Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif


Ko`p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi


Download 1.46 Mb.
bet11/14
Sana08.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#248026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5375585160777435407

Ko`p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi

Ko`p xivchinlilarga ancha murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni to`rtta yoki undan ko`proq bo`ladi. Odam va umurtqali hayvonlarning ichagida juda ko`p xivchinlilar parazitlik qiladi. Ichakda yashaydigan trixomonas(trichomonas)ning butun tan abo`ylab o`tuvchi ichki tayanch o`q skeleti-akostili va to`lqinlanuvchi pardasi bo`ladi.

Xuddi shunday o`q skelet lambliya (lamblia) urug`iga mansub bo`lgan xivchinlilarda uchraydi.

Yog`on va ingichka ichakda parazitlik qiladigan trixomonas (trichomonas hominis) uning uzunligi 7-10 mkm bo`lib tanasining oldingi tomonida to`rtta xivchini joylashgan. Beshinchi xivchini orqa tomonga egilib, tana pellikulasi bilan birga yupqa to`lqinlanuvchi pardani hosil qiladi. Odamning siydik-tanosil yo`llarida trichomonas vaginalis parazitlik qiladi.



2.5-rasm trichomonas vaginalis



O`n ikki barmoqli va ingichka ichakda, o`t yo`llarida uchraydigan lambliya (lamblia intestinalis) tanasi ikki tomonlama simmetriyali bo`lib, ikkitadan yadrosi va akostilga o`xshash tayanch fibrillary aparati, 8 ta xivchinlari bor. Qorin tomonida ichakka yopishish uchun so`rg`ichi rivojlangan. Ular sistalar orqali tarqaladi. To`g`ri ichakka tushgan lambliyalar xivchinini yo`qotadi va qalin po`stga o`ralib, sista hosil qiladi. Lambliya ichakda juda ko`plab ko`payganida ichakning normal faoliyatini buzilishiga, ba’zan o`t pufagining yallig`lanishi (holesistet)ga sabab bo`ladi.

2.6-rasm Lamblia intestinalis




Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling