Xitoy tilida o’qitishda interfaol usullarning roli
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
55 UMUMIY XULOSA. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda quyidagi xulosalarga keldik: 1. Ta‘lim berish bu – o ʻ qituvchi va oʻ quvchi-talabalar ishtirokidagi jamoadir. O ʻ qitish reja asosida va oʻ qitish tizimi hamda mahorati, qolaversa oʻ quvchi- talabaning ma‘rifatining oshishi bilan belgilanadi. 2. O ʻ qituvchi faoliyati birgina oʻ quv jarayonining tashkilotchisi tarzida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligini ta‘kidlagan holda baholanmoqda. Fan-texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko ʻ payib borayotganligi va ulardan oʻ qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. 3. Xitoy tilini o ʻ qitish texnologiyasida uchta asosiy tarkibiy qism mavjud: 1.Loyihalash ; 2. Bajarish; 3. Baholash; 4. 1930-yillarda ―Pedagogik texnika‖ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo ʻ ldi va u oʻ quv mashgʻ ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yoʻ naltirilgan usul va vositalar yig ʻ indisi sifatida qaraladi. Shuningdek oʻ quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko ʻ rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 5. 1940-50 yillarda o ʻ quv jarayoniga oʻ qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio va nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. Bu programmalashtirilgan ta‘limni nazarda tutadi. 1960-yillarning o ʻ rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokama tortildi. 6. AQSH, Angliya, Yaponiya, Italiya, Vengriyada o ʻ qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo ʻ yicha ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirish kabi masalalar koʻ rib chiqildi va amaliyotga tatbiq etila boshlandi. Pedagogik texnologiyaga oid turli tashkilotlar, assotsatsiyalar tashkil qilindi, gazeta va jurnallar chop etila boshladi. 56 7. Metodika – o ʻ quv jarayonini tashkil etish va oʻ tkazish boʻ yicha tavsiyalar majmuasi. Metodika alohida fanlarga tegishli tushuncha bo ʻ lib, u jarayonlarning kechish qonuniyatlarini, fan mazmuni, o ʻ qitish shakllari kabilarni oʻ rganadi. Har bir fanning o ʻ z metodikasi boʻ lib, u ―nimaga oʻ qitish (oʻ rgatish)?‖, ―qanday o ʻ rgatish?‖, ―kimni oʻ qitish?‖, savollariga javob beradi. 8. Metodika fani asosan quyidagi uch yirik mavzuni o ʻ rgatadi: 1) Chet tilini o ʻ rgatishning nazariy masalalari; 2) Nutq faoliyati turlari; 3) Chet tilini o ʻ rgatishning tashkiliy masalalari. 9. Pedagogiktexnologiya – o ʻ quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qo ʻ yilgan aniq maqsad yoʻ lidan oʻ qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi. 10. Ilg ʻ or pedagogik texnologiya quyidagicha amalga oshiriladi: Empirik: sezgi a‘zolari orqali bilish; Kognetiv: atrofdagi olam to ʻ gʻ risida bilimni kengaytirish; Evrestik: yo ʻ naltiruvchi savollar orqali faollikni, topqirlikni oshirish; Kreativ: tadqiqot, ijodiy tafakkur; Inversion: axborotlarni turli tomondan o ʻ rganish; Integrativ: kichik qismlarning bir butunligi, yaxlitligi; Adaptiv: axborotlar va ulardan foydalanish jarayonini o ʻ rganish va oʻ rgatish uchun moslashish; Inklyuziv: oʻ quvchi va o ʻ qituvchining oʻ zaro munosabatlarda tenglik asosida ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. 11. Pedagogik texnologiyaning metodikadan asosiy farq shundaki, metodika o ʻ qitish usullari va yoʻ llarining ma‘lum shaxs uchun qulay boʻ lgan majmuasidan iborat. Metodika o ʻ qituvchining bilim, koʻ nikmalari mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq. Metodika biror ishni maqsadga muvofiq o ʻ tkazish metodlari, yo ʻ llari majmuasi. U alohida metodikalarga ajraladi. 12. Interfaol metod — ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati, ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. ―Rolli o ʻ yinlar‖, ―Zig- 57 zag‖, ―Esse‖ hamda ―O ʻ quv portfoliosi‖ usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. 13. ―Rolli o ʻ yinlar‖usuli:eshitish va tinglashni oʻ rgatadi;erkin operativ suhbatga tayyorlaydi; tabiiy xulqni kamchiliklardan nari qiladi; talabalarni xitoy tiliga qiziqtiradi va amaliyotni o ʻ taydi; talabalarni ogʻ zaki nutqqa psixologik tarafdan tayyorlaydi; xitoy tilida nazariy bilimlarni amaliyotda qo ʻ llay olishni o ʻ rgatadi;oʻ quvchilarda berilgan vaziyatni ―xitoycha‖ tahlil qilish malakasi shakllanadi. 14―Rolli o ʻ yinlar‖ usulining kamchilik tomonlari:koʻ p vaqt talab etiladi;o ʻ qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; oʻ quvchilarning oʻ yinga tayyorgarligi turlicha daraja bo ʻ lishi mumkin;barcha oʻ quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin. 15. ―Zig-zag‖ interfaol usuli bilan dars o ʻ tish ham grammatikani mustahkamlash, ham mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvolidan ham habardor bo ʻ lish imkonini yaratadi, eng muhimi bilishdan tashqari oʻ quvchi – talaba o ʻ zi fikr yuritib, boshqalarga yetkazib berish qobiliyatini, soʻ z boyligini oshirib, nutqini ravon qilishga yordam beradi. 16. ‖Esse‖ interfaol usuli inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o ʻ ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish har tomonlama koʻ rib chiqilmaguncha xotirada saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi. Ma‘lumotlarni tizimlashda, asosiy tushunchalardan foydalanishda, bu mavzuga aloqador jihatlarni ajratib ko ʻ rsatishda, amaliyotini illustratsiya qilishda va xulosalarni argumentlashda katta ahamiyat kasb etadi. Demak, interfaol usullardan foydalanib yangi bilimlarni berish, ko ʻ nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo ʻ llash mashg ʻ ulotlarida hamda oʻ quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo ʻ yicha mashgʻ ulot uchun eng maqsadga muvofiq boʻ lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to ʻ gʻ ri tanlash nazarda tutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling