Xix asr oxiri — XX asr boshlari-da keskinlashgan dunyoni qaytadan bo'Iib olish uchun bo'lgan kurash Yevropa davlatlarin
Download 31.5 Kb.
|
Yevropa Davlatlari
XIX asr oxiri — XX asr boshlari-da keskinlashgan dunyoni qaytadan bo'Iib olish uchun bo'lgan kurash Yevropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi. Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Fransiya va chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo'shildilar. Davlatlarning mazkur ikki guruhi o'rtasida mustamlakalarni bo'lib olish, ta'sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o'zaro nisbatiga mos ravishda yangi jahon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o'ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo'lib olimnagan yerlarni qo'lga kiritish uchim intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu — dunyoni qaytadan bo'lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohi-da imtiyozlarga ega bo'lish uchun kurash edi. XX asr boshlarida Germaniya qudratli jahon davlatiga aylandi va mustamlaka yerlardan o'z ulushini talab qila boshladi. U Britaniya imperiyasi uchun jiddiy xavfga aylan-di. Kuchli nemis dengiz flotining yaratilishi Britaniya imperiyasining mavqeiga ham zarba edi. Chunki Angliyaning dengizlardagi ustunligi mustamiaka yerlardagi hukmronligining barqarorligini kafolatlar edi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarga da'vosi bu qifadagi fransuz va inglizlarga qaram yerlarga ham xavf tug'dirardi. Nihoyat, Germaniyaning Sharqiy O'rta Yer dengizi mamlakatlariga kirib keiishi va Turkiyada hukmron bo'lib olishi Angliya va Fransiyaning Osiyodagi mustamla-ka yerlariga o'tishida asosiy qatnov yo'li bo'lgan Suvaysh kanalini zarba ostida qoldirar edi. Germaniyaning o'sib borayotgan sanoati hamma joyda ingliz sanoati mahsulotlarini siqib chiqarmoqda, boshqacha qilib aytganda, Germaniya Yevropada yakka hukmroiilikka ochiqdan-ochiq da'vogarlik qilmoqda edi. Bularning ham-masi Angliya va Fransiyani Germaniyaga qarshi birlashishga majbur qildi. Ular Germaniyaning jahon miqyosida yuksalishiga yo'1 qo'ymaslikka intilar edilar. 1904-yil aprel oyida Angliya va Fransiya o'rtasida so'nggi «bo'sh», ya'ni hali egallanmagan yerlarni bo'lib olish va ularni birgalikda himoya qilish haqida bitim imzolandi. U Antanta ittifoqi deb nomlandi (fransuzcha entent -- samimiy). Ana shu bitim tufayli mustamlaka masalalari bo'yicha ingliz-fransuz ziddiyatlari bartaraf etildi va harbiy ittifoq yo'li ochildi. Ammo endi Germaniyani to'xtatish qiyin edi. U mus-tamlaka yerlardan o'z ulushini, Osiyoda bozorlar ochishni va jahon bozorida teng imkoniyatlar yaratilishini talab qil-moqda edi. Germaniyada armiyani qayta qurollantirish, harbiy-dengiz flotini kuchaytirish dasturi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan urushga kuchli hozirlik ko'rilmoqda edi. Bunga javoban ingliz hukumati ham harbiy-dengiz flotini qayta qurish va uni yangi joyga ko'chirish dasturini amalga oshirishga kirishdi. 1912-yildagi parlament qaroriga ko'ra, Angliya Germaniya tomonidan qurilgan har bir harbiy kemaga javoban ikki harbiy kema qurishi zarur edi. Angliya Rossiyani ham Antantaga jalb etishga ahd qildi. Chunki Rossiyasiz Germaniyaga qarshi kurashda bo'lib chiqish mumkin emas edi. 1907-yil 31-avgustda Osiyodagi ta'sir doiralarini bo'lib olish haqida ingliz-rus bitimi imzolandi. Mazkur bitimga ko'ra, Eron uch ta'sir hududi-ga bo'lindi: mamiakat shimoli — rus ta'sir hududi, janubi —ingliz ta'sir hududi, mamlakat markazi esa betaraf hudud deb qabul qilindi. Rossiya Afg'onistonni o'z ta'sir doirasi-dan chetda deb tan oldi va Afg'oniston bilan barcha munosabatlarni faqat ingliz hukumati orqali olib borishga rozi bo'ldi.Rossiya va Angliya Tibetning ichki ishlariga aralash-maslikka, uning hududiy butunligini buzmaslikka va u bilan hamkorlikni faqat Xitoy hukumati orqali amalga oshirishga kelishib oldi. 1907-yil bitimi ikkala mamlakatning Osiyodagi keskin ziddiyatlarini vaqtincha bartaraf etdi. Ayni paytda, Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiya ishtirokida-gi Uchlar ittifoqiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya tarkibidagi Uchlar kelishuvini yuzaga keltirdi. Urush boshlangach, Italiya betaraf bo'lib turdi. Ammo 1915-yil may oyida Afrikadan mustamlakalar va Bolqondan yer berish, shuningdek, 50 million funt sterling zayom ajratish haqida Antantadan va'da olgach, Uchlar ittifoqi haqidagi shartnomadan chiqdi va 23-mayda Avstro-Vengriyaga urush e'lon qildi. Rossiya asosan Bolqon muammosi keskinlashganligi tufayli Uchlar kelishuviga qo'shildi. Rossiyaning rus-yapon urushida mag'lubiyatga uchraganidan foydalanib Avstro-Vengriya o'zining Bolqon yarim orolidagi ta'sir doirasini kengaytirishga kirishdi. 1908-yilda Avstro-Vengriya Germaniya yordamida Bosniya va Gersegovinanl o'ziga qo'shib oldi. Natijada Serbiya dengiz portlariga chiqolmay, tashqi dunyodan butunlay uzilib qoldi. Bu voqealarga javoban serb xalqi junbushga keldi. Taxt vorisi shahzoda Georgiy boshchiligidagi radikal kuchlar Avstro-Vengriyaga qarshi urush ochishni talab qildilar. Rus hukumati Serbiyani qo'llab-quvvatlar edi. 1912-yili Rossiya homiyligida Avstro-Vengriya va Turkiyaga qarshi Bolqon davlatlari ittifoqi tuzildi. 1912—1913-yillardagi Bolqon urushlari Serbiyaning kuchayishiga sabab bo'ldi va u eng qudratli Bolqon davlatiga aylandi. Bu esa Avstro-Vengriyaning javob harakatlariga hamda Serbiya bilan munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. 1914-yili Bolqon yarim orolida, bir tomondan, Rossiya qo'llab-quvvatlayotgan Serbiya bilan, ikkinchi tomondan, Avstro-Vengriya, Bolgariya va Turkiya o'rtasida urush chiqishi aniq bo'lib qoldi. Ikkala harbiy itifoq ham urushga hozirlik ko'rmoqda edi. 1912-yilda Angliya va Fransiya hukumatlari o'zaro yozishmalar natijasida «...hujumning oldini olish va tinchlikni ta'minlash uchun birgalikda harakat qilish» majburiyatini oldilar. Ikki mamlakat o'zining barcha harbiy tadbirlarini Germaniyaga qarshi harbiy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutgan holda rejalashtirishi ta'kidlangan edi. Harbiy-dengiz shtablari o'rtasida imzolangan konvensiyaga ko'ra, Angliya Fransiyaning Atlantika dengizi sohillarini himoya qilishni, fransuz floti esa O'rta Yer dengizida ingliz manfaatlarini muhofaza qilishni o'z zimmasi-ga oldi. Ikkala harbiy ittifoqda ham qurol-yarog'larning yangi turlari yaratildi, o'ta qudratli harbiy kemalar qurildi. Jumladan, Angliyada tarixdagi ilk tanklar yasaldi. Germaniyada kimyoviy urushga tayyorgarlik borar, zaharlovchi moddalar ishlab chiqarilmoqda edi. Barcha mamlakatlarda pulemyotlarning eng yangi turlari ixtirosi ustida ish olib borildi, harbiy samolyotlardan foydalanishga hozirlik ko'rildi. 1914-yil yozida Germaniya qayta qurollanish jihatidan Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo'yicha Rossiya va Fransiyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovar holatga keltirish rejasi 1914-yil 31-martdayoq tayyorlab qo'yilgan edi. Germaniya keng miqyosli urush harakatlari olib borishga tayyor edi. Temir yo'llarning har-biy ish jadvali tasdiqlangan, a'lo darajada ta'lim olgan oflt-serlar tarkibi tayyorlangan, zaxira okruglar tashkil etilgandi. Butun armiya o'ta qudratli va uzoq masofaga otadigan og'ir dala to'plari bilan qurollantirildi. Germaniya armiyasi qurollari ichida taktik zaharlovchi moddalar paydo bo'ldi. Xullas, Germaniya jahon urushiga tayyor edi. Germaniyaning strategik rejalarida Fransiyani yashin tezligida tor-mor qilish ko'zda tutilgan edi. Rossiya o'sha davrda o'zining ittifoqchisiga yordam bera olmasdi, chunki Rossiyada urushga tayyorgarlik ishlarini 1917-yilga kelib yakunlash mo'ljallangan edi. Qurol-yarog'lar armiya shaxsiy tarkibining uchdan biriga yetar, to'plar nihoyatda oz, pulemyotlar esa sanoqli edi. Armiyada kiyim-kechak, oziq-ovqat, o'q-dori tanqisligi mavjud edi. Temir yo'llar bir tekis ishlamas, poezdlar nihoyatda sekin harakat qilardi. Bunday sharoitda urush e'lon qilinadigan bo'lsa, Rossiya armiyasini faqat 40 kun ichida jangovar holatga keltirish mumkin bo'lardi. Germaniya armiyasi bu muddat ichida bemalol Fransiyani tor-mor qilib ulgurardi. Buni yaxshi anglagan Germaniya jangovar harakatlarni tezlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga sola boshladi. Avstriya imperatori Frans-Iosif (1830—1916) ancha keksayib qolgan, hayotining so'nggi kunlarini o'tkazmoqda edi. U mamlakatning so'nggi podshohi bo'lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayoti-da uning jiyani, taxt vorisi ersgersog Frans-Ferdinandning ahamiyati tobora ortib borardi. U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914-yil iyun oyi so'ngida Frans-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko'rayotgan Avstriya qo'shinlarini ko'rikdan o'tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi. Sarayevo shahri bo'ylab sayohati chog'ida Frans-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi ofitserlaridan tuzilgan «Qora qo'l» tashkiloti a'zolari tomonidan o'ldiriladi. Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yo'1 bilan hal qilsa bo'lardi, ammo sodir bo'lgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tug'dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya o'zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglardilar. Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914-yil 23-iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o'zini hurmat qiladigan hech bir hukumat qabul qila olmaydigan qo'pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo'lishiga umid bog'lagandilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va Ger-maniyani tinchlantirishga urinishi natija bennadi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelardi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi o'zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba nihoyat portladi. 1914-yiI 29-iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1-avgust kuni Germaniya ham safarbarlik e'lon qildi va shu kuniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914-y 3-avgustda Germaniya Fran-siyaga urush elon qildi. 4-avgustda esa Angliya Germa-niyaga urush e'lon qildi. Jang g'ildiragi shiddat bilan ayla-nib ketdi. 1914-y 23-avgustda Yaponiya Germaniyaga urush ochdi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuning-dek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bir qancha orollami egallab oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo'llab-quvvatladi. 1914-yil 22-iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda bayonot berdi. 1914-yiI 2-noyabrda Rossiya, 5 va 6-noyabrda esa Angliya va Fransiya Turkiyaga urush e'lon qildi. Nihoyat, uzoq kelishuvlardan so'ng 1915-yil 23-mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush elon qildi. Birinchi jahon urushi boshlandi. Yarashuvlar haqida gap ham bo'lishi mumkin emas, nizolar qurol kuchi bilan hal etilishi lozim edi. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling