Xitoy demografik siyosati: zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari
Download 372.98 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy demografik siyosati zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari
17
Xitoy demograf mutaxassislarining fikricha, aholining tez sur‘atlarda va nazoratsiz holatlarda ko‘payishi, mamlakat iqtisodiyotining turli sohalaridagi qo‘lga kiritilgan yutuqlarini yo‘qqa chiqarish ehtimoli mavjuddir. Shuning uchun, mamlakat ―2 ta ishlab chiqarishni‖ va iqtisodiyotni o‘z qo‘liga olishi lozimdir. Mana shu yuqorida ta‘kidlangan demografik muammolarni hal etish uchun, hukumat organlari mazkur muammolarni o‘z joyida va o‘z vaqtida hal etib borishi lozimdir. Ya‘ni, ―bitta oilaga – bitta farzand ‖ davlat dasturidagi holatlarni takomillashtirish lozimdir. Yuqorida ta‘kidlanganidek, Aholishunoslik tashkilotlarining rasmiy ma‘lumotlariga ko‘ra, Xitoy aholisining soni yaqin yillarda, 2020 yilga kelib, 1,5 mlrd.kishini, 2030 yillarga kelib esa, - 1,6 mlrd. kishisha etishi bashoratlanmoqda. Lekin, g‘arb mamlakatlarining analitika markazlarini baholashicha, xitoy aholisini soni, bugungi kundayoq ancha katta sonni ko‘rsatayotganligi haqida bong urmoqdalar, ularning hisoblariga ko‘ra bugun xitoy aholisi - 2,2 mlrd. kishini tashkil etmoqda. Ekspertlarning fikricha, 2020 yilga kelib, mamlakatning iqtisodiy faol aholisi ulushining pasayishi yuz beradi. (15 yoshdan - 64 yoshdagilar) va sekin asta- 2050 yillarga kelib, mamlakatdagi keksaygan aholi soni 10 % dan 40%gacha o‘sishi kutilmoqda va bir iqtisodiy faol yoshdagi kishilar zimmasiga 4 ta nafaqadorning to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. . Shuni ta‘kidlash joizki, bugun dunyo aholisi 7 mlrd. kishiga yaqinlashib qolganligini va dunyo aholisi yiliga 100 mln.kishiga ko‘payib borayotganligini e‘tiborga olsak, ularning 90% i jahondagi rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda. Xalqaro amaliy tadqiqotlar institutining bashoratiga ko‘ra, dunyo aholisi 2100 yilga kelib, 10,4 mlrd.dan oshib ketishi kutilmoqda va bu o‘sishning tabiiy taqsimlanishini keltirib chiqaradi. 18
Ammo, lekin, dunyo demograflarining aytishicha, bugungi kundagi 10 ta xitoy tug‘ilish yoshidagi ayollarga (fertil yoshidagi) 18 ta bola to‘g‘ri keladi va 10 ta hind ayoliga esa, 34 ta bola to‘g‘ri kelmoqda. Xitoy aholisining yosh tarkibi uch asosiy omil ta‘sirida shakllanini ta‘kidlash lozimdir: 1) yangi tug‘ilganlardagi jinsiy nisbat: 2) o‘limdagi jinsiy farq. 3) aholi migratsiyasidagi jinsiy farq. Bugungi kunda Xitoy hukumati, yuqorida nomi tilga olingan o‘zidagi demografik muammolarni hal etishga kirishib, ularni echish yo‘llarini izlamoqdalar va davlat byudjetidan mana shu sohadagi muammolarni hal etishga yildan-yilga sarf harajatlarni ko‘paytirishga xarakat qilmoqda. O‘zbekiston statistikasida aholi oilaviy holati bo‘yicha uch guruhga ajratilgan va aholi ro‘yhati dasturiga kiritilgan. 1.Oila bilan birga oila a‘zosi bo‘lib yashovchilar. 2.Oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab qolgan holda yashovchilar. 3.Yolg‘iz yashovchilar. Ayni paytda tug‘ilish yuqori bo‘lgan hududlarda bolalar, yoshlar salmog‘i yuqori bo‘ladi. Tug‘ilish darajasi past bo‘lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog‘i yuqori va o‘lim hollari ko‘proq sodir bo‘ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo‘lishining natijasi va kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xitoyning demografik rivojlanish xususiyatlarining ijobiy jihatlaridan, ya‘ni, balog‘at yoshiga etmagan yoshlarni nikohga kirish yoshini uzaytirish, yosh oilalarga muayyan imtiyozlar yaratish yo‘nalishlarini O‘zbekistonda ham qo‘llanilmoqda. Shuningdek, aholi zichligi yuqori bo‘lgan Farg‘ona viloyatida davlat tomonidan qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilmoqda va 30 yoshga to‘lmagan yaqinda oila qurgan yoshlarga, xukumat tomonidan uy-joy olish uchun past
19
stavkalarda kreditlar foizlari o‘rnatigandir. Undan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yoshlarga ham mikro kreditlar past foiz stavkalarida berilmoqdadir. Umuman, xulosa qilib, ta‘kidlash joizki, XXR demografik rivojlanish xususiyatlarining ham salbiy ham ijobiy tomonlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda davlat tomonidan bu yo‘nalishlarda real qadamlar qo‘yilmoqdadir.
Xususan,
I-bobda demografiyaning nazariyasi uning metodologik asoslari shu bilan birga demografik siyosat haqidagi turli olimlar fikrlari bilan tanishdik. dunyo aholisi tarkibida Xitoyning ahamiyati va ro‘li haqida o‘z tahlillarimizni berib o‘tdik. erishgan natijamiz shundaki Xitoy jahon xo‘jaligida kechayotgan jarayonlarga qarab o‘z munosabati va siyosatini ham moslashtirib tez yangi qonun va rejalarni amalga oshirib kelmoqda. Magistrlik dissertatsiyamizning II-bobida Xitoy demografik siyosati tarixi va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ―bir oilaga- ikki farzand‖ konsepsiyasi haqida va so‘nggi yillardagi statistik tahlillarni amalga oshirdik. Shu o‘rinda avvalgi konsepsiya yillar mobaynida Xitoy mamlakatida turli demografik muammolarni keltirib chiqargani haqida, kelajakda bir avlod almashganidan keyingina bu tendensiya o‘z holatiga qaytishi to‘g‘risida xulosaga keldik. Ishimizning III-bobi Xitoyning zamonaviy holati va O‘zbekistonning demografik siyosatiga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha chuqur tahlil qilindi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Xitoyning demoghrafik siyosati O‘zbekiston uchun qo‘l kelmaydi, ya‘ni bizning hukumatimiz bu borada oilani qo‘llab quvvatlash, sog‘lom ona va bola kabi hamda ko‘p farzandlik va xalqimizning bolajonlik maqsadlariga to‘g‘ri kelmaydi. bundan tashqari, milliy qadriyatlarimiz ham shuni ko‘rsatadiki o‘zbeklar uchun oila muqaddasdir.
Download 372.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling