Xisoboti talaba


Ipotekabank haqida umumiy ma’lumot


Download 1.09 Mb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1610383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xisobot 2023

Ipotekabank haqida umumiy ma’lumot
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2005-yil 15-fevral kungi PK-10 sonli qarroriga asosan uy joy jamg’arma bank va Zamin banklarining birlashishi asosida Ipoteka bank ATIB tashkil etilgan.
Ipoteka bank — Oʻzbekistonning davlat ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank O'zbekiston bank tizimida jami aktivlari bo'yicha 9 foiz ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan.Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi.
Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta filial va 400 dan ortiq xizmat koʻrsatish nuqtalari orqali 1,2 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi.
Oʻzbekiston hukumati bank aksiyalarining asosiy qismiga egalik qiladi va tarixan kapital kiritish, moliyalashtirish va davlat kafolatlari orqali qoʻllab-quvvatlab kelgan. Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan. Bank nufuzli institutsional investorlardan kapital jalb qilish bo'yicha tajribaga ega va davlat tomonidan strategik investorga xususiylashtirilishi rejalashtirilgan.
Ipoteka-Bank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi.
O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun Ipoteka-Bank bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling