig‘i kesishgan E nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan bo‘lar edi (12.1-b-rasm). Buning sababi, yuqorida ko‘rganimizdek, monopol hokimiyatning sof yo‘qotishlarga olib kelishidir, monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan monopol hokimiyatga ega.
2. Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (12.1-a-rasm) erishilsa, monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (12.1-b-rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig‘i gorizontal bo‘lib, firmaning foydasini nolga teng bo‘lish nuqtasi o‘rtacha xarajatning minimal qiymatiga to‘g‘ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig‘i pastga tomon yotiq bo‘ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o‘rtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan bo‘ladi va firma ΔQ = QN - QM miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo‘ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o‘rtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to‘g‘risida ham gapirish mumkin.
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o‘rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori monopol hokimiyatga ega bo‘la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, monopol hokimiyatdan ko‘radigan sof yo‘qotishlar ham uncha katta bo‘lmaydi. Talab chizig‘ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firma- larning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi. Monopol raqobatlashgan bozorga misol sifatida tish yuvish pastalari bozori, kiyim-kechak va oziq-ovqat bozorlarini keltirish mumkin.
Oligopoliya bu shunday bozor turiki, undagi tovar taklifining hammasi, yoki deyarli hammasi bir necha ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan bo‘lib olingan va bu bozorga yangi firmalarning kirishi katta to‘siq orqali cheklangan bo‘ladi. Oligopoliya so‘zi grekcha bo‘lib (oligos - bir necha, poleo sotaman) sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida AQSHning avtomobil sanoati, po‘lat, alyumin, elektrouskunalar va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan umumiy mahsulot hajmi
bir necha firmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Oligopolik bozorni uning quyidagi uchta xususiyati ajratib turadi:
birinchidan, tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan firmalarning kamligi;
ikkinchidan, tarmoqqa kiruvchi firmalar uchun kuchli to‘siqlarning mavjudligi;
uchinchidan, oligopolik bozordagi firmalarning
harakati bir-biriga bog‘liqligi.
Oligopolik bozorning uchinchi xususiyatiga ko‘ra, firmalarning iqtisodiy harakatlari bir-biriga bog‘liq, ya’ni har bir firma biror iqtisodiy strategiyani tanlaganda, boshqa firmalarning ushbu strategiyaga bo‘lgan munosabatini e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
Masalan, bir firma o‘z mahsulotiga talabni rag‘batlantirish uchun mahsulotining narxini 10 foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan o‘z mahsulotini sotish hajmini anchaga oshirishi mumkin. Lekin firmaning bu narx siyosatiga javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin:
birinchidan, boshqa firmalar e’tibor bermasligi mumkin; ikkinchidan, ular ham narxni 10 foizga tushirishi mumkin, natijada firmalar oladigan foyda miqdori kamayadi, hatto nolga teng bo‘lishi ham mumkin;
uchinchidan, boshqa firma bu firmani sindirish maqsadida mahsulotiga bo‘lgan narxni 10 foizdan yuqoriroq pasaytirishi mumkin, lekin bunday holatni davom etishi narxlar jangiga olib kelishi mumkin. Narxlar jangi bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Umuman olganda, oligopolik bozorda firma tomonidan qabul qilingan har qanday iqtisodiy siyosat narxlarni o‘zgartirish, ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish, reklamani kuchaytirish rakobatlashuvchi firmalarning ushbu siyosatga bo‘lgan munosabatini bilishni va uni prognoz qilishni talab qiladi.
Narxlar jangi narx o‘rtacha xarajatga teng bo‘lgunga qadar davom etadi, ya’ni P = AC = MC. Bu tenglik oligopolik bozor muvozanatini beradi. Muvozanat holatda hech bir firma narxini kamaytirishdan qo‘shimcha foyda olaolmaydi. Muvozanat holatda firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling