Xiva shahar 15-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar metod birlashma yig’ilishi Bayonnomasi №-4 Xiva shahar 18-mart 2023 yil
Download 31.34 Kb.
|
bayonnomasi metod
Didaktik o‘yinlarning turlari:
syujetli-rolli o‘yinlar; ijodiy o‘yinlar; ishbilarmonlar o‘yini; konferensiya, o‘yin-mashqlar. a) o‘yinning syujeti; b) rollar, vazifalar; c)ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar); d)aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish; e)o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqot. O‘yin mashqlari uchun televidenie orqali muntazam berib borilayotgan va o‘quvchi yoshlarning eng qiziq mashg‘ulotlariga aylangan o‘yinlarni andoza qilib olish maqsadga muvofiqdir. Bunday o‘yinlar jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, “Kim millioner bo‘lishni hohlaydi?” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o‘yinlarda o‘quvchilar, avvalo, o‘z bilimlarini sinab ko‘radilar va yana ularning ko‘plarida shu o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lish istagi vujudga kelishi tabiiy. O‘yin mashqlariga yana “So`z ichida –so`z” o`yini, “Bingo” o`yini, “O`rgimchak to`ri” o`yini, “Men topdim” o`yini, “Domino” o`yini, “Soat “ o`yini, “Davom ettiring” o`yini, “ Zanjir” o`yini, “Kim chaqqon” o`yinlarini kiritishimiz mumkin. Didaktik o`yin darslari qiziqarli tashkil etiladi va o`quvchilarning darsga, fanga bo`lgan qiziqishini yanada orttirib boradi. STEAM ta’lim yondashuvi haqida ma’lumot berishda davom qilamiz STEAM yondashuvining asosiy xususiyati shundaki, bunda o’quvchilar ko’pchilik fanlarni samarali o’rganishda aqli hamda qo’llaridan foydalanishadi, bilimlarni mustaqil “egallashadi”. O’quvchilar o’quv mashg’ulotlarida tajribalar o’tkazishadi, modellarni konstruksiyalaydi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishadi, robotlarni yasashadi, ya’ni o’z g’oyalarini amalga oshiradilar va mahsulot yaratishadi. Massachuset texnologik instituti (MIT) STEAM yondashuvga yorqin misol bo’ladi. Bu universitetning shiori «Mens et Manus» («Тafakkur va qo’l») bo’lib, STEAM qurslari va bolalarning STEAM konsepsiyasi bilan oldindan tanishishlari uchun ba’zi o’quv muassasalarida STEAM mashq markazlarini ochgan. Download 31.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling