Xi bob. Sotish siyosati


Download 301.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana16.06.2023
Hajmi301.68 Kb.
#1516301
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
11-mavzu

Marketing-kontrolling – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, sotuv 
kontrollingi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi sotuv faoliyatidagi 
kuchsiz elementlarni aniqlash, ularni takomillashtirishga yo‘naltirilgan. 
Sotuv siyosati vazifalarining samarali bajarilishini, tarqatish 
kanallari faoliyatini nazorat qilish, natijaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etish 
sotuv kanalining asosiy vazifasidir. Bu mexanizm yordamida marketing 
kompleksidagi tovarlarni tarqatish iste’molchiga yetkazib berish 
siyosatining bajarilishi ta’minlanadi. 
Sotuv kontrolling (marketing kontrolling) ning asosiy maqsadi – 
sotuvni tashkil etish va samarasini oshirishga qaratilgan.
Sotuv kontrolling (nazorati) turlari: moliyaviy kontrolling, 
xarajatlar kontrollingi, investitsion kontrolling, ishlab chiqaruvchi 
kontrollingi, tashqi ma’lumotlar asosida kontrolling, ichki ma’lumotlar 
asosida kontrolling, raqobatchilar-hamkorlar bilan qiyoslash, avtomat-
lashtirilmagan kontrolling, avtomatlashtirilgan (kompyuter dasturlari) 
kontrolling, logistik kontrolling va hokazo.
Axborot bilan ta’minlash, kuzatish, nazorat va tartibga solish sotuv 
kontrollingning asosiy faoliyatlari bo‘lib hisoblanadi. Sotuv ko‘rsat-
kichlarini rejalashtirish qaysi tovarlarga talabning o‘sib borayotganini 
aniqlash, bozor sig‘imi, potensial talab kabi ko‘rsatkichlar tahliliga 
asoslanadi. Axborot bazasining keng qamrovliligi sotuv jarayonini 
samarali olib borilishning muhim omilidir. Axborotni tizimli tartibga 
solish, tahlil qilish, potensial bozor va uning segmentlarini o‘rganish 
menejment qarorlarini qabul qilishda juda muhim hisoblanadi. Nazorat 


322 
funksiyasi miqdoriy va segment jihatdan sotuv jarayonining tahlili va 
kuzatuvini olib boradi. 
Tartibga solish funksiyasi mijozlar bilan o‘zaro aloqalar strategiya-
si, narx siyosati, sotuvni rag‘batlantirish, marketing chora-tadbirlarini 
o‘tkazishga qaratilgan. 
Sotuv kontrolling (nazorati) funksiyasining bajarilishi bosh vazifa-
larni hal etishga qaratilgan, bular: 
- xarajatlar va daromadlarni boshqarishga tizimli yondashish; 
- bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, maqsad va 
natijalarga erishish uchun strategik va taktik rejalarni tartibga solish; 
- integrallashgan tizim — firmaning barcha funksional bo‘limlarini 
muvofiqlashgan va integrallashgan (birlashgan) holda faoliyatini ta’min-
laydi. 
Sotuv kontrollingini o‘tkazish albatta, operativ axborot ma’lumot-
lariga tayanadi. Bu ma’lumotlar ham tashqi, ham ichki axborotdan ibo-
rat. Axborot manbalari ichki va tashqi faoliyat natijalari, barcha 
iqtisodiy-statistik ma’lumotlardan tashkil topadi. Firmaning har bir 
bo‘limi faoliyatlari ko‘rsatkichlari sotuv kontrollingining axborotlar 
manbayi hisoblanadi. 
Axborot ta’minoti jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
- axborotlarni to‘plash; 
- saqlash, xavfsizligini ta’minlash; 
- axborotlarni qayta ishlash; 
- sifatli ravishda axborotlarni tizimga joylash; 
- axborot bazasini shakllantirish. 
Sotuv jarayoni kontrollingi firmaning transport konsepsiyasidan 
kelib chiqqan bo‘lishi va strategik muhim vazifalarni hal etishga 
qaratilgan bo‘lishi kerak. 
• tijorat faolligini oshirish, qachon va qaysi bosqichlarda zarur; 
• tovar va xizmatlarning sifati qanday bo‘lishi kerak; 
• mijozlar bilan munosabatlar qaysi strategiyalarga asoslanishi 
kerak; 
• qaysi yangi bozorlarda yangi iste’molchilar segmentini topish 
kerak; 
• firmaning raqobatchi firmalardan afzalligi; 
• doimiy mijozlar bilan aloqalarni mustahkamllash
• strategik konsepsiya qaysi doiraga mo‘ljallangan (barcha kor-
xonalar uchun yoki bir bo‘lim uchun).


323 
• strategik va operativ nazorat sotuv kontrollingning tarkibiy qismi 
bo‘lib, u sotuvga tayyorgarlik, uni samarali o‘tkazish funksiyasini o‘z 
ichiga oladi. 
Sotuv kontrolling tizimining samaradorligi quyidagi prinsplarga 
asoslanadi: 
− sotuv jarayonida tavakkchilikni minimallashtirish; 
− menejment jarayonida tub o‘zgarishlarsiz sotuvni qo‘llab-quvvat-
lash; 
− savdo jarayonida vujudga keladigan muammolar tufayli kadrlar 
salohiyatiga qarab ularni o‘zgartirish, kerakli joyga qo‘yish, zaruriyat-
dan kelib chiqqan holda faoliyatga yo‘naltirish; 
− ishlab chiqaruvchi marketing, logistika menejmenti sohalariga 
kasbiy talabni oshirish. 
Sotuv kontrollingi korxona strategik faoliyati samarasini ta’minlab, 
uning daromadining oshishiga, foyda, tovar aylanmasi, xarajatlar 
strukturasini boshqarishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Savdo kontrollingi 
Savdoga tayyorgarlikda 
kontrolling 
Savdoni tashkil qilishda 
kontrolling 
Savdoni 
tashkil 
qilish 
nazorati 
Reklamani 
nazorati 
Operativ kontrolling 
savdo 
Operativ 
nazorat 
kontrolling 
savdo 
Potfel 
tahlili 
Rentabellik 
foyda 
Tovar 
aylanmasi 
Xarajarlar 
Bozor 
tarkibi 
Tijorat 
faoliyati 

Download 301.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling