Xix asrdagi ingliz- rus raqobatida kaspiyorti hududining tutgan o’rni”
Tadqiqotda qo’llaniladigan metodikaning tavsifi
Download 0.58 Mb.
|
Raxmatov Mehmon MD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati.
- Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqotda qo’llaniladigan metodikaning tavsifi: Dissertatsiya ishida tarixiylik tamoyili,xronologiya va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanib,xolisonalik va obyektivlik asosida fikr yuritildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati. Mazkur tadqiqotning ilmiy -nazariy ahamiyati shundan iboratki Kaspiyortining O‘zbekiston Respublikasining bugun kunda Buyuk Britaniya va Rassiya Federatsiyasi bilan ko’p asrlik aloqalar ildizini o’rganish va rivojlantirishga oid tafsiyalar hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, eng sara tadqiqotlar asosida o’rganilgan bo‘lib,to‘plangan materiallar,ishlab chiqilgan ilmiy-tahliliy xulosalar ushbu hamkorlik tarixini ochib beradi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati.Tadqiqotda to‘plangan ma’lu-motlar va o’rganilgan masalalar O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, Globallashuv sharoitida Yevropa mamlakatlarining O‘zbekiston bilan hamkorligi respublika umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun yaratiladigan “O‘zbekiston tarixi”fanidan darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarning mukammallashuviga, O‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi tarixiga oid tadqiqotlarni ishlash-ga,Oliy ta’lim muassasalarida kurs ishi,bitiruv malakaviy ishlari tayyorlashda xizmat qiladi. Ish tuzilmasining tavsifi.Dissertatsiya kirish, 3 ta bob, xulosa, manba va adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 90 betni tashkil etadi. I BOB Ingliz-rus raqobatining yuzaga kelish tarixi I.1 Mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi Qadimgi davrdan boshlab zamonaviy XXI asrga qadar ko'pdan ko'p davlatlar, Imperiyalar, xonliklar u xoqonliklar hamda ittifoqlar mavjud bo'lgan yer yuzidagi dastlatki mustamlakachi davlat sifatida Mirsni tilga olishimiz mumkin Mirs davlat sifatida miloddan avvalgi 3000 - yilda Menes ismli Firavnning hukumronligi bilan boshlanada o'zidagi aholi soninining ko'pligi hamda qo'shinining zamonaviy o'sha davr uchun zamonaviy hisoblangan sovut hamda temir uchli nayzalar boshqa qo'shni davlatlarning tobe qilinishiga olib keladi4 XVIII asrning oxirida Gigsoslar qabilasi ot aravali qurollar yordamida Misrga bostirib kiradilar yangi qurollar sarosimaga tushib qolgan misr hukumdorlari va qo'shini mag'lub bo'lishadi. 15 asrga kelib Yaxmos yangi davr hamda bosqinchilik yurishlari uchun armiyani jangavor aravalar bilan jihozlaydi natija Mirs Liviya, Nubiya, Suriya va Kichik Osiyodagi ko'plab qabilalarni bo'ysundirishga erishadi Ayni bir davrda yaniy Misr bilan bir davrda Mesopatamiyadagi Bobil Ossuriya va keyinchalik Forslar imperiyasi navbati bilan uch qit'ada hukmronlikni qo'lga olishadi milloddan avvalgi 6 asrdan boshlab Kir II hamda Doro I boshchiligidagi Forslar davlati ulkan imperiyaga asos solishadi.5 Ko'ribnib turibdikiy tarix har davrda o'zining qiziqarli voqeyliklardan tashqari tarixchilar uchun tahlil va tarifga muhtoj bo'lgan voqeylik bilan bog'liqdir Shu tariqa insoniyat tarixida mustamlakachi imperiyalar hukmsurgan davrlar mavjud bular quyidagicha tafsiflanadi 200 yildan ortiqroq davom etgan Forslar imperiyasiga 330 yilda yangi bir davlat Aleksandir Makedonskiy boshchiligidagi Yunon hamda Makedon askarlari Gavgamela jangida Forslar imperiyasini butunlay egallab oladilar. Kuchli davlatlar tomonidan zoʻrlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, oʻziga boʻysundirish, qaram qilish, talash siyosati barcha davrlarda mavjud bo’lgan anashunday siyosatni qadimgi davr tugashi va ilk o’rta asrlarning boshida siyosiy jihatdan yuksak darajaga olib chiqqan davlat Qadimgi Rim sanaladi afsonalarga ko’ra Miloddan avvalgi 753 yilda Tibr daryosi havzadida asos solingan bu kichik shahar vaqtlar o’tib dunyodagi eng yirikk davlatga aylanadi III asrda 300 qabila ittifoqidan iborat bo’lgan davlat mustahkam qal’a bilan o’ralgan edi miloddav avvalgi 100 - 44 yillada yashagan Yuliy Sezar mamlakatdagi dastlabki yirik bosqinchilik yurishlarini boshlab beradi uning jiyani va merosxo’ri Gay Yuliy Sezar Aktavyan esa imperiyaning chinakam oltin davrini boshlab bergan edi. Imperiyida insoniyat tarixida eng uzoq hukm surgan yirik davlat sifatida qolgan imperiya shu qadar qudratga erishganidan u qulaganda insonlar oxir zamon bo’lishiga ham ishonganlar uni dunyo sham chirog’i sifatida ko’rganlar. O’rta asarlarning eng yirik imperiyalari yevropada Franklar Osiyoda esa Arab xalifaligi hisoblanadi bu ikki yirik davlatlar haqida batafsil to’xtalib o’tamiz Franklar davlatiga merovinglardan bo’lgan Xlodvig 486 - yilda asos solgan bo’lsada chinakam qudratli davlatga Karolinglardan bo’lgan Pepin Pakana asos solidi. 754 yilda Parijdagi Sen-Denida bo'lib o'tgan dabdabali marosimda Franklar qiroliga soxta xartiya nusxasini sovg'a qilgan Papa Stiven II bilan koalitsiyaga kirish orqali o'z pozitsiyasini mustahkamladi. Sovg'a Konstantina, Pepin va uning oilasini shohlikka tayinlash va uni e'lon qilish Katolik cherkovining himoyachisi sifatida elon qilish bilan yakunlandi . Bir yil o'tgach, Pepin papaga bergan va'dasini bajardi va Ravenna ekzarxatini lomgobardlardan tortib olib, papalarga qaytardi. Pepin papaga sovg'a sifatida taqdim etadi Pipinova dara Rim atrofidagi yerlarni bosib olib, papalik davlatiga asos soldi. Papa taxti franklar oʻrtasida monarxiyaning tiklanishi yangi dunyo tuzumi koʻrinishidagi hurmatga sazovor hokimiyat tayanchini yaratadi, uning markazida Rim papasi boʻladi, deb ishonish uchun barcha asoslar bor edi. Taxminan bir vaqtning o'zida (773-774) Langobartlar yerini zabt etdi, shundan keyin Shimoliy Italiya uning ta'siriga tushdi. U Vatikanga xayr-ehson qilishni davom ettirdi va papalikni himoya qilishni va'da qildi. Franklar davlati. Shunday qilib, Italiyaning janubi-g'arbiy qismida Pireney tog'larigacha cho'zilgan davlatni yaratdi aslida 795 yildan keyin u hududlarni o'z ichiga olgan. shimoliy Ispaniya Markasi zamonaviy Fransiyaning deyarli butun hududi orqali Franklar tomonidan hech qachon zabt etilmagan Britaniya bundan mustasno sharqqa, shu jumladan zamonaviy Germaniyaning aksariyat qismi, shuningdek, Italiyaning shimoliy hududlari va zamonaviy Avstriya. Cherkov ierarxiyasida episkoplar va abbotlar qirollik sudining vasiyligini olishga intilishdi, bu yerda aslida homiylik va himoyaning asosiy manbalari joylashgan edi. Karl o'zini g'arbiy qismning etakchisi sifatida to'liq isbotladi Xristian olami va uning monastir intellektual markazlariga homiyligi davri deb ataladigan davrning boshlanishi edi. Karolinglarning qayta tiklanishi. Shu bilan birga, Karl davrida Axenda katta saroy, ko'plab yo'llar va suv kanali qurilgan. Buyuk Karl 814 yil 28 yanvarda Aaxenda vafot etdi va u yerda, o'zining saroy ibodatxonasida dafn qilindi. 843 - yilda Verden shartnomasiga ko’ra davlat uch qismga bo’linib ketadi keyinchalik bu davlatlar Italiya , Germaniya va Fransiya deb ataladigan bo’ldi. Ayni shu davrda arabiston yarim orolida yangi din atrofida yaniy Islom dini atrofida Butun arabiston birlashi 630 – yilda yagona davlatga aylangan. 632 - yilda tashkil topgan. Arab Xalifaligi asoschisi paygʻambarimiz Muhammad (S.A.V)ning eng yaqin kishisi xalifa Abu Bakr Siddiqdir. Eron, Iroq, Falastin, Suriya mamlakatlarni 630-654 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan „Xulafi Roshidin“ „Toʻgʻri yoʻldan boruvchi xalifalar“ va umaviylar zamonida zabt etildi. Xalifa Umar davrida kuchli markazlashgan davlat va armiya tashkil topadi. Koʻp sonli arab qoʻshinlari oʻz yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi qaratadilar. Bir necha yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani zabt etishgan. Arablar Vizantiyaga muvofaqiyatli yurishlar amalga oshirdilar. Sahroiy arablar gʻarbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy kuchini otliq qoʻshin tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmida ulkan davlat : Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri poytaxtiga aylantiriladi. Lekin Abbosiylar ulkan davlatni butun saqlab qololmaydilar. Ichki ziddiyatlar taʼsiri ostida Arab xalifaligi VIII asrning oxirlarida mayda-mayda hududlarga parchalanib ketadi: 789-yilda Magʻribning gʻarbiy qismida hozirgi Marokashda Idrisiylar (789 - 986), uning sharqiy qismida hozirgi Tunis Agʻlabiylar sulolasi hukmronligi oʻrnatiladi. Xuroson va Movarounnahrda esa IX asrning 30-yillaridan boshlab mahalliy sulolalardan: tohiriylar (821 - 873), safforiylar (873 - 900) va somoniylar (865 — 999) mustaqil amirlik sifatida ajralib chiqdilar. Ular Arab xalifaligiga tobe boʻlib ko’rinsalarda, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab xalifalariga 945-yilda boshlab shiyalikka eʼtiqod qiluvchi Eron Buvayhiylari tasir oʻtkaza boshladilar. Buvayhiylar Bagʻdod va Iroq hududlarini nazoratga olib, xalifani nomigagina hukmdor sifatida tan olardilar. 1051 -yilda saljuqiylar sultoni Toʻgʻrulbek Buvayhiylarga zarba berib Bagʻdodni egallaydi. Saljuqiylar abbosiy xalifalarni avvalgi mavqeyini biroz muddatga bo’lsada qaytaradilar, lekin amalda ular saljuqiylarga qaram edilar. XII asr boshlarida Saljuqiylarning zaiflashuvi abbosiy xalifalarni nisbatan Mustaqil hukmdorga aylantiradi. Xorazmshoh Takashning 1194-yilda Iroqdagi saljuqiylarni quvib yuborishi abbosiylarni saljuqiylardan mustaqil bo’lishiga imkon beradi. Xalifa an-Nosir davrida Takashning vorisi Muhammad Xorazmshoh bilan ziddiyatga borishadi , ammo Xorazmshohlarning 1217-yilgi Bagʻdod yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi xalifa mustaqilligini saqlab qoladi. Arab xalifaligi 1258-yilda moʻgʻullar tomonidan tugatildi. O’rta asrlarning ikkinchi yarmida esa dunyo yangi kuch va mo’g’illar davlati odida ojiz qoladi 1206 - yilda Chingizxon tomonidan tuzilgan davlat dunyo tarixidagi eng yirik imperiya hisoblanadi. Mo’g’il mustamlakachilik yurishlarining boshqalaridan asosiy farqi egallangan hududlarning batamom vayronaga aylantirilishi bilan sifatlash mumkin shu sababdan olimlar mo’g’illar bosqinini dunyo sanitarlari deya sifatlashgan. XIV asr sharqda yangi siyosiy kuch paydo bo’ladi bu Amir Temur asos solgan Temuriylar davlati edi 15-asr oxirida Yevropa davlatlari Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20-asr boshida avjiga chiqdi, natijada dunyoning katta qismi bir necha imperiyalar oʻrtasida boʻlib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangilari: AQSH, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qoʻshildi. Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) tufayli kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda yemirilib, qulashiga olib keldi. BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi 1960 yilda qabul qilingan bu hujjat tarixda muhum iz qoldirgan , unda mustamlakachilik insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanadi.6 XX-asrning 60-yillari boshida oʻnlab sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishishdi va suveren davlatlarga aylandi. Jumladan, "Afrika yili" deb nom olgan 1961-yilda qitʼaning 21 davlati mustaqillikka erishgan edi.7 Hozirgi vaqtda ayrim kichik hududlar asosan, orol qududlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar hukmronligi ostida qolib kelmoqda. Lekin bu hududlarning aholisi aksariyati metropoliya aholisi huquqlariga oʻxshash yoki unga yaqin huquqlarga ega boʻldi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishdan keng foydalanadi, metropoliya mamlakatlaridan moliyaviy-iqtisodiy yordam oladi. Shu bois tom maʼnoda Mustamlakachilik amalda yoʻqolgan, deyish mumkin Mustamlakachlik siyosatining aynan biz tadqiq qilayotgan hudud va davrda alohida ahmiyat kasb etish bilan bir qatarda o’ziding ziddiyatli va qamrovi jihati bilan alohida tahlilni va tafsifni talab qiladi. XVIII asr boshlaridan XIX asr o’rtalarigacha Rossiya Hindistonga davo qilishi boshlandi va vaqt o’tishi bilan surinkali o’sishi zo’raydi. Rossiyaning Hindiston tomonga yurishi 1725 yilda boshlandi deb yozadi1. Shunday bo’lsada XIX asrga kelganda Rossiya yetakchiligi sekinlasha boshlandi, ammo Hindiston chegaralari atrofidagi o’z harbiy ba’zalari mustahkamlangandi. Bora-bora 1850-yilgacha Britaniya va Rossiya Imperiyalari o’rtasidagi masofa ming milgacha qisqarib bordi. Shunday qilib bu o’rtadagi jarayonlar shu qadar yuzaga kela boshlangan edi. Bundan Afg’oniston ham mustasno qolmadi, chunki Hindiston va Rossiya Imperiyasi o’rtasidagi chegarani shu davlat tomonidan to’sqinlik qilinar edi. Rossiya va Britaniya Imperiyalari taqdiri oxirida “ Katta O’yin” jarayonlari Yevropada qaror topadigan bo’lgandi. Bular uchun Eron va Afg’onistonning muhimligi shundan iborat ediki, Britaniya Rossiyaning Hindistonga yaqinlashib qolishidan qo’rqardi. Rossiya ham Turkistonga yaqinlashishidan qo’rqar edi. Eron va Afg’oniston sharqida yashovchi kishilar aytadi: “tog’li urug’ qabilalari o’rtasida tinchlikni ta’minlash maqsadida bu davlatga kirishga harakat qila boshlangan edilar”2. Afg’onistonning xavfsizligidan bezovtalangan Britaniya dastlab Sant-Peterburg bilan muzokaralar olib borish uchun harakat qilishga qaror qilgandi va Rossiyaning ta’siri kuchayib ketishi aynan ushbu paytlarda unga mutloq joylashishidan tashqari o’zini bu davlatdan himoya qilishi kerakligi to’g’risida Afg’oniston bilan suhbatlashgan edi va aynan manashu paytda afg’on siyosiy rahbarlarini ishontirishga harakat qilgan edi8. 1868-yildan 1874-yilgacha Kulidistonning birinchi kotibiyatida Hindiston tashqi ishlar vaziri bo’lgan Divok Argilning aytishlariga qaraganda “Biz ruslarning Markaziy Osiyoni egallashi yuzasidan ancha harakat qilgan “Salobatli yurishlar”dan bir ikkita ma’lumotlar va suhbatlarni ochiqchasiga bayon qilamiz. Buni biz mustamlakachilikning tasviri va ta’rifi sifatida hisoblaymiz va ruslarning hujumlari natijasida Britaniyaning hujumlari ancha kamayayotgani va obrusi tusha boshlayotganiga shunday qarab tura olmaymiz. Haqiqatdan “Salobatli yurishlar”ini boshlashi bilan har ikkalasi janub va shimol tarafdan Afg’oniston tomonga yurish qilish holatida edilar. Ayni shu vaqtda ruslar Amudaryo atroflarida va inglizlar Sulaymon darasida yurishga tayorgarlik qilayotgan edilar. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki bu ikkalasi ham ular o’rtasidagi konflikt chegarani yo’qotishni Afg’onistonni “bufer” zonaga aylantirishga qaror qabul qildilar va bu o’yinda “ kabob gushtlari sovishi” bilan xoru zor asir millatlar yuzaga kelishini har ikkalasi bilar edilar. Shuningdek bu ikki atama to’g’risida so’z yuritar ekanmiz bir savol yuzaga keladi endi bu mavzuga tegishli haqiqiy baxslar va mustamlakaga aylantirishning bu o’yin natijasida Afg’onistonda nima yuzaga kelganini biz ko’ra olamiz deydi Divok Argil. Bu o’yinga tegishli fikrlarning va sahnalarning keng ko’lamligiga qaramay uning markazida va asosida Afg’oniston turar edi. Afg’oniston Hindiston va Markaziy Osiyo tarixi kechuvida bundan keyin dunyoning barcha g’olib davlatlari o’tadigan bo’ldi. Bu o’yin yuzaga kelgan vaqtda Hindiston va Afg’oniston bir xatarli nuqtaga aylanib qolgan edi, inglizlar esa bu qiyinchiliklardan Afg’onistonga rus askarlari jo’nashni to’xtatgan vaqtgacha himoya qilishlarini aytgan edi va va’da bergandi. So’ng esa “Salobatli yurishlar”ga nisbatan inglizlar va ruslar Afg’onistoning janubiy va shimolidagi hududlarga otlanganliklari oydinlashib qoldi. Inglizlar 1808-yilda Afg’onistonning sobiq hududi hisoblangan Sind tarafga o’z diqqat e’tiborlarini qaratdilar. Hindiston general gubernatori Lord Laynd o’z vazifasiga ta’yinlangan bir vaqtda 1839 yilda Sind amirlari bilan (Mir Nurmuhammad, Mir Nosirvva qolgan amirlar) 31 bandli bir shartnomani imzoladilar, inglizlar Sindga besh ming askarini jo’natishi esa bu shartnomaning asosiy bandi edi va ular tomonidan ishlatiladigan harajatlar amirlar xazinasidan to’lanadigan bo’ldi. Inglizlar bunga ham qanoat qilmay 1843-yilda boshqa bir shartnomani amirlar ixtiyoriga topshirdilar bu bir yil o’tgandan so’nggina ular majburan ravishda qabul qiladigan bo’ldilar. Tahlillar Sind millatiga bundan so’ng shartnomaga asoslanadigan bo’lsak g’amgin bir tajribani izohlab berdilar ya’ni bora-bora ularning asoratiga tushib qolishlarini dalillar bilan tushintirishlar berdilar. Afg’onistonda inglizlarning askarlari tor-mor qilingan vaqtda Moknotanning elchisi va Aleksandir vakili qatl qilindi va shoh Shujo ham aynan bu vaqtlda olamdan ko’z yumdi. Inglizlar bu voqealardan so’ng sinash maqsadida 1843-yilda Sindga hujum qildilar hamda bu hujum muvaffaqiyatli bo’ldi va inglizlar amirlarni zindonga tashladilar va ko’plari esa o’z yurtlarini tashlab ketdilar, ya’na bir guruhi esa mamlakatdan badarg’a qilinib, bu yurtni o’z mustamlakasiga aylantirdilar. Bu voqeadan so’ng sikhlarni tor-mor etgungacha va bu yurt a’zolarni o’z qullariga aylantirgungacha Panjobga yurish qilishni xohladilar, Ranjid Singning avlodini qatl qildilar va 1849-yilda faqatgina Panjobni egallanmadi balki (Sind daryosi havzasida yuzaga kelgan) uning barcha qismida istiqomat qiladigan pushtun mintaqasini va sikhlar yashaydigan va ular egallab turgan hududlarning barchasini o’z qo’l ostiga olishga erishdilar. Shu tartibda oz vaqt mobaynida 70 million Panjob aholisi, 2 million Sind aholisi, Pushtun qabilalarining barcha qismini o’zlariga tobe qila oldilar. Inglizlar janub tarafdan yelday uchib borar edi. Buning natijasida Sind, Panjob va Sind havzasini o’z qo’liga oldilar va bu Sulaymon tog’lari yaqinlarida to’xtagan “Salobatli yurishlar”i edi. Afg’onistonga tegishli bo’lgan Bulujistondagi vaziyat bir qancha farqli edi. Bu yerdagi siyosiy ko’rinish, 1853-yilda Amir Nosirxonga taqdim qilingan shartnomani imzoladilar va manashu shartnomaning to’rtinchi bandida shunday ma’lumotlar keltirilgan edi: “Agar inglizlar xonga tegishli mintaqadagi Britaniya askarlari va sarbozlarini o’z joylariga qaytarib yuborsalar va bu yurtdan chiqib ketsalar, amir bularning xavfsizligini o’z zimmasiga oladi. Oltinchi moddasida esa inglizlar tomonidan amirga 15 ming rupiya to’lanilishi to’g’risidagi va’dasi keltirilgan edi. Mashhur inglizlardan biri Mijar Jalkab va amir Nosirxon bu shartnomani imzolagan edilar1. “Salobatli yurishlar”ining tarkibiga kirgan Afg’onistonning janubidan shimol tarafga yurish holatida bo’lgan inglizlar haqida Mustuteg deb nom olgan kelishuvda eslatib o’tilgan edi. Afg’oniston shimolidagi ruslar “Salobatli yurishlar”idan foydalanib janub tarafga harbiy harakat olib borishga tayyor holda edilar. Aleksandir tomonidan Kavkazga hujumi avval (1801-1825 yillarda) sikhlarda boshlanib, 1809-yilda qo’zg’olonchilarning rahbari bo’lgan shayx Shomilning qo’lga tushishi bilan o’z nihoyasiga yetgan edi. 1839-1840-yillarda Afg’onistonda birinchi ingliz-afg’on urushi boshlangan vaqtda ruslar Xivaga hujum qildilar kuchli talofatar ko’rgan xiva xoni taslim bo’ldi va ular Markaziy Osiyodan uning qo’llari butunlay olib tashlab o’z shiddatli hujumlarini boshlashliklari to’g’risida tashvishga tushdilar. 1865-yilda Toshkentni va 1866-yilda Xo’jandni olib Qo’qon xoniga katta talofat berdilar. 1868-yilda Buxoroga hujum qilib shu yilda Turkiston viloyatini tashkil qildilar bir yil o’tib Samarqandni olib mutloq Buxoroda o’z hokimiyatini o’rnatdilar. Ruslar bundan ham aniqroq ma’lumot beradigan bo’lsak "Salobatli yurishlar"i (to’xtashi) bilan kengligi bir ming km va uzunligi ikki ming km bo’lgan sahrolar, daryolar va Markaziy Osiyoning muhim shaharlarini o’z qo’liga oldi va Amudaryo atroflarida to’xtagandilar va keyingi yurishlari Afg’oniston tomonga bo’lishi haqida mulohazalar olib bordilar2. Inglizlarning maxsus Pirvon harbiylari ruslarning harbiy harakatlaridan himoyalanish maqsadida mumkin darajada Afg’onistonda to’siqlar tashkil qilish fikrida edilar. Rossiyaning siyosiy rahbarlari inglizlar bu masalada bir jiddiy to’qnashuvga uchraganliklarini bilar edilar. Shu sababli ruslar Markaziy Osiyodagi vaxshiy qavmlarning kutarilishi jilovini oldi va sivilizatsiya almashuv ishi tugaganligini Sant-Peterburgdan Londonga mislsiz maktublar yuborgandi3. 1858-yildan ruslar “Salobatli yurishlari”ni tezlashtirgan edilar, 10-yil vaqtda “Salobatli yurishlar”i natijasida o’z xohlagan yerlarga va natijaga ega bo’ldilar hamda Markaziy Osiyodagi nufuzini kengaytirdilar. Endi ruslar shimol tarafdan inglizlar esa janub tarafdan Afg’onistonni jiddiy o’rganish yuzasidan qaror topgan edilar. Do’st Muhammadning vafotidan so’ng Sheralixon o’z akalari bilan taxt talashayotgandi va hech kimni mintaqada haqiqiy egasi ekanini rasmiy tan olmay ruslarni va inglizlarni ham e’tiborsiz qoldirgan edi. Boshqa bir tarafdan manashu ikki buyuk davlat (ingliz va ruslar) har paytda jangning muqaddimasining peshqadami bo’la olgan edilar va hamda shu darajada qo’rquvda edilar. Sheralixonning hukmronlik davri kuchli bir xavf-xatarda edi. Shu yillarda inglizlar janub tomondan Suloymon daralarida to’xtagan va shimol tarafdan ruslar Amudaryo qirg’oqlarida to’siqlar qilgan edilar. Boshdanoq bu asrda boshlangan qudratli tufon edi, o’n yildan so’ng bu o’z avjiga yetdi va keyin har ikki derjava to’xtatishi to’g’risida eslab o’tdilar. Afg’onistonning janub va shimolida biri Amudaryo bo’ylarida va boshqasi Sulaymon etaklarida mustahkamlangan vaqt ikki buyuk davlatlarning “Salobatli yurishlar”i edi. Ikki buyuk davlatlarning to’qnashishi bilan mintaqada katta va buzg’unchi bir urush yuzaga kelishiga olib keltiradigan xavf-xatarni vujudga keltirardi. Ruslar inglizlar Hindukush etaklarida okoplarga tushib olib u yerdan Markaziy Osiyodagi ruslarning kelishini qurollar bilan kutib olishi fikrida edilar. Inglizlar bunga qarshi ruslar Amudaryodan yurish qiladi va Hindukush etaklarini oyoq osti qilib Hindiston tarafga yurishi mumkin degan fikrda edilar, lekin ularning ruslar Hindistonga Hirot va Qandahordan hujum qilish fikrlari ishonchliroq edi. Inglizlar 1857-yilda amir Do’st Muhammad bilan jiddiy tarzda ikkinchi Jamarud shartnomasini imzolagan vaqtda va shunga asosan Eron askarlarini Hirotdan chiqargandilar, shunga binoan ruslar qiyinchilikni qizg’inlik bilan aniqlashtirib bu ishga bel bog’lagan edilar. Ayni vaqtda amirning kuyovi bo’lmish Sulton Ahmadxon Sarkor Hirot hokimi etib tayinlandi. Ruslar 1858-yilda Xonikuf boshchiligida bir delegatsiyani Hirotga jo’natdilar. Bu delegatsiyaning asosiy vazifasi vaziyatni aniqlashdan iborat edi. Xonikuf boshchiligidagi ruslar xorijiy ishlar vazirligiga barcha ma’lumotlarni jo’natishi buning ikkinchi tomoni edi. 1859-yilda amir Do’st Muhammadxon Qunduzni oldi va Badaxshonni ham o’z ta’sir doirasiga kiritgan edi. Ruslar g’alayonlarda qattiq qo’llik bilan to’rgandilar, zero ular amir Do’st Muhammadxonni har qadamida ularning manfaatlarini nazarga olgan ingilizlarga vafodor shaxs va vakil sifatida hisoblardilar. Ruslar ular Markaziy Osiyoda Hindukush etaklaridan zarbaga duch kelishlari mumkin deb o’yladi, shuning uchun bunga qarshi harbiy rejalar tuzib chiqardilar. Muqobil ravishda inglizlar ham Amudaryo tarafdan ruslarni oldinga yurishini oldini olish rejasini tuzdilar. Londondagi kengaytirish tarafdorlari jiddiy ravishda Britaniya Hindistoni Markaziy Osiyo uchun Hindukushni bir to’siq sifatida bildi. Bu siyosatning izdoshlaridan biri Rovelsin bo’lib Maknotan shoh Shujoni Kobulda almashtirdi. Barcha janubiy-g’arbiy boshqaruvni Rovelsinga topshirdi va uning markazi Qandahor edi. Buning asl asosi inglizlar o’zining siyosatini zo’rlik va kuchlar bilan amalga oshirish kerak. Bu shaxs Angliya bosh vaziri Dizroelining maslahatchisi bo’lgan mashhur vakili edi. “ Hundukushning barcha etaklari inglizlar tomonidan ishg’ol qilinishi Hindiston himoyasida undan foydalanishi Markaziy Osiyoga ko’prik sifatida foydalanishni nazarda tutgan edilar”. Ushbu nazariyalar Hindiston daralaridagi ruslar va inglizlar to’qnashuv xavfini judayam yaqinlashtirib qo’ydi. Londondagi kengaytirish siyosatining bongi urilgan vaqtda, bir guruh siyosatchilar Hindistonning xavfsizligini ko’zlab ilmiy chegara nazariyasini qo’llash fikrida edilar. Bu siyosat inglizlar Sulaymon tog’larining etaklari ( Haybar, Payvor, Porachor, Tovchi ,Karm Gumil va Kujek)ni agar Hindistonga tajavvuz yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamma joylardan hujumni qaytarish uchun to’siqlar tashkil qilish fikrida edilar. 1841-yilda inglizlar Afg’onistonda hech narsaga erisha olmay aylanib yurgan bir vaqtda Blujistonda Qalot xoni amir Nosirxon bilan kelishuvni imzoladilar. Ular uning vositasida Kvettani ham o’ziga buysindirib, 1876-yilda bir ulkan harbiy markaz va Katta Kujak o’tish yo’liga tusiqlar qo’ygandilar. Bu rejalarning hammasi egallash maqsadlari edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Gurchakuv Brins mislsiz ravishda London hukumatiga nomalar jo’natdi va inglizlar Afg’oniston shimoli ruslarning muzokaralarini qabul qilishini va Hindukush to’g’risida ularning fikrlari o’rganishlarini qattiq turib oldi9. Ruslar Markaziy Osiyoning uzoq va yaqin barcha shaharlari va sahrolarini tasaruffiga oldi. Lekin ularning Hindiston tarafga Afg’onton yo’lidan bu zaminga kirish uchun u mamlakatga ko’z tikardilar. Inglizlar Afg’oniston amiri va uning odamlari inglizlardan qattiq nafratlanishini, agar fursat tug’ilsa , inglizlarga zarba berishdan darig’ tutmasdi. Inglizlar Hirot va Hindukush to’g’risida juda ixtiyotkor edilar va u yerda bir kichik qushning uchishini ham jiddiy e’tibor berardilar Forward Polisy tarafdorlari yengni shimarib aql bovar qilmaydigan har bir ishni inglizlarning Hindistondagi ishlariga beparvo edilar. Milodiy 1879-yil Lord Leytin Afg’onistonga hujum qildi uning maqsadi Hindukush xavf-xatarlarini boshidan uzoqlashtirish va Suloymon daralarini ixtiyoriga olish edi. Bu baxslarning natijasida 19-asr boshlaridan 70-yillari boshlaridagi inglizlar va ruslar o’rtasidagi to’qnashuv yuzaga kelishidan xavotirlanganliklari to’g’risidagi bu fikr mantiqiy asos topadi. Bu to’qnashuvning ixtimoliy hududlari Hindukush, Suloymon va Hirot sahrolari edi. Afg’onistonning “bufer” mamlakat sifatida loyihalashtirish bilan bu xavf olib tashlandi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling