Xiv. Aholining umumiy daromadlari 1- bo‘lim. Aholi umumiy daromadlari tarkibi


Download 7.24 Mb.
bet8/12
Sana18.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1783382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aholini umumiy daromadlari word

Pensiya jamg‘armasi hisobidan shakllantirilgan.
Respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan
2022- yilning yanvar-iyun oylarida boshqa joriy transfertlar
Boshqa joriy transfertlar hajmi chet eldan yuborilgan pul o‘tkazmalari tarkibidan
jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish (biznes) faoliyatidan olinadigan daromadlari bilan
bog‘liq o‘tkazmalarini (Markaziy bank va uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlari
asosida) chiqarib tashlangan holda keltirilgan.
2022- yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha boshqa joriy transfertlar tarkibiga kiruvchi respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining nominal o‘sish sur’ati
148,1 % ni tashkil etib, aholi umumiy daromadlari tarkibidagi ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 % punktga ko‘paydi.
Ushbu daromadlarning o‘zgarishi aholi umumiy daromadlari nominal qiymatining 7,3 % ga o‘sishini ta’minlab berdi. Joriy davrda aholi umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalarining eng yuqori ulushi Samarqand (32,2 %) va Xorazm (27,1 %) viloyatlarida kuzatildi.
Shuningdek, Andijon (23,6 %), Surxondaryo (23,0 %), Buxoro (21,6 %), Namangan
(20,8 %) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (20,2 %), Qashqadaryo (20,2 %), Farg‘ona (19,4 %) viloyatlarida respublika darajasidan yuqori ulushni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston
Respublikasida aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar 8,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahri (17,1 mln. so‘m), Navoiy (12,7 mln. so‘m), Buxoro (9,6 mln. so‘m), Toshkent (8,6 mln. so‘m) va Xorazm
(8,2 mln. so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sish sur’ati Samarqand
(11,2 %) va Namangan (11,0 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Xorazm (9,6 %), Andijon (9,6 %), Surxondaryo (8,8 %) va Qashqadaryo (8,6 %) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromad ko‘rsatkichlarining real o‘sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etdi.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling