Xi-guruh elementlari,olinishi,oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari


Download 0.57 Mb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1517542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Umaraliyeva.T

Mis birikmalari — mis 1 va 2 valentli barqaror birikmalar; baʼzan 3 valentli beqaror birikmalar ham hosil qiladi.
Mis (1)-xlorid, CuCl — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 430°, qaynash temperaturasi 1490°C, zichligi 4,14 g/sm³. Suvda va spirtda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazlarni yutuvchi, katalizator katalizatorning-mexanik-kattaligi-reja-katalizator , antioksidant sifatida qoʻllanadi.
Mis (P)-xlorid, SiS12 — toʻq jigarrang kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 596°C , zichligi 3,386 g/sm³. 993°C da CuCl va xlorga ajraladi. Suvli eritmalaridan 2, 3, 4 molekula suvli kri-stallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. CuCI22H2O (ernoxalsit minerali) — rombik panjarali kristall modda. Zichligi 2,54 g/sm³. Metallarni mislashda, katalizator sifatida, matolarni boʻyashda qoʻllanadi. Tabiatda misning oltingugurtli birikmalari kovellin CuS, xalkozin Cu2S, anilit Cu7S4> xalkopirit CuFeS2, bornit Cu5FeS4 va boshqa minerallar koʻrinishida uchraydi. Mis ishlab chiqarishda ,boʻyoqlar uchun pigment, yarimoʻtkazgich qotishmalar komponenti sifatida qoʻllanadi
Davriy sistemadagi 1- gurux , 5-davr, 6-qatordan joy olgan kumush 1B guruxcha elementi tarkibiga kirad
Mis rudalari — misning sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan minerallari. Ular 170 dan ortiq boʻlib, shundan faqat 17 tasi sanoatda foydalaniladi. Mis rudalari boy (mis 3%dan ortiq), oʻrta (mis 0,3—1%), juda past (mis 0,3% dan kam) sifatli guruhlarga boʻlinadi. Xalkopirit CuFeS2(Cu—34,6%), bornit Cu5FeS4(Cu—52—65%), xalkozin Cu2S (Si—79,8%), kovellin CuS(Cu — 64,4%),malaxit Cu2[CO3][OH]2 (Cu57,4%) muqim Mis rudalaridir. Mis rudalarining paragenetik bogʻlanishi xilma-xil. Xalkopirit baʼzi sulfid rudalarining gidrotermal konlarida boʻladi. Koʻpchilik konlarda u rudalarning asosiy tarkibiy qismidir. Xalkopirit oʻrnida psevdomorfozalar hosil qilgan ikkilamchi mis sulfidlari — bornit, xalkozin va kovellinlar mis konlarining ikkilamchi sulfidli boyish zonalarida keng tarqalgan. Malaxit — oksidlangan Mis rudalarida eng koʻp uchraydigan mineral. Mis rudalari tarkibida oltin, molibden, reniy va boshqa ham boʻladi. Mis rudalarining muhim turlariga mis-porfirli va mismolibdenli, mis-qumtoshli va slanetsli, misnikelli (sulfidli), polimetall, tomirli, kvarssulfid li, skarnli (misvanadiyli), mis-kobaltli, misvismutli, mistemirli, mis-oltinli va boshqa kiradi. Jahonda ishlab chiqariladigan misning 90% sulfidli rudalardan olinadi. M.rg-konlari RF (Ural), Zakavkazye, Krzogʻiston, AQSH, Chili, Kongo, Zambiyada bor. Oʻzbekistonda Mis rudalari konlari Olmaliq rudali rayoni — Qalmoqqir, Saricheku, Qizota va boshqa joylarda mavjud. Shulardan hozirgi kunda Kalmoqqir va Sarichekuda Mis rudalari qazib olinmoqda. Olmaliqning Mis rudalari tarkibida nodir komponentlar borligi jihatidan ular kompleksli hisoblanadi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling