ME'MORCHILIK - ME'MORCHILIK
- XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi,
- 1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.
- Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan,
- 1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
- XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
- 1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi.O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a — Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana bosbiangan.
- Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan.
- Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan.
- Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan o’rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir.
- Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me'morlari o’rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an'ana — inshootlarni ro’parama-ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo'sh" deb ataladi.
- Xorazm o’lkasi me'morchiligining ajoyib obidalari — madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal'ada joylashgan. Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagacha kattayo’l o’tkazildi..
Do'stlaringiz bilan baham: |