Xirurgiyada aseptika-antiseptika


Tug‘ruq komplekslari tibbiyot xodimlarining shaxsiy gigiyenasi


Download 20.06 Kb.
bet4/5
Sana23.01.2023
Hajmi20.06 Kb.
#1112569
1   2   3   4   5
Bog'liq
AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA

Tugruq komplekslari tibbiyot xodimlarining shaxsiy gigiyenasi.
Vrachlar va akusherlar ayollarning chilladagi kasalliklariga sabab
bo‘ladigan patogen mikroblardan xoli bo‘lishlari kerak. Griðp,
angina, terining yiringli va boshqa kasalliklari bo‘lgan bemorlarga,
yiringli jarohatlarga va boshqa infeksiya manbalariga yaqin yurgan
vrachlar, akusherlar va sanitarkalar tug‘uvchi ayollarga yaqinlashtirilmaydi.
Qo‘li chaqalangan, yorilgan, ekzema, madda va boshqa
kasalliklari bo‘lgan xodimlar tug‘ruq kompleksida ishlashga
qo‘yilmaydi. Tug‘uvchi ayollarga va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga
qarab turadigan tibbiy xodimlar organizmida infeksiya boryo‘
qligini aniqlash maqsadida muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan
o‘tkaziladi, qo‘l, tomoq va burun bo‘shlig‘idagi mikroflora vaqtbavaqt
tekshirib turiladi. Patogen mikroblar topilgan kishilar
tug‘ruq komplekslarida ishlashga qo‘yilmaydi.
Tibbiyot xodimlari tug‘ruq kompleksida ish boshlashdan oldin
dushga tushib, kiyimlarini almashtiradilar, oson yuviladigan material
(chit, satin) dan tikilgan kiyim kiyadilar, so‘ngra toza xalat
kiyib, kosinka o‘raydilar. Kiyim va xalatning yenglari tirsak yuqorisigacha
shimariladi, bu esa qo‘lni tez-tez yuvib turish va to‘g‘ri dezinfeksiya
qilish uchun zarur.
Xalat yuvilganda qaynatib, keyin dazmollanadi; xalat kiyimni
yaxshilab berkitib turishi kerak. Akusher tug‘ruqni qabul qilishdan
oldin xalatning ustidan toza kleyonka fartuk tutadi va steril xalat
kiyadi.
Kosinka sochni batamom berkitib turishi kerak. Yangi tug‘ilgan
chaqaloqlar palatasida ishlaganda og‘iz-burunni berkitib turadigan
niqob tutish shart. Niqobni to‘g‘ri tutish infeksiyaning havo-tomchi
yo‘li orqali o‘tish xavfini bartaraf qiladi. Og‘iz va burun bo‘shlig‘
idan chiqadigan mikroblar niqobda ushlanib qoladi. Niqob zich
oq materialdan yoki 3–4 qavat dokadan tikiladi. Niqobga mik34
roblar tez kirib oladi. Shuning uchun niqob ish kuni mobaynida
ikki marta almashtiriladi. Ifloslangan (kir) niqoblar maxsus idishga
yig‘iladi, yuviladi, qaynatib yoki avtoklavga solinib dezinfeksiyalanadi.

Download 20.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling