Xiva xonligi


Download 227.33 Kb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

Gandimiyon shartnomasi -Rossiya qoʻshinlari 1873-yil bahorida Xivani egallagandan soʻng, 1873-yil 12-avgustda Rossiya bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II oʻrtasida (Xiva yaqinidagi Gandimiyon (Gandumkon) qishlogʻidagi xonning yozgi begala) tuzilgan shartnoma. Shartnomaga koʻra, xon rus podshosining vassaliga aylandi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum etiddi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi yerlar Rossiyaga oʻtdi va u yerda Amudaryo boʻlimi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Amudaryoning chap ruslar uchun qulay boʻlgan yerlarga oʻzlarining pristan (bandargoh)larini qurish huquqiga ega. Boʻlim boshligʻiga Xiva hukumatining faoliyatini kuzatib turish topshirildi. Gandimyon shartnomasiga binoan rus savdo kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilishi uchun imtiyozli huquq berildi. Rus sanoatchi va savdogarlari butun xonlik hududida bojsiz savdo kilish, yer sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi. Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan boʻldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming soʻm tovon toʻlash majburiyatini oldi. Shunday qilib, Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qoʻydi.

Amudaryo boʻlimi- Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik (1873-1917).
Rus podsho hukumati Xiva xonligini boʻysundirgach (1873), Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida yashovchi qoraqalpoqlar xonlik tarkibida qoldi, oʻng qirgʻogʻidagilar esa rus davlatiga tobe qilindi. Bu joyda 1873-yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo okrugi, 1874yildan Amudaryo boʻlimi tashkil etildi. 1886-yilga kelib, Amudaryo boʻlimi Sirdaryo viloyatiga kiritildi. Boʻlim hududida 95 ming qoraqalpoq, 55 ming oʻzbek, 40 ming qozoq va 16 ming turkman istiqomat qilgan. Amudaryo boʻlimi Shoʻroxon va Chimboy degan ikki qismdan iborat boʻlib, Biybozor, Toʻrtkoʻl, Tomdi, Shayx Abbos Vali, Mingbuloq, Soriboy, Chimboy, Nukus, Davqaron, Ishim, Naupir, Koʻkkoʻl, Qoʻngʻirot, Toldi va Kegayli (boʻlis)larni oʻz ichiga olgan. Amudaryo boʻlimi- Sirdaryo boʻlimi tarkibidagi maʼmuriy birlik. Markazi- Petro-Aleksandrovsk shahri.


Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling