Xitoy demografik siyosati: zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi
Download 372.98 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy demografik siyosati zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi. Demografik tadqiqotlar
o‘tkazilishi har bir davlat uchun zaruriy ilmiy yo‘nalishga aylandi. Ushbu davrda yirik demograf olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga E.Rosset, R.Pressa, U.Laplas, A.Ketle, A.Giyyar, S.Novoselskiy,V.Bunyakovskiy, G.Syundberg, V.R.Smulevich, D.I.Valentey. Ya.N.Guzevatey, A.E.Boyarskiy, A.Ya.Kvasha, O‘zbekistonda esa E.S.Timm, A.A.Shoroxova, M.K.Qoraxanov, I.R.Mullajonov va boshqalarni kiritish mumkin 4 . Bunday manbalarga D.K.Shelestovning «Демография: история и современность», V.Borisovning «Демография» nomli kitoblari hamda, «Демографический эциклопедический словарь» kitoblarini misol qilib keltirish joizdir. 5 Bu manbalarda qayd etilishicha, demografiya fanining paydo bo‘lishi, asosan, XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Tug‘ilishning shahar va qishloqdagi farqlari, aholi migratsiyasi tahlil etilgan. Shuningdek, J.Graunt birinchi bo‘lib, o‘limning matematik jadvalini ishlab chiqqan. Ushbu asar o‘z zamonasida ziyolilar tomonidan juda ijobiy baholangan. Uch yil mobaynida asar to‘rt marta qayta chop etilgan. Kitob Qirol Karl II ga juda ma‘qul kelgan va muallif J.Grauntni qirollik jamiyatiga qabul qilgan. J.Grauntning bu kichik hajmli kitobchasi bir emas uch fanning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu fanlar demografiya, statistika va sotsiologiya
4
М.: Статистика, 1973. – 243 c; Вишневский А.Г., Волкова А.Г. Воспроизводство населения СССР . –
М.: Финансы и статистика, 1983. – 320 c; Вишневский А.Г. Демографическая модернизация России 1900-2000. – М.: Новое издательство, 2006. – 608 c .
5
Борисов В.А. Демография. – М., 1999. – 390 c; Демографический энциклопедический словарь. – М.,1985. – С.409-413. 9
fanlari edi. J.Graunt olib borgan tadqiqotning davomchisi sifatida fanda «Siyosiy arifmetika» yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Mazkur fan jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni miqdoriy qonuniyatlarini o‘rgangan. XVIII-XIX asrlarda jamiyat xayotidagi demografik jarayonlarni o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Taniqli
iqtisodchilar, tarixchilar, siyosatshunoslar, astronomlar, shifokorlar, matematiklar tomonidan demografik jarayonlarni o‘rganishga doir qator tadqiqotlar olib borildi. Nihoyat X1X asrda A.Giyyar yangi vujudga kelgan fanga nom berdi. Uning 1855 yilda Parijda «Inson statistikasi elementlari, yoki qiyosiy demografiya», deb nomlangan kitobi chop etildi. Bu asarda demografiyaning mustaqil fan sifatida maqsadi yoritilgan. A.Giyyar asarida demografiyaga ko‘p jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi insonlarning tabiiy va ijtimoiy tarixi va ularning umumiy harakati jismoniy, fuqarolik va ahloqiy holatini matematik tarzda o‘rganuvchi fan, deb ta‘rif berilgan. 1851-1922 yillarda yashab ijod etgan olim Jan Bertilьon (A.Giyyarning nabirasi) tomonidan ham demografiyaning fan sifatidagi o‘rganuvchi predmetiga baho beriladi. Olim 1881 yilda yozilgan «Fransiya aholisi harakatining statistikasi» nomli asarida «Demografiya jamoa xayoti» ni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Uning maqsadi jamiyatning rivojlanishi, qayta tiklanishi va nihoyat inqirozga uchrab, barham topishlarning sabablarini o‘rganish. U xalqning, ham jismoniy, ham ahloqiy tuzilishini ko‘rib chiqadi: odamlar qanday va nima uchun nikoh quradilar, qay miqdorda ko‘payadilar va farzandlarini tarbiyalaydilar va h.k. kabi muammolarni tadbiq etadi. Va nihoyat, u insonlar necha yoshda, qanday vaziyatda, qaysi sabablarga ko‘ra, o‘lishlarining sabablarini yoritadi» deb yozadi. Demografiyani predmetiga oid A.Giyyar va J.Bertilonlarning hulosalaridan ko‘rinib turibdiki, demografiya juda keng qamrovli fan bo‘lib, insonning xayotiga tegishli juda ko‘p muammolarni o‘z ichiga oladi. Ana shunday qarashlar XX asrning 70 yillariga qadar mavjud edi. Keyinchalik demografiyaning o‘rganish doirasi bir oz torayib, aniqlanib bordi. Nihoyat 10
demografiya aholining tabiiy harakatini, ya‘ni uning takror barpo bo‘lishini atroflicha o‘rganadigan fan, degan xulosaga kelindi. O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar
Q. Abdurahmonov va
H. Abdurahmonovlar ―demografik siyosat‖ tushunchasiga quyidagicha ta‘rif bergan: ―demografik siyosat deganda, hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun aholining takror barpo bo‘lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimi tushuniladi‖ 6 . Bu ta‘riflarning tahlili demografik rivojlanish jarayonlarini davlat tomonidan aniq maqsadli tartibga solish zarur degan xulosaga kelish imkonini beradi, bu turli tartibga soluvchi vositalar tizimidan foydalanish orqali ta‘sir etishni nazarda tutadi. Rossiyalik olimlar B.A. Rayzberg, L.Sh. Lozovskiy va E.B. Starodubseva fikriga ko‘ra, davlat organlari timsolida davlatning iqtisodiy obyektlarga, jarayonlarga va ularda ishtirok etuvchi shaxslarga ta‘siri iqtisodiy subyekt harakatlarini tartibga keltirish, qonunlarga amal qilinishini ta‘minlash davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Download 372.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling