Xi bob. Sotish siyosati


Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari


Download 301.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana16.06.2023
Hajmi301.68 Kb.
#1516301
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
11-mavzu

Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari 
 
Sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor 
mamlakat hududida savdo shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarini 
tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda, o‘z moddiy-texnika bazalariga 
omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga 
ega bo‘ladi.Yana bir afzallik shundan iboratki, eksport qilinganda 
vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar harakati, tovarni sotish bilan 
bog‘liq mahsulotni yetkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga 
ajratish, bozorga moslashish va boshqalardan ozod qiladi. 
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit 
asosida bitimlarni moliyalashda vositachi kapitalidan foydalaniladi. Bu 
holda vositachilarning banklar, transport hamda sug‘urta kompaniyalari 
bilan aloqasi barqaror bo‘lishi lozim. 
Diler - mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi 
ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikka ega.Vositachi hamkorlarni 
tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim omil hisob-
lanadi. Eng avvalo, shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan 
vositachi bir vaqtning o‘zida bozordagi sizning firmangizning 
raqobatchisi bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar 
ichidan sizning tovaringizni sotish bo‘yicha ixtisoslashganini tanlash 
zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obro‘- e’tibori, mavqeyi, 
moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga 
javob olishi kerak. Uning asosiy belgilari: savdo shaxobchalarining 
moddiy texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va 
boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va 
vositachi savdo firma vakili, rahbari – menejeri, vositachini va uning 
shaxobchalarini shaxsan o‘rganadi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq 
tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi. 
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan 
xizmat turlari g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat: 
− sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash
sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul 
to‘lanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini 
o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish
− transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, 
savdo harakatlarini moliyalash; 


328 
− texnik xizmat, sotishdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish, bozor 
to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish. 

Download 301.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling