Vazir shahri. - Vazir Xorazmning shahar-qal'alaridan biri bo’lgan.
- Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan.
- XVI asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan.
- 1558- yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: ,,Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor".
- 1593—1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi.
- Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan.
- Abulg’ozixon- Xiva tarixshunosligi
- maktabining asoschisi.(1644-1664)
- (,,Shajarayi turk" va
- ,,Shajarayi tarokima“asarlari muallifi
- ,,Shajarayi turk" asarining 9-bobi bevosita
- Xorazmning 1512— 1663- yillardagi
- ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan.
- Ular she'riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular — qog’oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar.
- Xiva qo’lyozmalarida Buxoro qo’lyozmasidan farqli o’laroq, mundarija manzarali qilib bezatilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |