Xiv-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. Qarorlarni boshqalar bilan bo`lishish va ularni ergashtirish


Download 98.7 Kb.
bet4/15
Sana04.02.2023
Hajmi98.7 Kb.
#1162454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
14-Mavzu

Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya'ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladiO’z mohiyati bilan: 
Konsensus  bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turlituman fikrlaryuzasidan bir bitimgakelish yoki kelishishdir.Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari 
surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo’llash yordamida erishiladi."
Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi
"Ringi" usulini qo’llash bosqichlari 
T/r Bosqichlar Izoh
Birinchi 1bosqich Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi 
mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi. 
2.Ikkinchibosqich Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi
3.Uchinchibosqich Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlaribo’yica ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir. 
4.To’rtinchibosqichmuammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi. 
5.Beshinchi bosqich - Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. 
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsada, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Yaxshi qarorlar muvaffaqiyatli va to'liq hayot uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. To'g'ri, ko'p qarorlarni tezda o'ylab o'tirmas-dan qabul qilish mumkin. Ammo ehtiyot bo'lmasak, martaba, munosa-batlar yoki sarmoyalar to'g'risida shoshilinch qarorlar hayotimizni buzishi mumkin. Ko'p odamlar ichki hissiyotlari asosida qaror qabul qilishadi. Ba’zida "Biz tanishganimizdanoq unga uylanmoqchi eka-nimni bildiramiz". Intuitiv qarorlarning afzalligi shundaki, ular tezkor bo'ladi va biz o'zimizga ko'proq ishonishimiz mumkin, chunki qaror bizning hissiyotlarimiz bilan mos keladi. Ammo ba'zida bizning his-tuyg'ularimiz aralash va bir-biriga mos kelmaydi, ularga noaniqliklar va ahamiyatsiz omillar ta'sir qiladi. Muhim qarorlar uchun biz yaxshi-roq tizimga muhtojmiz. Bu bizning his-tuyg'ularimizni e'tiborsiz qoldirishimiz kerak degani emas. Tuyg'ularga e'tibor bermasdan birovga uylanish aqlsiz (va qayg'uli) bo'ladi. Ammo hissiyotlar va ichki tuyg'ulari muhim qarorlarni qabul qilish uchun yagona asos bo'lmasligi kerak.
Xo'sh, qanday yaxshi qaror qabul qilish mumkin? Ba'zi odam-lar qaror yaxshi natija bergan taqdirda yaxshi qabul qilingan bo'lishi kerak deb o'ylashadi. Bu xavfli, chunki noto'g'ri qaror tasodifan baxtli yakun topishi mumkin, ammo siz doimo omadli bo'lishga umid qila olmaysiz. Buning o'rniga biz qaror qabul qilish jarayonining o'zi ishonchliligiga e'tibor qaratishimiz kerak. Bu qarorni keltirib chiqara-digan fikrlash jarayoni. Ishonchli fikrlash jarayoni har bir qaror yaxshi natija berishiga kafolat bermaydi. Yaxshi natijalarga erishish ehtimoli ko'proq, bu esa kamroq xatolarni anglatadi.




Download 98.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling