Xix asr ikkinchi yarmida o'rta osiyo davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va madaniy hayoti
I-Bob: “XVI-XIX asrlarda xonliklarda tashqi siyosati jtimoiy-iqtisodiy ahvoli
Download 290.42 Kb. Pdf ko'rish
|
asrlarda xonliklarda tashqi siyosat
I-Bob: “XVI-XIX asrlarda xonliklarda tashqi siyosati jtimoiy-iqtisodiy ahvoli
va madaniy hayoti 1.1.Qo’qon xonligining bosib olinishi va uni Turkiston general- gubernatorligi tarkibiga kiritilishi Qo’qon xonligi Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi strategiyasida alohida ahamiyat kasb etardi. U Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan 1865-yilda egallab olingan Xitoyning g’arbiy qismi - Hindiston o’lkasi bilan bevosita aloqador edi. Qo’qondan Qashqarga, undan esa Hindiston hududiga to’g’ri yo’l borardi. Bu paytda Qo’qonda Xudoyorxon boshliq ming urug’i sulolasi hukmronlik qilardi. Haddan ortiq soliqlardan va son-sanoqsiz turli majburiyatlardan azob tortgan aholi uning boshqaruvidan norozi edi. Mamlakatda xonga qarshi muxolifat kuchayib bormoqda edi. Abdurahmon Oftobachi (valiahdning tarbiyachisi) boshchiligidagi qipchoqlar xonga oshkora qarshi turgan muxolifatning asosiy kuchi edi. Ular 1875-yilning iyulida qo’zg’alon boshladilar va qo’zg’alon Qo’qon xonligining asosiy shaharlariga yoyildi. Qo’zg’alonchilarga qarshi jo’natilgan, eng ishonchli va xonga sodiq deb hisoblangan qo’shin qo’zg’alonchilar tomonga o’tdi. Qo’zg’alonchilarning birlashgan kuchlari Xudoyorxonning to’ng’ich o’g’li Nasriddinni xon deb e’lon qildilar. Ular O’sh, Namangan, Andijon, Asaka shaharlarini egallashdi. 2-avgustda Marg’ilon hokimi Murodbek ham ularga qo’shilib, Qo’qon tomonga lashkar tortib bordi. Qo’qonda ko’tarilgan qo’zg’alon to’g’risidagi xabar xon hokimiyatining zulmidan eng ko’p aziyat chekayotgan xalq orasida g’alayon keltirib chiqardi. Xonning yaqinlari bo’lgan amaldorlar va uning soqchilari poytaxtni tashlab qochishga majbur bo’ldilar. Xonning ikkinchi o’g’li, akasiga qo’shilgan Muhammad Amin boshchiligidagi xon qo’shining qolgan yarmi ham shahardan chiqib ketdi. Voqyealar fojialiugashi mumkinligini his qilgan Xudoyorxon oila a’zolari va a’yonlari bilan 1875-yil 5-avgustda Xo’jand tomonga yurdi. Shahardagi Rossiya diplomatik missiyasi vakillari ham u bilan birga ketdi. 6-avgust kuni Xudoyorxon Xo’jandga yetib keldi, so’ng Toshkentga yo’l oldi. U yerda general-gubernator Kaufman bilan uchrashdi va Orenburgga jo’natibl 8 yuborildi. Rossiya imperiyasi hukumati Xudoyorxonni o’z himoyasiga oldi. Qo’qon xonligini bosib olish uchun bahona bo’ldi. Qo’zg’alonchilar qo’shini qo’mondoni vazifasini o’z zimmasiga olgan Abdurahmon Oftobachi Xo’janddan 50 km masofada jovlashgan Mahram qaVasini egalladi. Unga qarshi yurishga general Kaufman boshchilik qildi. Uning qo’mondonligi ostidagi qo’shinlar Abdurahmon Oftobachiga qarshi 1875-yil 22-avgust tongida Mahram qal’asiga hujum qildi. Jang kun bo’yi davom etib, ustunlik goh u tomonga, goh bu tomonga o’tib turdi. Podsho qo’shinlari kazaklar qismlaridan general Skobelev qo’mondonligi ostidagi piyodalar va general Golovachov qo’mondonligi ostidagi artilleriya harakatlarini qovushtirib, ulardan mahorat bilan foydalanishdi 2 . Qipchoq otliq sarbozlari va Marg’ilon lashkarlari mahalliy hukmdorlarga qarshi harbiy harakatlar olib borishda katta tajribaga ega bo’lgan muntazam qo’shinlarga bas kelolmadi. Shu kuni kechqurun Abdurahmon Oftobachi Marg’ilon tomon chekindi. Podsho qo’shinlari ham ancha zaiflashib qolgandi. Ular harakatni davom yettirishga tayyorgarlik ko’rish uchun Mahramda uch kun qolishga majbur bo’lishdi. 7-sentabrga kelibgina Kaufman yo’lga chiqdi va 11-sentabrda Qo’qonga yetib bordi. Yangi xon Nasriddinbekning qurolli kuchlari bo’lmagani uchun u qarshilik ko’rsata olmadi. 1875-yil 16-sentabrda Kaufman o’z qo’shini bilan shahar bo’ylab o’tdi va Qo’qon yaqinidagi bog’larga joylashdi. Marg’ilon, Mingtepa, Qorasuv yaqinida bo’lib o’tgan janglarda muntazam qo’shinlarning ustunligi ma’lum bo’ldi va Nasriddinbek mag’lubiyatga uchradi. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek Marg Honda Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga ko’ra u Kaufman ruxsatisiz harbiy harakatlar olib bormaslikka, Sirdaryoning o’ng sohilidagi hududlar Namangan va Chust shaharlari bilan birga Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tishiga rozi bo’ldi. Farg’ona vodiysining bosib olingan yerlarida I. Skobelev boshchiligida Turkiston general- gubernatorligining Namangan bo’Iinmasi tuzildi va Andijonga yo’l ochildi. 2 G.Xidoyatov. V.Kastetskiy. O’zbekiston tarixi. 9-sinf uchun darslik. 48-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling