Xitoy tilida o’qitishda interfaol usullarning roli
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
2.1. Xitoy tili o
ʻ qitishda“Rolli oʻ yinlar” va “Zig-zag” interfaol usullarining ahamiyati. ―Dunyoda xitoy tilini rivojlanishiga turtki bo ʻ lgan omil, shubhasiz, xitoy iqtisodining rivojlanishi va butun jahon iqtisodiga kirib borishi bo ʻ ldi. Hech birimizga sir emaski, oxirgi yillarda xitoy tilini o ʻ qitish shiddat bilan rivojlanib bormoqda.‖ 17 Shunday ekan, xitoy tili darslarini puxtao ʻ rgatish, oʻ quvchi-talabani darsga nisbatan qiziqishi, faolligini ta‘minlash maqsadida xitoy tili darslarida o ʻ z samarasini ko ʻ rsata oladigan bir nechta interfaol usullarni tahlil qilamiz. Interfaol usullar ichida o ʻ ziga xos bir qancha ijobiy jihatlari bilan ajralib turadigan ―Rolli o ʻ yinlar‖ interfaol usuli XX asrning 70-yillaridachet tillarini o ʻ rgatishda qoʻ llanila boshladi. Bu esa oʻ qitishda turli usullardan foydalanish oʻ z samarasini bera boshladi ya‘ni ko ʻ z bilan koʻ rish, quloq bilan eshitish xotirani yanada mustahkamlab, o ʻ quv jarayoniga nisbatan qiziqish va faollikni oshirdi. Roli o ʻ yinlar - ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) oʻ yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o ʻ rinda, matnli material oʻ rniga oʻ quvchilar tomonidan rollar o ʻ ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. 18 Rolli o ʻ yinlar metodi shundan iboratki, oʻ quvchi, oʻ zi uchun notanish bo ʻ lgan, turli xil harakterli inson obraziga qalban kirishib ketadi. Oʻ zi uchun notanish bo ʻ lgan, turli xil harakterdagi rollarni oʻ ynashlari asosida ularning dunyoqarashlari, fikr-mulohazalari, nimalar haqida o ʻ ylaydilar, ularning nozik tabiati haqida o ʻ quvchilar keng tushunchaga ega boʻ ladilar. Oʻ yinda asosan o ʻ quvchilarga tugallanmagan muammoli sahna koʻ rinishi (vaziyat) rollari beriladi. O ʻ quvchilar ushbu muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga yetkazib, rol o ʻ ynashlari shart. 17 崔永华,杨寄州。―汉语课堂教学技巧‖。北京。2002. 1 页 18 http://en.m.wikipedia.org/wiki/Roleplay_simulation 34 Rolli o ʻ yinlarni dars mashgʻ ulotlarida oʻ tkazishda quyidagi ishlarni amalga oshiramiz: 1.Muammoli tugallanmagan sahna ko ʻ rinishni (vaziyatni) tanlab olamiz. Hayotda juda ko ʻ p muammoli koʻ rinishlar uchraydi, rolli oʻ yinlarni oʻ tkazishda bular biz uchun tayyor material bo ʻ lib xizmat qilishi mumkin. Ular oʻ ziga xos xususiyatlarga ega bo ʻ lib, uning yechimini topish oʻ ziga yarasha murakkab kechadi. Masalan: sudda guvohlik; xira, shilqim, yelim inson bilan sotuvchi o ʻ rtasidagi muloqot; ijaraga olingan uy haqqini to ʻ lash vaqtini belgilashdagi masala yuzasidan uy egasi bilan bo ʻ layotgan tortishuv va hokazolar. Quyida bir qator misollar bilan tushuntirib o ʻ tamiz: ― ―Egizaklar‖ rolli o ʻ yini. Bunda ikki sherikning biriga vazifa beriladi. Siz – maktabning badiiy san‘at to ʻ garagi a‘zosisiz. Mashhur aktyor boʻ lishni orzu qilasiz. Teatrning barcha janrlari ishqibozisiz. Ikkinchi o ʻ quvchiga vazifa beriladi. Siz bo ʻ lajak aktyorning sinfdosh eng yaqin doʻ stisiz. Siz uning har bir gapiga taqlid qilasiz. Sizlarni egizaklar deb atashadi. - 我对京剧感兴趣。Wo dui jingju gan xingqu.(Men operaga qiziqaman.) - 我也对京剧感兴趣。Wo ye dui jingju gan xingqu.(Men ham operaga qiziqaman.) Shu tarzda dialog davom etadi. Bunda birinchi o ʻ quvchinining gapini takkrorlash orqali ikkinchi o ʻ quvchining soʻ z boyligi, salohiyati oshib boradi. ―Intervyu‖ rollio ʻ yini. Birinchioʻ quvchigavazifaberiladi. Siz – ―Madaniyat‖ nomli gazeta muxbirisiz. Teatrdan keyin uni yoningizdagi sherigingiz bilan tahlil qiling. Ikkinchi o ʻ quvchiga vazifa beriladi. Siz – siz mashhur teatr tanqidchisisiz. Bu spektakl sizga unchalik maqul tushmadi. 35 - 您喜欢上了这个戏剧吗?Nin xihuan shangle zhe ge xijuma? (Sizga bu teatr yoqdimi?) - 没 有 那 么 喜 欢 , 我 不 太 喜 欢 了 跳 舞 。 Mei you name xihuan, wo bu tai xihuanle tiaowu.(Unchalik emas. Menga undagi raqslar yoqmadi.) Dialog shu tarzda davom etadi. Bunda o ʻ quvchi-talaba ma‘lum bir sohaga tegishli yangi so ʻ zlarni oʻ zlashtirib boradi. ―Pantomimo‖ rolli o ʻ yini. Guruhdagi oʻ quvchi talabalar kamida beshtadan iborat kichik guruhlarga bo ʻ linadi. Bir guruhdan ishtirokchi chiqib soʻ zsiz imo- ishoralar bilan harakat ko ʻ rsatadi, bu harakatlar turli narsa, sohaga oid boʻ lishi mumkin, masalan, kasb yoki hayvon, mashhurlar va boshqalar. Boshqa guruh ishtirokchilari buni javobini topishlari va xitoycha nomini aytishlari kerak bo ʻ ladi.‖ 19 Sotuvchi va injiq xaridor sahnasini keltirib o ʻ tamiz(sotuvchi – S, xaridor – X harfi bilan belgilab ketiladi): S: 你好!欢迎您!Ni hao! Huanying nin! (Salom ! Xush kelibsiz!) X: 你好!Ni hao! (Salom!) S: 你要哪类的衣服?Ni yao na leide yifu? (Sizga qaysi turdagi kiyim kerak?) X: 请你尽量给我看合适的、样子好看的、颜色明亮的衣裙. Qing ni jinliang gei wo kan heshide, yangzi hao kande, yanse mingliangde yiqun. (Iloji boricha xushbichim, yengil, yorqin rangdagi ko ʻ ylaklarizdan koʻ rsatsangiz.) S: 这种红色的衣裙很合适你. Zhe zhong hongsede yiqun hen heshi ni. 19 Леонтьев А.А. Психологические предпосылки раннего овладения иностранным языкам // Иностранные языки в школе. – 1985. № 5. 36 (Mana bu qizil rangdagi ko ʻ ylak sizga mos keladi.) X:不行,我对红色有过敏. Bu xing, wo dui hongse you guomin. (Yo ʻ q, qizil rangdan allegiyam bor, kiyaolmayman.) S: 那么你看一下这种黄色的衣裙?又明亮又好看. Name ni kan yi xia zhe zhong huangsede yiqun? (Unda mana bu sariq rangdagi ko ʻ ylakchi? Ham yorqin rang ham xushbichim. ) X: 不行,不喜欢这件衣裙袖,我不喜欢这种宽袖的衣裙. Bu xing, bu xihuan huan zhe jian yiqun xiu, wo bu xihuan zhe zhong kuan xiude yiqun. (Yo ʻ q, buni yengi yoqmadi, bunaqa keng yengli koʻ ylaklarni yoqtirmayman.) S: 这种很合适你!请你看粉色的衣裙。我觉得这件会符合你的口味吧。 Zhe zhong hen heshi ni! Qing ni kan fensede yiqun. Wo juede zhe jian hui fuhe nide kou meiba. (Mana bu ko ʻ ylak aynan siz uchun! Pushti koʻ ylakni koʻ ring. Sizning didingizdagi ko ʻ ylak deb oʻ ylayman.) X: 行,我喜欢。这就是我喜欢的衣服。就买这件。我很感谢不管我太人性你都 帮忙。Xing, wo xihuan. Zhe jiu shi wo xihuande yifu. Jiu mai zhe jian. Wo hen ganxie bu guan wo tai ren xing ni dou bangzhu. (Ha, menga yoqdi. Aynan men xohlagandek ekan. Shunisini sotib olaman. Injiqligimga qaramay menga ko ʻ ylak tanlashda yordam berganingiz uchun rahmat!) Bu vaziyatda sotuvchining zakovatiga, sabriga a‘lo baho bilan qarash kerak bo ʻ ladi. Sababi, u ish faoliyatidan kelib chiqib, vazminlik bilan oʻ z ishini a‘lo darajada bajardi, narsasini ustalik bilan injiq insonning ko ʻ ngliga yoʻ l topgan holda sota oldi. Xaridor ham o ʻ zining injiqligini notoʻ gʻ ri ekanligini his qilgandek bo ʻ ldi. Bu tarbiyaviy jihatdan ham yuksak baholanadi. Oʻ quvchilarni hayotda 37 murosali bo ʻ lishga, oʻ z soʻ z boyliklariga sotuvchi va xaridor oʻ rtasida boʻ lgan suhbat so ʻ zlarini ham kiritib qoʻ yishga erishildi. Nihoyat, muammoli sahna ko ʻ rinishi (vaziyat) orqali oʻ quvchilarda dildan suhbatlashish, muloqot qila bilish, yechimi hal qilingan masalani asoslab bera olish, o ʻ z mustaqil fikrini asoslash, himoya qila olish kabilar shakllanadi. 2. Tayyorgarlik ko ʻ rish. Oʻ quvchilar muammoli sahna koʻ rinish (vaziyat) bilan tanishib chiqadilar. Ular o ʻ yin rollarini boʻ lib oladilar hamda oʻ z rollari ustida mashq qiladilar, ishlaydilar. 3. O ʻ quvchilarni rollarga tanlab olish.Oʻ qituvchi oʻ quvchilarga rollarni bo ʻ lib berish huquqiga ega yoki oʻ quvchilarga rollarni oʻ zlari tanlab olishlariga imkon yaratib berishi hamda ba‘zi bir rolga o ʻ quvchilarni tashqaridan jalb qilishi mumkin. 4. O ʻ yinni oʻ tkazish. Oʻ quvchilar oʻ zlariga boʻ lib berilgan rollarni oʻ z mustaqil fikr-g ʻ oyalaridan kelib chiqib, oʻ sha inson hayotda qanday yoʻ l tutardi, shular haqida fikr mulohaza yuritib o ʻ ynaydilar. Oʻ qituvchi oʻ yin davomida tomoshabin sifatida bo ʻ ladi. Ayrim hollardagina oʻ yinga aralashishi mumkin. Bunday vaziyatlarda qisqa, aniq va lo ʻ nda harakat qilish kerak boʻ ladi. 5. Muhokama. Rolli muammoli o ʻ yinlar muhokama qilinadi va baholanadi. O ʻ yin ishtirokchilari, tamoshabinlar oʻ yinlarini tahlil qilish, muhokama qilish imkoniyatiga ega bo ʻ ladilar. Tahlil savollari quyidagilardan iborat boʻ lishi mumkin: - Siz o ʻ z oʻ ynagan rolingizdan nimalarni oʻ rgandizgiz? - Umuman o ʻ yindan hamda undagi rollardan nimalarni sezdingiz, his qildingiz? - O ʻ yin hayotiy, haqiqiy boʻ ldimi? Hayotga oʻ xshahsligi bormi? 20 Tilni o ʻ qitishda ―Rolli oʻ yin‖ metodining ahamiyati shundaki, oʻ quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali 20 Ziyamuhamedov.J.T. ―Xitoytilio‘qitishmetodikasi‖. T.: TDSHI. 2010, - B .250 38 ko ʻ rsatib beruvchi metoddir. Rolli oʻ yinlarning ishbop oʻ yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Rolli o ʻ yinda ham ishbop oʻ yin kabi muammoni yechish bo ʻ yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo ʻ lga qoʻ yilgan. Rolli oʻ yinlar oʻ quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi. Birinchi bosqichda o ʻ zlashtirgan talabalar uchun yangi soʻ zlardan kichik suhbat quradilar. M: ―Tanishuv‖, ―Salomlashuv‖, ―Oila‖, ―Do ʻ stlar‖ va b. Bu mavzular talabalarni rol o ʻ ynab suhbat qurishi xitoy tilini oʻ rganishida nutqini yuqori darajada bo ʻ lish, mativatsiyasini shakllantirish va xitoy tiliga qiziqishini oshiradi. Ikkinchi bosqichda o ʻ zlashtirgan talabalarni rolli oʻ yinlar ularni yana bir bosqich yuqoriga olib chiqadi, leksik qatlamga qadam tashab, mutaxasislik bilan bog ʻ liqligini koʻ rsatadi. M:talaba oʻ quv muassasasi, oʻ qishi, kelajakdagi kasbi, sayohat qilish yo ʻ nalishlari haqida boʻ ladi. Uchinchi bosqichda o ʻ zlashtirgan talabalarni rolli oʻ yinlar professional darajaga olib chiqadi. M: konferensiyani olib borish, delegatsiyani qabul qilish, shartnoma tuzish va b.Bu bosqichda o ʻ zlashtirgan talabalar egallagan bilimlarini ishga solishadi,bunda ishbilarmon do ʻ sti yoki hamkori bilan ishbilarmonlik suhbatini olib boradi. Bu ayniqsa yuqori kurs talabalar uchun qiziq. ―Rolli o ʻ yin‖ metodini olib borish uchun oʻ qituvchi oldindan maxsus tayyorgarlik ko ʻ rishi lozim. Zero, tayyorlangan «Rolli oʻ yin» metodi: -eshitish va tinglashni o ʻ rgatadi; -erkin operativ suhbatga tayyorlaydi; -tabiiy xulqni kamchiliklardan nari qiladi; -talabalarni xitoy tiliga qiziqtiradi va amaliyotni o ʻ taydi Rolli o ʻ yinlar metodi muhim metodologik vazifalarni bajaradi: 39 - Talabalarni og ʻ zaki nutqqa psixologik tarafdan tayyorlaydi; - Xitoy tilida tabiiy holda ko ʻ p qoʻ llaniladigan til materialini bilib oladi; - Kerakli tanlangan nutq variantiga tayyor qiladi. “Rolli o ʻ yin‖ metodi tilda grammatik, leksik, fonetik va orfografik qismlarga boʻ lib nutq malakasida o ʻ rnini belgilab beradi. Ma‘lumki, ishtirokchilar grammatik struktura tuzayotganda ko ʻ p marta qaytarish hodisasiga duch kelinadi. Bunda grammatikaga oid leksik o ʻ yinlariga, mantiqiylari nutq fundamentini ―qurishda‖ yordamlashadi. ―Rolli o ʻ yin‖ metodining afzallik tomonlari: -o ʻ quv jarayonida oʻ quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi; - o ʻ quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi; -xitoy tilida nazariy bilimlarni amaliyotda qo ʻ llay olishni oʻ rgatadi; -o ʻ quvchilarda berilgan vaziyatni ―xitoycha‖ tahlil qilish malakasi shakllanadi. ―Rolli o ʻ yin‖ metodining kamchilik tomonlari: - ko ʻ p vaqt talab etiladi; - o ʻ qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; - o ʻ quvchilarning oʻ yinga tayyorgarligi turlicha daraja boʻ lishi mumkin; - barcha o ʻ quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin. Mazkur rolli o ʻ yinlar interfaol usuli xitoy tili darslarida ikki tomonlama ham o ʻ qituvchi ham oʻ quvchiga teng foyda olib keladi. O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi. O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida 40 ta`limiy aloqalar o`rnatiladi.O`qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh, katta guruhlar). O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivasiyaga ega bo`ladi.O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalari shakllanadi.Har bir o`quvchining o`zi mustaqil fikr yurita olishga, ishlashga, mushohada qilishga olib keladi.Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta`lim mazmunini o`zlashtiribgina qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi. O ʻ quvchilar oladigan foyda haqida biz yuqorida ta‘kidlab oʻ tdik, ya‘ni o ʻ quvchining fikrlashi, dunyoqarashi, soʻ z boyligining ortib borishi nafaqat ona tilida balki, xitoy tilida ham yuksalib boradi. Bu jarayonda metodikada mavjud bo ʻ lgan ikki maqsad: tarbiyaviy va umumta‘limiy maqsad baravar amalga oshadi. Shu borada o ʻ qituvchining ham yutuqlari haqida keltirib oʻ tamiz. Avvalambor, o ʻ qituvchi darsini toʻ gʻ ri tashkillashtirishiga, dars jarayonini qiziqarli oʻ tishiga, o ʻ quvchilarning vaqti samarali oʻ tishiga erishiladi. Bunday holatda oʻ qituvchiga bo ʻ lgan hurmat yanada oshadi. Sababiki, darsni qiziqarli tashkillashtirgan o ʻ qituvchi barchaning koʻ nglidan baravar joy oladi. Dars oxirida esa yuqori natijalarga erishiladi. Avval ana‘naviy usulda o ʻ quvchi oʻ nta soʻ z yodlagan bo ʻ lsa, bu interfaol usulda oʻ zlashtiriladigan soʻ zlar miqdori ikki baravarga oshadi. Darsning sifat ko ʻ rsatkichi yuqori darajaga koʻ tariladi deb ayta olamiz. Xitoy tili o ʻ qitishda oʻ zining foydali jihati bilan ahamiyatga ega bir qator interfaol usullar sirasidan o ʻ rin oluvchi yana bir interfaol usul bu – ―Zig-zag‖ usulidir. ―Bu o ʻ qitish usulining asl nomi―Siniq chiziq‖ ya‘ni ―Zig-zag‖ usulining kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo ʻ lsak, Aronson 1980, Djonson va Xorubek 1990, Kagan 1990 yillarda bu usulni ilk bor qo ʻ llashgan. Aslida bu usul ancha yillar 41 mobaynida qo ʻ llanilgan, lekin bu nom ostida emas.‖ 21 Bu usul ―Arra‖ usuli ham deb atalgan. Vaqt o ʻ tgan sari ―Zig-zag‖ nomi bilan atala boshlagan. Bu usul jamoaviy o ʻ qitish metodi boʻ lib, har bir ta‘lim oluvchi guruhga berilgan umumiy topshiriqning bir qismi hisoblangan individual topshiriq olishdan iborat. Shuning hisobiga shaxsiy javoblar (mas‘uliyat) sohasi shakllanadi va ta‘lim olish motivatsiyasi oshadi. Ushbu usul ta‘lim oluvchilar guruhi barcha a‘zolari faolligini ta‘minlab, shu bilan birgalikda bilim olish uchun hamkorlik munosabatlarini yaratadi. Ushbu usul ta‘lim oluvchilarga qisqa vaqt davomida ko ʻ proq oʻ quv materiallarini o ʻ rganib chiqishga imkon beradi. Mazkur metod quyidagi ketma- ketlikda o ʻ tkaziladi: 1.Material tanlab olib, uni mantiqiy tugallangan qismlarga ajratamiz (4-6qism). 2.Tanlangan materialning qismlari soniga mos ravishda 4-6 kishilik guruhlar tuzamiz. Bu guruhning har bir a‘zosiga u o ʻ rganadigan materialning qismiga mos raqamni beramiz. 3.Materialni o ʻ rganish uchun taqsimlab chiqamiz. 4.‖Ekspert‖ guruhlarni tuzib olamiz. Ekspert guruhlar- bu bir xil vazifa olgan ta‘lim oluvchilar guruhi (masalan, birinchi qismni olgan ―A‖ guruhi a‘zosi, huddi shu birinchi qismni olgan ―V‖ guruhi a‘zosi bilan uchrashadi). Hamkor –ekspertlar materiallarini birgalikda o ʻ qib, oʻ rganadilar, uni bayon etishning samarali usullarini va yangi guruhlaridagi sheriklari materialni qanday tushunganliklarini tekshirish uchun nazorat savollarini rejalashtiradilar, o ʻ z guruhlarida taqdimotni tayyorlaydilar. 5.Ta‘lim oluvchilar o ʻ zaro oʻ rganish va tekshirish uchun oʻ z guruhlariga qaytadilar. Bu yerda ular bir-birlarini ketma-ket o ʻ rganilgan material bilan tanishtiradilar. ―Ekspert‖ vazifasi – guruhning har bir a‘zosi materialning o ʻ ziga berilgn qismni o ʻ zlashtirishidan iborat. Guruhning vazifasi: har kim butun mavzuni to ʻ liq oʻ zlashtirishi kerak. 21 http://cyberleninka.ru/article/n/urok-zigzag. 42 6.Tushunganliklarini tekshiramiz va yakun yasaymiz. Barcha guruh uning har bir a‘zosi materialni to ʻ liq oʻ zlashtirishgajavob beradi. Soʻ ngra guruhning alohida a‘zosini o ʻ z bilimlarini turli usullar bilan namoyon etishlarini soʻ rash mumkin. Nazorat turlari : ekspertlar taqdimoti, yozma ishlari, savollarga javoblar, test topshiriqlari. Bu usulni yana quyidagi tartibda ham o ʻ tkazish mumkin. Buning uchun doskaning markaziga kalit so ʻ zi yoziladi (darsning mavzusi). Birinchi raqamlarning a‘zosi chiqib, o ʻ zining klasterini iladi va uni e‘lon qiladi. Buni toʻ ldirishda unga 2,3,4,5-raqamli ishtirokchilar yordam berishlari mumkin. So ʻ ngra ikkinchi raqamlarning a‘zosi chiqadi va unga yordamchi bo ʻ lib 1,3,4,5-raqamlar yordamga chiqadi. Natijada butun bir mavzuning grafik ko ʻ rinishi yoritiladi. Bu esa mavzuni muhokama qilishda va materiallarni mustahkamlashda, yangi olingan bilim va ko ʻ nikmalarni oldingi olingan bilim va koʻ nikmalar bilan taqqoslashda qulaylik tug ʻ diradi. Avvalambor, bu usul til o ʻ rganishda judayam muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu usulning o ʻ quvchi – talabalarga boʻ lgan foydali jihatlari haqida so ʻ z yuritadigan boʻ lsak,ularni darsga boʻ lgan qiziqishlarini oshiradi, og ʻ zaki nutqni rivojlantiradi, kelajakda oʻ z fikrini yetarli darajada tushuntirib bera olish qobiliyatini shakllantiradi. Bu usul bilan dars o ʻ tish ham grammatikani mustahkamlash, ham mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvolidan ham habardor bo ʻ lish imkonini yaratadi, eng muhimi bilishdan tashqari oʻ quvchi – talaba o ʻ zi fikr yuritib, boshqalarga yetkazib berish qobiliyatini, soʻ z boyligini oshirib, nutqini ravon qilishga yordam beradi.O ʻ qituvchiga boʻ lgan ijobiy jihatlari esa ta‘lim beruvchi bir vaqtning o ʻ zida barcha oʻ quvchi-talabalarini darsga jalb qilib oladi hamda ularni guruhlarda ishlashga, hech bir o ʻ quvchini nazoratdan chetda qolmasligiga erishadi. Eng asosiysi qimmatli bo ʻ lgan vaqt tejali. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling