Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif


Gipermastiginalar (hypermastigina) turkumi


Download 1.46 Mb.
bet12/14
Sana08.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#248026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5375585160777435407

Gipermastiginalar (hypermastigina) turkumi

Bu turkum vakillari termitlar va suvarakalatning ichagida simbioz yashaydi. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, xivchinlari va ko`pincha yadrolari ham ko`p bo`ladi. Tanasida aksostil, murakkab parabazal apparatlari hamda yadro bilan bog`liq maxsus tayanch apparati rivojlanadi. Gipermastiginalar qiyin hazm bo`ladigan klechatkani termitlarning hazm qilishiga yordam beradi.



2.7-rasm. Gipermastginalar



Opalinalar (opalina) turkumi

Opalinalar turkumida ko`p yadroli ko`p xivchinli parazit hayvonlar kiradi. Ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar ichagining keyingi qismida yashaydi. Opalinalarning og`izchasi bo`lmaydi, shuning uchun oziqni tana yuzasi orqali shimib, saprofit oziqlanadi. Opalinalar tanasi infuzoriyalarning kipriklariga o`xshab bir tekis joylashgan juda ko`p xivchinlar bilan qoplangan. Shuning uchun ular uzoq vaqt mobaynida infuzoriyalar tarkibida o`rganilib kelingan. Lekin opalinalarda ixtisoslashgan yadroning bo`lmasligi, jinsiy ko`payishi esa gametalarning kopulyatsiyasi – juftlashishi orqali sodir bo`lishi sababli xivchinlilarga yaqin turadi.



Opalinalarning hayot sikli xo`jayini hayoti bilan bevosita bog`langan. Ular yil davomida faqat bir marta jinsiy ko`payadi. Bahorda baqalar tuxum qo`yishi davrida opalinalarning sistalari baqa ichagidan suvga tushadi. Sistalarni itbaliqlar yutganida ularning ichagida sistalarda chiqqan opalinalarning bir necha marta bo`linishidan keyin bir yadroli jinsiy hujayralar – gametalarga aylanadi. Gametalar qo`shilishidan keyin hosil bo`lgan zigota otadan ichakda ko`p yadroli opalina yetishib chiqadi. Shundan keyin ular bo`linish yo`li bilan jinssiz ko`payishga kirishadi.

2.8-rasm Opalina




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling