Xitoy filologiyasi kafedrasi “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy iyeroglifik yozuvi: O'qitishdagi muammolar va yechimlar
XITOY IYEROGLIFIK YOZUVINI O’RGATISHDAGI YECHIMLAR
Download 0.65 Mb.
|
Хасан тўғирлаш керак
XITOY IYEROGLIFIK YOZUVINI O’RGATISHDAGI YECHIMLAR
Xitoy tilini o’rgatayotgan o’qituvchi zimmasida ulkan mas’uliyat turad chunki xitoy tili juda murakkab tildir. Bu tilni o’qituvchi o’quvchilarga o’rgatish jarayonida duch keluvchi muammolarni keltirib o’tdik. Endi bunga yechim izlagan holda nimalar qilishimiz mumkinligini keltirib o’tamiz. Xitoy tili ierogliflarini o’quvchiga sodda tarzda yetkazib berish o‘qituvchi zimmasiga tushadi. O‘quvchi bajardigan yuqorida aytib o‘tgan metodlarni – tanishish, mashq qilish, qo‘llashni muallim tashkil qiladi.Maktabdan tashqari mustaqil bajariladigan ishlarga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilish ham muallimning tashkiliy vazifasiga kiradi. Tanishish metodi maktab yoshidagi bolalarda xitoy tilini o‘rganishdagi birinchi qadamdir. O‘quvchi xitoy tilini o‘rganishni boshlar ekan, uning shakli ya‘ni tovush tomonini og‘zaki nutqda aniq-ravshan eshitish, qanday talaffuz qilinishini o‘rganish bilan tanishadi. Masalan xitoy tilida 4 ta ton mavjudligi, ularni qanday talaffuz qilinishini darsning boshidayoq o‘quvchilarga tanishtiriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi bilan birgalikda to‘gri talaffuz qilishni o‘rganadi. Chunki tonni to‘g‘ri talaffuz qilish xitoy tilini o‘rganishdagi asosiy muammolardan biridir. Tovushlarni o‘rganib bo‘lgandan so‘ng grafik misolini yozma matndan ko‘rib o‘qiy olish ham tanishish metodining bir qismidir. Xitoy tilida grafik misoli bilan tanishuv maktab yoshidagi bolalarda biroz soddaroq dastur orqali bo‘ishi kerak. Ya‘ni iyerogliflarni sodda kalitlardan tashkil topganidan boshlansa o‘quvchilarda osonroq esda qolinadi. Masalan : 日,我, 你, 好, 大,雨,手,人, 女,月 va hokazolar. Iyeroglifni bolalarda yanada yaxshi esda qoldirish uchun o‘xshatish metodidan foydalanish mumkun. Bu xitoy tilini o‘rgatishdagi asosiy metodlardan biridir. Maktab yoshidagi bolalar xitoy tili bilan tanishar ekan iyerogliflarni tuzilishini qanday yaralganini ham o‘rganib chiqishadi. Bunda o‘qituvchi sodda iyerogliflardan boshlashi kerek. Iyerogliflarni yozilish ketma- ketligi mavjud bo‘lib shu ketma-ketlik asosida yozilgan iyeroglif chiroyli yoziladi. Bolalarga iyerogliflar bilan tanishishni ana shundan boshlash darkordir. Birinchi iyeroglif chiziqlari bilan tanishtirib chiqish kerak: 1. gorizontal – xitoycha nomi - 横 héng. 2.-Vertikal- xitoycha nomi – 竖 shu; 3.Nuqta – xitoycha nomi –点 dian, 4.Chapga – xitoycha nomi –撇 pie; 5.Ilmoqli vertikal- xitoycha nomi - 钩 gou; 6.O‘nga – xitoycha nomi –捺 na; 7.Chapga qayrilgan – xitoycha nomi –弯 wan; 8. Ko‘tarilgan – xitoycha nomi –提 ti; 2 Tanishish metodida yana ma‘nosi jihatdan ham tanishtiriladi. Ya‘ni o‘rganayotgan so‘zi bolalarda yaxshiroq esda qolishi uchun uni nima predmet ekanligi, qanday hodisaligi, qanday harakatni ifodalashinini to‘liq aniq o‘rgatishi kerak. Bunda o‘qituvchi bolalarga turli xil kartochkalardan, yoki yangi so‘zga bog‘liq kichik videoroliklardan ham foydalanishi mumkun. Yangi so‘z, iyerogliflar to‘g‘risida hozirda juda ko‘p ppt roliklar mavjud bo‘lib o‘qituvchilar ana shulardan foydalansa maktab yoshidagi bolalar uchun iyerogliflar ma‘nosi bilan tanishtirishni to‘g‘ri yo‘lini tanlagan bo‘ladi. Grafik tuzilishi, tovushi, ma‘nosi bilan tanishib chiqqandan so‘ng bolalar yangi so‘zni qanday qo‘llashi, hayotda tadbiq eta olishi bilan tanishadi. Bu tanishish metodining so‘nggi qismidir. Qanday qo‘llanishini o‘qituvchi bolalarga kichik matnlar, dialoglar, yoki so‘z birikmalari, kichik hajmdagi she‘rlar, qo‘shiqlardan foydalanshi mumkun. 冬 天 Dōng tiān Qish 北 风 吹 了, běi fēng chuī le Shimoldan shamol esdi, 雪 花 飘 了, Qor parchalari uchqunladi, xuě huā piāo le 大 地 白 了。 Yer oq tusga kirdi. dà dì bái le 冬 天 到 了。 dōng tiān dào le Qish kirib keldi.3 Yuqorida keltirib o‘tilgan xitoy tilidagi she‘r aynan maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib , ular uchun soddaroq qilib tuzilgan. Yangi so‘z bilan tanishishsa uni matnda qanday kelishini, qo‘llanishini ham o‘rganib olishadi. Bu yangi so‘z o‘rgatayotganda o‘qituvchi uchun qulay usullardan biridir. ―Tanishish‖ metodidan foydlanish jarayonida o‘quvchi yangi so‘z, so‘z birikmasi, grammatiK hodisasi, matn kabilarni o‘rganadi. 4 Ularni bolalar eshitishi, ko‘rishi, yoki bir vaqtning o‘zida ham eshitib ham ko‘rishi mumkun. O‘qituvchi bu so‘zlarni xitoy tilida aytadi, tushuntirib izoh berish o‘qituvchini vazifasidir. Predmet yoki hodisalarni ko‘rsatishda rasmlar, magnit taxtasi, kichik kartochkalardan foydalaniladi. Tanishish metodidan to‘laqonli foydalanilgan so‘ng mashq qilish bosqichiga o‘tiladi. Mashq qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan chet tili yanada mustahkamlanadi. Ularni esda qolishi, qanday qollanishi yanada yaxshi kechadi. Mashq qilishda bolalarga o‘rgatishda turli qiziqarli metodlardan foydalanishimiz mumkun. Bu metodlar bolalarning yoshlariga, bilim darajalariga mos tarzda olib borilishi kerak. K. D. Ushinskiy 5 ko'rsatganidek, mashqlarni ma'lum tizim xolida bo'lishligi ularni muvaffaqiyatli qo'llanishining eng birinchi va asosiy xususiyatidir. Mashqlar tizimining kamchiligi esa ko'p sonli va ko'p vaqt bajariladigan mashqlarning etishmasligi natijalar bermasligining asosiy sababidir. Til o'qitish shart – sharoitlarining tizimin yaratish muammosi amaliy va nazariy jixatdan juda muxim xisoblanadi. Uning muximligi xorijiy tillar o'qitishda amaliy metodikaning bugunga qadar etarli, ma'lum maqsadda yo'naltrilgan to'la mashqlar tizimiga ega emasligi bilan belgilanadi.Xorijiy til o'qitishda qo'llanaladigan mashqlarning ayrim tip va turlari qanchalik samarali bo'lsa ular, til o'rgatishning butunlay muvaffaqqiyatli bo'lishligini belgilaydi. Til o'rganishdagi muvaffaqiyat faqat mashqlarning samarali tizimini ta'minlashi mumkin. Chet tillarini o‗qitishda qo‗llaniladigan mashqlar tizimiga to‗rtta kichik tizimdagi mashqlar kiradi deb ta‘kidlashadi, O‗. Hoshimov va I. Yoqubovlar. Chet tillarni o'qitishda qo'llanadigan mashqlar tizimiga to'rtta tizimdagi mashqlar kiradi. 6 1) Gapirishni o'rgatadigan mashqlar. Masalan, dialogni yod olib gaprib bering: 安德烈:你看、她是不是中国人? Āndéliè:Nǐ kàn, tā shì bu shì Zhōngguó rén? 玛沙:是、她是中国人。 Māsha:Shì, tā shì Zhōngguó rén. 安德烈:你认识不认识她? Āndéliè:Nǐ rènshi bu rènshi tā? 玛沙:我认识她。 Māsha:Wǒ rènshi tā. 安德烈:她叫什么名字? Āndéliè:Тā jiào shénme míngzi? 玛沙:她叫丁云。喂、丁云、你去哪儿? Māsha:Тā jiào Dīng Yún. Wèi, Dīng Yún, nǐ qù nǎr? 丁云:啊! 是你、玛沙。我去商店买笔。 Dīng Yún:À! Shì nǐ, Māsha. Wǒ qù shāngdiàn mǎi bǐ. 玛沙:我们也去商店买纸。来、我介绍一下儿。这是我的中国朋友、丁云. 他是我的男朋友 — Māsha:Wǒmen yě qù shāngdiàn mǎi zhǐ. Lái, wǒ jièshào yíxiàr. Zhè shì wǒde Zhōngguó péngyou, Dīng Yún. Тā shì wǒ de nán péngyou — 安德烈:我叫安德烈。你好! Āndéliè:Wǒ jiào Āndéliè. Nǐ hǎo! 丁云:你好!你也学习汉语吗? Dīng Yún:Nǐ hǎo! Nǐ yě xuéxí hànyǔ ma? 安德烈:对了、我和玛沙都学汉语。 Āndéliè:Duì le, wǒ hé Māsha dōu xué hànyǔ. Shunga o‘xshash dialog mashqlar orqali bolalar xitoy tilida so‘z boyligini oshirib gapirishni o‘rganib borishadi. Bunday dialoglarni qiyinlik darajalari maktab sinflariga qarab belgilanadi. Masalan boshlang‘ich sinflarga biroz soddaroq, o‘rta sinflarga sal murakkabroq dialoglar tanlanadi. Tinglab tushinishni o'rgatadigan mashqlar Masalan, bunday turdagi mashqlar juda ko‘p bo‘lib, ulardan biriga misol qiladigan bo‘lsak. Quyidagi savolni tinglab mos javobini tanlang.( Savol audio tarzda o‘quvchilarga eshitiriladi, variantlar esa tarqatma material orqali o‘quvchilar qo‘llarida bo‘ladi.): 1.我去商店 : 学习汉语; 买笔;还书;看朋友。 2.她去学生宿舍 : 学习汉语; 买笔;还书;看朋友。 丁云来学院 : 学习汉语; 买笔;还书;看朋友。 他们去中国: 学习汉语; 买笔;还书;看朋友。 O'qishni o'rgatadigan mashqlar. Masalan, bu turdagi mashqlarga quyidagicha berishimiz mumkun. Berilgan matnni to‘gri, ifodali o‘qib bering: 你们好! 我是一名本科毕业生,毕业刚半年,学的是英语专业,大学毕业后一直从事翻译员一职。一直以来都很想从事教育工作,但因为一些特殊的原因一直未去考取教师资格证,这段时间才开始准备考取此证书。不过,我认为,一个人的能力并非完全是由一纸证书来权衡的;同时,暂时还未取得教师资格证并不能说明以后不会有。7 Nǐmen hǎo! Wǒ shì yì míng běnkē bìyèshēng, bìyè gāng bànnián, xué de shì Yīngyǔ zhuānyè, dàxué bìyè hòu yìzhí cóngshì fānyìyuán yì zhí. Yìzhí yǐlái dōu hénxiǎng cóngshì jiàoyù gōngzuò, dàn yīnwèi yìxiē tèshū de yuányīn yìzhí wèi qù káoqǔ jiàoshī zīgé zhèng, zhè duàn shíjiān cái kāishǐ zhǔnbèi káoqǔ cǐ zhèngshū. Búguò, wǒ rènwéi, yí gè rén de nénglì bìngfēi wánquán shì yóu yì zhǐ zhèngshū lái quánhéng de; tóngshí, zànshí hái wèi qǔdé jiàoshī zīgé zhèng bìngbù néng shuōmíng yǐhòu bú huì yǒu. Yozuvni o'rgatadigan mashqlar. Masalan: Quyidagi iyerogliflar kalitlar birikuvidan quyidagicha yasalgan.O'rganib tahlil qiling.
Chet tillarni o'qitish mashqlari va turlari mashqlar tizimi mashq tiplariga bo'linidi. Mashq tiplari esa o'z ichiga mashq turlarini oladi yoki tiplari mashq turlarining yig'indisidir. Metodistlar mashqlarni oldin ikkita tipga ajratganlar: Til mashqlari. Nutq mashqlari. 8 Til mashqlari til materiallarini o'rgatish, o'zlashtrishni, ularni o'rgatishdagi qiyinchiliklarni yo'qotishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Shuning uchun ular leksika, grammatika, fonetika yoki talaffuz, orfografiyani o'rgatish mashq mashq turlariga bo'linadi. Nutq mashqlari esa til materiallari – fonetika, leksika, grammatika, orfografiya asosida nutq faoliyati ( tinglab tushinish , gapirishni o'rgatish, rivojlantrishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Shu sababdan bu mashq tipini tushinish, gapirish, o'qish, yozuv mashqlarini tayyorlov mashq tiplari deb atala boshlandi. Tanishish metodining so‘nggi bosqichi qo‘llash bo‘lib,amaliy muloqot maqsadida til materialini qo‘llash hisoblanadi. Qo‘llash davrida axborot almashish ya‘ni malaka hosil qilish mashqlari bajariladi. Bu asosan mustahkamlash bosqichida amalga oshiriladi. O‘qituvchi maktab yoshidagi bolalarga dars o‘tayotgan paytda yangi so‘zlarni to‘liq tushuntirib berganidan so‘ng uni amalda qanday qo‘llash kerakligi, qanday so‘z birikmalari bilan kelishini mustahkamlab beradi. Bolalar shu struktura asosida yangi so‘zlarni yod olib to‘liq o‘rgangan bo‘ladilar. Buni quyidagicha ifodalash mumkun, masalan: ― 喂、丁云、你去哪儿?Hoy, Ding yu qayerga ketyapsan. Wei 喂 undov so‘zi suxbatdoshini o‘ziga jalb etish uchun ishlatiladi. 啊、是你、玛沙。Ha, bu senmisan Masha. A 啊 , bu ham undov so‘z hisoblanib, hayratni bildiradi. 对了、我和玛沙都学汉语。 To‘g‘ri biz Masha bilan Xitoy tilini o‘rganyapmiz. Dui le 对了 , bu suxbatdoshini gapini ma‘qullaganini bildiradi.9 Yuqorida ajratilgan so‘zlarni qanday qo‘llanishini o‘rganib, o‘zingiz shu misollar asosida dialoglar tuzing. O‘quvchilarning tanishish , mashq qilish va qo‘llash vazifalari metodika tilida umumiymetodologik o‘qitish metodlari, deb yuritiladi. Ularni yana ―o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar‖ deb atash mumkun. Bunday metodni maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o‘qitishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki bu metodlar ta‘lim maqsadlarini ro‘yobga chiqarish vositalari bo‘lishi bilan birga, ularga o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichlari tarzida ham qarash mumkun. Bolalalarga xitoy tilini o‘rgatishda ana shu metodlardan unumli foydalansak o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammoni hal qilgan bo‘lamiz. Ikkinchidan, ta‘limning har bir bosqichida, har bir darsda o’quvchi o’zining majburiyati leksik birliklarda va grammatik qoidalarda miqdoran ifodalangan hajmini aniq his qilishi kerak, shuningdek, sifat jihatidan – shakllangan ko’nikma mahoratlarda kommunikativ jadallik va mos ravishda ularni qabul qilishni ifodalay olishi lozim. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi har bir dars jarayonida nima o’rganishi zarurligini (bilim, ko’nikmalar, mahoratlar) aniq bilishi zarur. Uchinchidan, darslik o’quvchiga o’zini-o’zini nazorat qilish imkoniyatini ta‘minlashi, ta‘lim beruvchiga esa – vazifalar bajarilishi natijalarini nazorat qilish va baholash imkonini berishi lozim. Shunday ekan, o’quvchi uchun kalitli nazorat vazifalari, o’qituvchi uchun esa – darslikka ilova sifatida har bir dars bo’yicha test vazifalari darslikning ajralmas qismi bo’lib xizmat qilishi kerak. To’rtinchidan, darslikning til materiali mazmuni hammabop bo’lishi va minimal darajada vaqtinchalik omillar ta‘siriga moyil bo’lishi lozim. Beshinchidan, darslik o’quvchining yosh kategoriyasini inobatga olishi zarur. Maktab yoshidagi bolalarga talabalar va ishbilarmonlar haqidagi matn va dialoglarni o’qish uchun taqdim qilinmasligi, xuddi shunday aksincha yo’l ham qo‘yilmasligi kerak. Demak, darsliklar turlicha bo’lishi, biroq ularning barchasi yuqorida qayd qilingan metodologik talablarga javob berishi kerak. Oltinchidan, darslik o’z tarkibida lingofon kursiga ega bo’lishi lozim. Darslik mustaqil, maxsus ishlab chiqilgan lingafon o’quv materiali bilan ta‘minlanishi zarur, unda til muhiti bo’lmagan sharoitda talaffuz va tinglash ko’nikmalarini rivojlantirish va saqlashni qamrab olgan matn va dialoglar fonogrammasi, mashq va testlar nazarda tutilishi lozim. Bu maqsadda xitoy hamkasblaridan ko’p narsalarni o’zlashtirish mumkin, ular multimediyali kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, o’quv materiallarining juda yaxshi namunalarini yaratganlar. Kichik yoshdagi bolalar shijoatga to‘la bo‘lishi psixologiyada isbotlangan. Demak, bolalarga taqdim etiladigan grammatik material eng avvalo qiziqarli va bolalar uchun tushunarli hamda zavq bag‘ishlaydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Dars zavqli bo‘lishi uchun asosan qo‘shiqlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Chunki musiqa har bir yosh egasiga zavq bag‘ishlaydi. Bolalarga ashulalar orqali nafaqat leksikani o‘rgatish, balki grammatikani ham samarali o‘rgatish mumkin. Masalan, 在哪里? zài nǎlǐ? (qayerda?). ashulasi orqali bolalarga xitoy tilida qayerda savolini berishni va unga javob berishni o‘rgatish mumkin: 一二三四五六七 yī èr sān sì wǔ lìu qī Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti 我的朋友在那里? wǒ de péngyou zài nǎlǐ? Meni do‘stim qayerda 在这里. 在这里 zài zhèlǐ, zài zhèlǐ Bu yerda, bu yerda 我的朋友在这里 wǒ de péngyou zài zhèlǐ Mening do‘stim bu yerda.10 Bu qo‘shiqni bolalar qayta-qayta jo‘r bo‘lib aytish orqali ― qayerda?‖ so‘rog‘i konstruksiyasini va javob berish yo‘lini o‘z-o‘zlaridan o‘rganib oladilar. Keyin uni mustahkamlash uchun sinf xonasida istagan predmetlarini olib savolni qo‘shiq tarzida so‘rashlari, qolganlari esa huddi qo‘shiqdagi kabi javob berishlari mumkin. Buni guruhlarga bo‘lib musobaqa tarzida o‘tkazilsa, bolalarning qiziqishlari yanada ortib materialni tezroq o‘zlashtiradilar. Shu orqali o‘qituvchi grammatikani ham o‘rgatgan bo‘ladi, bolalarga yangi so‘zlar bilan ham tanishtirib chiqishga erishadi. Bolalar shijoatga to‘la bo‘lganligi sababli ham ularga mavzuni jismoniy o‘yinlar orqali o‘rgatilsa, ayniqsa, u faoliyat musobaqa tarzida bo‘lsa, yosh o‘rganuvchilarga yanada ma‘qulroq bo‘ladi. Bolalarda xotira, eslab qolish qobiliyati kuchli bo‘lganligi sababli ularga she‘rlar yodlatish orqali ham grammatik materialni o‘rgatish mumkin. Masalan: 晒 太 阳 Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling