Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif


Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi


Download 1.46 Mb.
bet10/14
Sana08.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#248026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5375585160777435407

Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi

Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog`langan maxsus organ-kinetoplast bo`ladi. Kinetoplast ultra tuzilishiga qarab mitoxondriyalarga yaqin tuzilma bo`lib, o`zida ancha DNK ushlaydi. Turkumga mansub hayvonlardan faqat Bodo urug`idagi vakillargina erkin yashaydi. Parazit vakillari odam va umurtqali hayvonlarning qonida yashab ko`pgina og`ir kasalliklar tug`diradi.

Parazitlarga misol sifatida tripanasomalarni (Trypanasoma) ko`rsatiladi. Tripanasoma rangsiz xivchinlardan bo`lib, shakli duksimon ko`rinishdadir. Xivchin tanasining orqa tomonidagi bazal tanachadan boshlanadi. Xivchin bazal tanachadan hujayraning cheti bo`ylab gavdaning oldingi uchiga boradi. Tripanasoma 20-70 mkm uzunlikda, hujayrasida bitta yadrosi bo`ladi. Tripananasomalar hayvonlarning qonida yashab “uyqu” kasalligini keltirib chiqaradi. Uyqu kasalligini chiqaruvchi Tryphonosoma rhodesiense Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarni ko`plab kasallantiradi. Tripanasoma qon plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o`tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og`ir xastalikka chalinadi. Kasal kishi ko`p uxlaydi va juda ozib ketadi, davolash choralari ko`rilmasa bemorni halok qilishi mumkin.

Uyqu kasalini chaqiruvchi triponosoma tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Triponosomalarni setse nomli chivinlar (Glossina palpalis, Glossina morsitans) antilopalardan odamlarga yuqtiradi. Chivinlar antilopa qonini so`rganda qondagi triponosomalar chivin ichagida bo`linib ko`paya boshlaydi. So`ng tanasuyuqligi orqali uning xartumiga o`tib oladi. Chivin odamlarni chaqqanda xartumi, so`lagidagi triponosomalar odamning qoniga tushib qoladi. So`ngra u odamlar qonida jinssiz bo`linib, ko`payib ketadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, setse pashshasi esa kasallikning qo`zg`atuvchining tarqatuvchilari hisoblanadi.

Tripanasomalarning bir qancha turlar har xil uy hayvonlarida og`ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qora mollarda parazitlik qiladigan Trypanosoma brucei (2.3-rasm) so`nalar yordamida tarqaladi. Qozog`iston, Turkmaniston, O`zbekiston va Ural cho`llarida tuyalar, otlar va eshaklarda “suv og`rig`i” kasalligini Trypanosoma evansi keltirib chiqaradi. Bu tripanasomalar ham so`nalar orqali tarqaladi.

Otlarda kuyikish kasalligini qo`zg`atuvchi ot tripanasomasi Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o`tadi.

Tripanasomalarning ayrim turlari o`simlik to`qimalarida yashashga moslashgan. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargaining sarg`ayib to`kilishiga, ba’zan qurib qolishiga sabab bo`ladi.

Uyqu kasalligi nihoyatda cho`ziladigan kasallik bo`lib, oqibatda odamni nobud qiladi. Afrika qoramollarida Trypanosoma brysei “nagana”, otlarda Trypanosoma equiperdum “qo`shilish kasalligi” ni keltirib chiqaradi.



2.3-rasm Trypanosoma brucei

Leyshmaniyalar (Leishmania) tripanosomolardan farqlanib, odam va hayvonlarning hujayralari ichida yashaydi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallik leyshmaniozlar deyiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo`ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo`lgan bu parazitlarning ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bor. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum.

Tropik layshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo`l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, surunkali pendinka yarasini paydo qiladi.(2.4-rasm) Bu yara O`rta Osiyo xalqlari o`rtasida yomon yara yoki pashshaxo`rda nomi bilan ma’lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo`ladi, keyinchalik shish yiriklashib surunkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning o`rni chandiq bo`lib qoladi.



2.4-rasm Leishmania tropica

Tabiatda leyshmaniya paraziti kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda parazitlik qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniya parazitining manbayi bo`lib xizmat qiladi. Kemiruvchilar inida yashaydigan qon so`ruvchi iskabtoparlar (phlebotomus pappatasii) hayvonlar qonini so`rganida leyshmaniyani o`ziga yuqtiradi. Iskabtoparlar ichagida leyshmaniya bo`linish orqali tez ko`payadi; uning xivchini paydo bo`ladi va faol harakat qiladi. Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi.

Leyshmanioz kasalligi Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi-G`arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik O``zbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan bo`lib, uning tabiiy manbai cho`l mintaqasidagi yumronqoziqlar ini bilan bog`langan.

Shunday qilib, leyshmaniya ham uyqu kasalligi qo`zg`atuvchisi singari tabiatda odam bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’iy nazar yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud. Parazitlarni bir hayvondan boshqasiga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi Y. N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o`rtasidagi bo`g`imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi.

Odamlarning jigari, talog`I va limfa bezlarida Leishmania donovani “kala-azar” deb ataluvchi og`iz ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallik ham iskabtoparlar tomonidan tarqaladi. Kasallangan kishida kamqonlik paydo bo`lib, u ozib ketadi. Jigar va talog`I shishib halok bo`lishi mumkin. Kala-azarni qo`zg`atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Bu kasallik Janubiy va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim hududlarida tarqalgan.

Yuqoridagi ko`rsatilgan har ikkala leyshmanioz bilan ham ko`proq yosh bolalar kasallanadi. Kasallikdan keyin kasallikkka nisbatan doimiy immunitet shakllanadi. Shuning uchun odam leyshmanioz kasalligi bilan hayotida bir marta kasallanadi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling