Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibi
(2022 - yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, jami aholi umumiy daromadlariga nisbatan)
mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar transfertlardan olingan daromadlar
Hududlarning aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarining (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (78,3 %) kuzatildi. Aksincha Samarqand, Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari, Toshkent shahar, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi sezilarli darajada bo‘lmasada, Toshkent shahrida bunday daromadlarning ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, transfertlardan olingan daromadlarning ulushi Samarqand, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida aholi umumiy daromadlariga nisbatan 30 % dan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida mazkur daromad turining ulushi eng past ya’ni, 14,5 % ni tashkil etdi.
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
(2022- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra)
Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
(yollanma ishchilarning va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) sezilarli ulushni tashkil etadi.
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy
daromadlar tarkibidagi ulushi
2020 - y. 2021- y. 2022- y. год
Do'stlaringiz bilan baham: |