Xiva shahar 15-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar metod birlashma yig’ilishi Bayonnomasi №-4 Xiva shahar 18-mart 2023 yil
Download 31.34 Kb.
|
bayonnomasi metod
Xiva shahar 15-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar metod birlashma yig’ilishi Bayonnomasi №-4 Xiva shahar 18-mart 2023 yil Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi. Kun tartibida: 1. Metodbirlashmaning 2020-2021 o‘quv yilining 3-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 4-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash. ( ma’ruzchi: Sh. Sharofaddinova) 2. O‘qituvchilarni fan yutuqlari pedagogik innavatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar va fandagi yangiliklar bilan tanishtirish to‘g‘risida. Darslarda yangi pedtexnolagiyalardan foydalanish samarasi. ( ma’ruzchi: Sh. Sharofaddinova) 3. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijalari asosida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar (3-chorak mavzulari bo‘yicha) 4. Turli masalalar. Metodbirlashma a’zolariga ta’lim tarbiya jarayonida foydalanish uchun yangi pedogogik texnologiya va o’quvchilarning fanni o’zlashtirishdagi bo’shliqlarni to’ldirish usullari. STEAM yondashuvini darslarda samarali tadbiq etish. ( tavsiya: Sh. Sharofaddinova) ESHITILDI: Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Metod birlashma rahbari Sh. Sharofaddinova so’zi tinglandi. Mana 2022-2023 o‘quv yilining 3-choragini yakunlab oldik. 3-chorak davomida metodbirlashmamiz tomonidan ko’pgina ishlar amalga oshirildi. 3-chorak davomida ham bellashuvlar, rasmlar tanlovlari o’tkazildi. Tabiiy fanlar savodxonligida yuqori natijalarga erishish uchun metodbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan ham testlar, taqdimot testlari, fan diktantlari o’tkazishdi. O’quvchilar bilimini baholash va sinf sifat o’zlashtirishini aniqlash uchun choraklik test sinovlarini o’tkazishdi. Aytish joizki, tabiiy fanlar doirasida maktab o’quvchilarining sifat o’zlashtirishi o’rta darajada deyish mumkin. Biz bu ko’rsatkichni yuqori darajaga ko’rarmog’imiz kerak albatta. O’qituvchilarimiz yanada o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan yanada ko’proq shug’ullanishi kerakligini ko’rsatmoqda. Demoqchimanki olimpiadaga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilarni yanada kuchli tayyorlamog’imiz kerak. Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan fizika fani o’qituvchisi B.Kamalov ham o’z fikr muloxazalarini bildirdi. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan ham Uslubiy birlashma rahbari Sh. Sharofaddinova so’zi tinglandi. Mart oyida metodbirlashmamiz a’zosi biologiya fani o’qituvchisi Gaipova Dilorom Xorazm viloyati Qadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirish darslarida qatnashib keldi. Shu munosabat bilan Gaipova Dilorom Xalq ta’limi tizimidagi yangiliklarni metodbirlashma a’zolari va boshqa o’qituvchilar bilan muhokama etish maqsadida seminar tashkil qildi. Seminarda tabiiy fanlar doirasidagi fan yutuqlari pedagogik innavatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar va fandagi yangiliklar bilan o’qituvchilarni tanishtirdi. Darslarda yangi pedtexnolagiyalardan foydalanish samarasi katta yutuqlarga olib kelishi to’g’risida mulohazalarini bildirdi. Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Metod birlashma rahbari Sh. Sharofaddinova so’zi tinglandi. Ta’lim tarbiya jarayonida xususan nazariy darslarda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mavzuni yanada chuqur o’rganishga, mavzuni mazmun mohiyatini kengroq anglash imkonini beradi. Bugun sizga tavsiya etmoqchi bo’lgan yangi pedogogik texnologiya Tabiiy fanlarni o`qitishda interfaol metodlar texnologiyasini qo`llash. “Muammoli vaziyat”, “Kichik guruhda ishlash”, “Bahs munozara”, “Loyiha metodi”,“Blits-so’rov”, “Ijodiy ish”, “Modellashtirish”, “Мunosabat”, “Reja”, “Assisment”, “Suhbat”, “Tushunchalar tahlili” kabi metodlar interfaol metodlar jumlasiga kiradi. 1. Muammoli vaziyat metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgandir. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritish, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, uning yechimini topishni o‘rganadilar. 2. Kichik guruhlarda ishlash metodi ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan. 3.“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish; “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruxsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish; fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati; bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi; bir-birlariga o‘zaro hurmat. Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etishi, boshlovchi rolida bo‘lish, bir-biridan o‘rganish va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. STEAM ta’lim yondashuvi haqida ma’lumot berishda davom qilamiz. STEAM ta’lim yondashuvi haqida ma’lumot berishda davom qilamiz. Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa Yevropa davlatlari STEM ta’limini joriy etish bo’yicha milliy va global ta’lim standartlarini, strategiyalarini va tashabbuslarini ishlab chiqqan va qabul qilgan. Download 31.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling