Xiii asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning birinchi yarmi musiqa madaniyati Mavzu rejasi


Download 1.06 Mb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1149088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu.

Madaniy hayot. Adabiyot. Bu davr madaniyat rivoji haqida ma’lumotlar nihoyatda kam. Olimlar, san’atkorlar va yozuvchilarning bir qismi boshpana izlab o‘zga yurtlarga ketishga majbur bo‘ldilar. Bu davrda Hindiston osoyishta, madaniyati yuksak o‘lka edi. Masalan, buxorolik shoir va adib Muhammad Avfiy, toshkentlik shoir Badriddin Chochiy, nahshablik shoir Ziyo Nahshabiy kabilar Hind o‘lkasidan panoh topib, o‘sha еrlarda ijodlarini davom ettiradilar. Madaniyat ahlinining ayrimlari esa eron, Turkiya, Misr kabi mamlakatlarga yo‘l oladilar. O‘rta Osiyolik olimlar va yozuvchilar boshqa mamlakatlarda bo‘lsalarda, o‘z xalqlarining madaniyati va adabiyoti taraqqiyoti yo‘lida ijod qildilar. Shu bilan bir qatorda o‘zlari yashab turgan joylarining an’analarin o‘rganib, o‘zga yurtlar madaniyati rivojiga ham hissalarini qo‘shdilar. Asli balxlik bo‘lgan Jaloliddin Rumiy faqat fors tilidagina emas, balki turk tilida ham asarlar yaratdi.
Jaloliddin Rumiyning (1207-1272) ijodi ham O‘rta Osiyo bilan bog‘liq bo‘lib, uning falsafiy qarashlari “Masnaviy”larida bayon qilingan. Rumiyning uslubi xalq she’riyati va musiqasi bilan bog‘liq bo‘lib, xalq orasida mashhur edi1.
Muhammad as-Samarqandiy esa to‘rtta tilni – turkiy, fors, arab va mo‘g‘ul tillarini yaxshi o‘zlashtirdi. Bu davrda mulamma’ – shiru-shakar (ikki yoki undan ortiq tilda asar yaratish) janri rivojlandi. Masalan, shoir Purbahoi Jomiy uch tilda – turki fors va mo‘g‘ul tillarida qasida yaratadi.
Bu davrda yashab ijod qilgan shoirlardan Pahlavon Mahmudni eslash joiz. Pahlavon Mahmud XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrning boshlarida yashab ijod qilgan faylasuf shoirdir. U ilm-fan va badiiy adabiyot bilan shug‘ullanadi. Umar Xayyomning izidan borib, fors tilida ko‘plab ruboiylar yaratgan.
Chingizxon istilosining oqibatlari, xalqning unga qarshi kurashi badiiy adabiyotda, xalq og‘aki adabiyoti asarlarida o‘z ifodasini topdi. Bosqinchilarga qarshi kurashni ifodalovchi afsonalar, ertaklar yaratildi. Vaqt o‘tib, ularning ayrimlarigina bizning davrimizgacha еtib keldi yoki katta hajmdagi boshqa asarlarning tarkibiy qismiga aylandi. Qahramonona kurashni ifoda etuvchi asarlardan biri “Guldursun afsonasi”dir.
Musiqa. Ko‘rib chiqilayotgan davrda musiqa san’ati ham boshqa san’at turlari kabi rivojlanishdan deyarli to‘xtagan edi. O‘zga yurtlarga ketgan ayrim san’atkorlargina ijodini davom ettirgan holda, bu davrga tegishli bo‘lgan musiqaga oid merosni bizga qoldirganlar.
Amir Husrav Dehlaviyning nomi adabiyot olamida mashhur. Ammo uning musiqa sohasiga ham aloqadorligi bor. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Husrav Dehlaviyning otasi Hindistonga ketadi. Amir Husrav Dehlaviy (1253-1325)ning ijodi nafaqat Hindiston, balki Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida ham mashhur. Uning to‘liq ismi Yaminiddin Abul Hasan Amir Husrav ad-Dehlaviy.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling