Xiii asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning birinchi yarmi musiqa madaniyati Mavzu rejasi


Amir Husrav Dehlaviyning “Xamsa” asariga ishlangan miniatyura. Samarqand yoki Buxoro. 1603-1604


Download 1.06 Mb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1149088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu.

Amir Husrav Dehlaviyning “Xamsa” asariga ishlangan miniatyura. Samarqand yoki Buxoro. 1603-1604.

Amir Husrav Dehlaviy forsiy tilda yaratgan adabiy merosi juda mashhur bo‘lib, yuksak badiiy shakli bilan, hind falsafiy fikrlash uslubini uyg‘unligidan iborat bo‘lgan hind uslubiga asos solgan shoirdir.


Hind xalqi musiqiy an’analarini, san’atini ma’lum darajaga ko‘tarilishida katta hissa qo‘shgan o‘tmish namoyandalari orasida A..Dehlaviyning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat hind musiqasi, balki Hindiston va O‘rta Osiyo musiqalarini o‘zaro bog‘lanishi yo‘lida hamda rishtalar mustahkamlanishida samarali ijodiy faoliyat olib borgan.
Hayotlik davridayoq Dehlaviy shoir, olim va musiqachi sifatida hurmat qozongan edi. Dehlaviyning ko‘p asarlari xalq orasida keng tarqalib, hozirgi kunda ham ko‘plab qo‘shiqchilar uning asarlarini ijro etadilar.
Hindavi tilida ko‘plab qo‘shiqlar yaratganligi va bugungi kunda mazkur asarlar zamonaviy hind qo‘shiqchilari tomonidan ijro etilmoqda.
Ko’p qirrаli оlim Аmir Husrаv Dехlаviy nаfаqаt shоir, bаstаkоr bаlki, musiqiy chоlg’ulаrni tаkоmillаshtirishdа hаmdа ustа ijоdkоr sifаtidа e’tirоf etilаdi9.Yana shunday fikrlar borki, aynan Dehlaviy Hindistonga fors kuylarini olib kelgan, setor va tabla kabi musiqiy cholg‘ularni mukammallashtirgan ekan10. Amir Husrav ijodining eng yuqori rivojlangan cho‘qqilari Dehli sultoni Aloviddin Hiljiy humdorlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi. Dehlaviy hind klassik ragasini o‘rgangan. O‘sha davrlarda hind klassik musiqasida raganing uchta asosiy uslubi mavjud edi: Dxrupad, Dxamar va Hayal. Raganing uchinchi uslubi bo‘lmish “Hayal”ga Dehlaviy asos solganligi ma’lum.

Amir Husrav Dehlaviyning “Tarixi Xizrxon” asariga ishlangan miniatyura.
Buxoro. 1598 yil.

Husrav Dehlaviy ko‘pgina she’rlarini musiqiy cholg‘ularga bag‘ishlagan. She’rlarda cholg‘ularning o‘ziga hos qirralari, tashqi ko‘rinishi, ijrochilik usullari va cholg‘ularning funktsiyalari haqida ma’lumot olish mumkin.


“Qir’оn us Sа’dаyn” vа “Nuх sеpахr” аsаrlаridа nаy, rubоb, tаnbur, rud, ud, bаrbаd, chаng, vinа, sаnj, dаf, коs chоlg’ulаrini tа’rifini кеltirаdi. Ulаrning hаr biri nаfаqаt shакliy yoкi ijrоviy, bаlкi оhаng nаfоsаtigа каttа e’tibоr qаrаtаdi11.Dehlaviyning musiqashunoslik yo‘nalishida ham asari yaratilgan bo‘lib, “Musiqa tinglash bo‘yicha tadqiqot” deb nomlanadi. Ushbu asarda muallif turli masalalar qatorida musiqa nazariyasi va ijrochilik masalalariga e’tibor qaratgan.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling