Mavzuning maqsad va vazifalari. Xitoy demografik siyosati: zamonaviy
holati va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish hamda tahlil qilish asosida kerakli
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
Ilmiy ishning maqsadidan kelib chiqib, tadqiqot o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni hal etishni belgilab oldi:
Demografiyaning nazariy va metodologik asoslarini chuqur o‘rganib
chiqish, xususan, demografiya tushunchasi va uning mohiyatini, davatning
demografik siyosati va demografik ko‘rsatkichlarini hamda dunyo aholisi
o‘sishida Xitoyning o‘rnini aniqlash;
Xitoy demografik siyosatini mazmun mohiyatini ochib berish, uning
demografik rivojlanish dinamikasi va xususiyatlarini tahlil qilish;
Xitoyda ―bir oilaga-bir farzand‖ dasturi qabul qilinishi va uning
oqibatlarini raqamlar yordamida tahlil qilib chiqish;
Xitoy zamonaviy demografik rivojlanishning kelajak istiqbollarini uning
demografik siyosatidagi zamonaviy o‘zgarishlarini tahlil qilish orqali
mamlakatning demografik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va kelajak
istiqbollarini aniqlash;
Xitoy
demografik
rivojlanishning
O‘zbekistonda
ayrim
jihatlari
tajribasidan foydalanish zaruriyati va imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |