Xirurgiyada aseptika-antiseptika


Homiladorlik vaqtida infeksiyaning oldini olish choralari


Download 20.06 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi20.06 Kb.
#1112569
1   2   3   4   5
Bog'liq
AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA

Homiladorlik vaqtida infeksiyaning oldini olish choralari.
Homiladorlik gigiyenasi qoidalariga rioya qilish chilladagi kasalliklarning
oldini oladigan eng muhim choradir. Homilador ayol
organizmidagi infeksiya o‘choqlariga barham berish (og‘iz bo‘shlig‘
ini sog‘lomlashtirish — sanatsiya, yiringli kasalliklar, angina va
boshqa yallig‘lanish jarayonlarini tuzatish, homilador ayolni infeksiyali
bemorlarga yaqinlatmaslik, badanni toza tutish, homiladorlikning
so‘nggi ikki oyida jinsiy aloqani taqiqlash, ayniqsa, muhim
31
ahamiyatga ega. To‘g‘ri turmush kechirish va ratsional ovqatlanish
organizmning yuqumli kasalliklarga chidamini oshirib, chilladagi
septik infeksiyaning oldini olishga yordam beradi.
Tugruq vaqtida septik infeksiyaning oldini olish choralari.
Tug‘uvchi ayollarning hammasi tug‘ruq kompleksiga kelgach
ko‘zdan kechiriladi. Tana harorati ko‘tarilganligi, terining yiringli
kasalliklari, angina, griðp, so‘zak va boshqa kasalliklar aniqlangan
taqdirda tug‘uvchi ayollar tug‘ruq kompleksiga kelgan sog‘lom
ayollardan ajratib, ikkinchi akusherlik bo‘limiga yotqiziladi. So‘nggi
kunlarda yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga yaqin yurgan
ayollar va uyida aseptikaga xilof sharoitda tuqqan ayollar ham
ikkinchi akusherlik bo‘limiga yotqiziladi. Tug‘uvchi ayol tug‘ruq
kompleksiga kelganda sanitariya ishlovidan o‘tadi, ayni vaqtda badanining
junli qismlari sinchiklab ko‘zdan kechiriladi, qo‘l oyoq
tirnog‘i olinadi, qovuqni bo‘shatish buyuriladi, ichni tozalash
maqsadida huqna qo‘yiladi, tashqi jinsiy a’zolar va qo‘ltiq juni
olinadi, yuviladi va quritiladi. Shundan keyin ayol dushga tushadi,
toza kiyim kiyib, tug‘ruqdan oldingi palataga jo‘natiladi. Tug‘uvchi
ayol maxsus tug‘ruq blokida tug‘diriladi, bu paytda operatsiya
xonalar qanday toza tutilsa, xuddi shunday toza tutiladi.
Tug‘uvchi ayolning jinsiy a’zolariga uriladigan hamma narsa
steril bo‘lishi kerak. Ko‘ylak, choyshab, paypoq, ayolning tagiga
yoziladigan narsalar, bog‘lov materiali avtoklavda sterillanadi.
Akusherlik asboblari qaynab turgan suvda 10 daqiqa qaynatib sterillanadi.
Asboblar zanglab qolmasligi uchun 1 l suvga 1 osh
qoshiq hisobidan soda solinadi. Shprislar, rezina kateterlar, ballonlar
va qo‘l yuvadigan cho‘tkalar qaynatib sterillanadi. Kesadigan
asboblar bintga o‘ralib, keyin qaynatiladi yoki spirtda sterillanadi.
Tug‘ruqni boshqaruvchi vrachlar va akusherlar qo‘lini yuqumsizlantirish
akusherlikda g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Qo‘l
terisida hamisha turli mikroblar, jumladan patogen mikroblar ko‘p.
Mikroblar terini qoplagan yog‘ qavatida, yog‘ bezlarining tashqi
bo‘limlarida va ter bezlarining ter chiqarish yo‘llarida bo‘ladi.
Qo‘l to‘g‘ri tozalansa shu darajaga yetadiki, amalda steril hisoblanadi.
Qo‘lni tozalashning mavjud usullaridan Kochergin-Spasokukoskiy
yoki Fyurbringer usulidan ko‘proq foydalaniladi.
Qo‘lni har qanday usulda tozalashdan oldin tirnoqlar kalta
qilib olinadi va tirnoq ostidagi kir maxsus asbob bilan tozalanadi.

Download 20.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling