Xioniylar V asrda


Download 13.47 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi13.47 Kb.
#1434926
Bog'liq
Документ (2)


Xioniylar — (oʻrta forscha: Xiyōn yoki Hiyōn; avestocha: Xiiaona; soʻgʻdcha xwn; pahlaviy Xyon) — Movarounnahr va Baqtriyadagi koʻchmanchi xalq. Baʼzi tadqiqotchilar fikriga ko'ra, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida janubi-gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan.

Xioniylar V asrda


Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram boʻlib qolgan Kushon podsholigi oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shimoliy Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir qismini ham oʻz ichiga olgan Xioniylar davlatini (4— 5-asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa Xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda Xioniylar «oq hunlar» deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida Xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418— 438), Yazdigard II (438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan janubi-gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
Download 13.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling