Xi-xii-asrlar O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixiga oid manbalarning tarixshunosligi


Download 214 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi214 Kb.
#1539240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
НАЪМУНА Тарихшунослик йўналиши бўйича курс иши наъмунаси

Mavzuning dolzarbligi: O’rta Osiyo tarixini, jumladan XI-XII asrlar tarixini o’rganish turli davrlarda ayniqsa, XIX asr ikkinchi yarmidan rus tarixchilari, keyin Sho’ro davri tarixchilari tomonidan amalga oshirilib borildi. Lekin bu davrlarda ayniqsa sho’ro davrida tarixni bir tomonlama sinfiylik nuqtai-nazaridan yoritish avj oldi. XI-XII asrlar O’rta Osiyo siyosiy tarixini qanday g’oya, mafkura, usullar vasitasida yoritilganligini tahlil etish va tatqiq etish tarixshunoslik fani uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mustaqil O’zbekistonda va xorij mamlakatlarda ushbu davrni yoritishdagi yutuq va kamchiliklarni tatqiq etish ham muhimdir.
Mavzuning maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishining maqsadi XI-XII asrlarda O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixining eng samarali va so’ngi usullari yordamida ochib berish, bu davr siyosiy hayotiga nisbatan turli davrlarda yashab ijod qilgan tarixchilar ya’ni, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi tarixchilar-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar, XX asr 20-yillaridan shu asrning 80-yillari oxirlarigacha qilingan tadqiqotlar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, XIX asr oxirlaridan xorij mamlakatlarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar ular tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini tatqiq etish va tahlil etish va shu orqali tarixshunoslik fanining yanada rivojlanishiga hissa qo’shishdan iboratdir. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligini yoritib berishda biroz e’tibordan chetda qolgan muammolarni topish va uni tarixchilar e’tiboriga havola etish ishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mavzuning vazifalari O’rta Osiyoning XI-XII asrlar siyosiy hayotini turli tuzum va jamiyatlarda qanday nuqtai-nazardan yoritilganligini o’rganish, turli g’oya va mafkuralarning tarix fani taraqqiyotiga ijobiy va salbiy ta’sirini o’rganish, XI-XII asrlar O’rta Osiyo siyosiy hayoiti tarixini yoritish ishlariga eng muhim darajada hissa qo’shgan olimlarning tadqiqot ishlarini tahlil qilishdan iboratdir.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling