Xix asrning 70-90 yillarida turkiston o'lkasida xalq ozodlik harakatlari
Download 1.19 Mb.
|
XIX asrning 70-90 yillarida turkiston o\'lkasida xalq ozodlik harakatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Uchinchi bosqich
- To‘rtinchi bosqich
Birinchi bosqich-1847-1865 yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. (Jumladan, 1853 yili Oqmasjid, 1860 yili To‘qmoq va Pishpak, 1964 yili Avliyoota va Chimkent shaharlari hamda 1865 yili iyun oyida Toshkent bosib olindi). Istilo etilgan hududlarda Orenburg generalgubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich-1865-1868 yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Bunda 1866 yilda olib borilgan istilochilik yurishlari oqibatida O‘ratepa, Jizzax va Yangiqo‘rg‘on, 1868 yili Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritiladi. Uchinchi bosqich-1873-1876 yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‘ldi. Mazkur bosqichda 1873 yili Xiva xonligi qaram davlatga aylantirildi. 1875-1876 yillardagi harbiy yurishlari oqibatida Qo‘qon xonligi tugatilib, o‘rnida Farg‘ona viloyati tashkil etildi. To‘rtinchi bosqich-1877-1885 yillarda turkmanlarning bo‘ysundirilishi edi. Unda 1877 yili Axaltekin vohasidagi Qizil Arvot, 1881 yili Ko‘ktepa va 1884 yili Marv vohasi bosib olindi. Qurbonjon dodxoh qoʻzgʻoloni — chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1875—76). Bu qoʻzgʻolonga Olay vohasi hokimi, Olay malikasi sifatida mashhur boʻlgan Kurbonjon dodxoh boshchilik qilgan. 1811 yili 0 ‘sh shahrining kunchiqar tarafida joylashgan Modi qishlogida cho‘pon oilasida dunyoga kelgan Qurbonjon go‘zal va oqila qiz bo‘lgan. Yoshligidanoq mustaqil fikri, metin irodasi va tadbirkorligi bilan hamqishloqparini hayratga solgan. Qurbonjon keyinchalik Andijon hokimi Olimbekning nazariga tushadi va uning rafiqasi boiadi. 1833 yili Olimbek uni Qo‘qon saroyiga olib kelib, malika Nodirabegimga tanishtiradi. Qo‘qon lashkarining zarbdor kuchi boim ish Farg'ona navkarlarining taniqli sarkardasi Olimbek saroyda katta obro‘-e’tiborga ega boigani uchun uning rafiqasiga ham katta izzat-ikrom koisatiladi. U Qo‘qon xoni, uning amaldorlari, saroy hayoti bilan yaqindan tanishadi. Mashhur o‘zbek shoiralari Nodirabegim, Uvaysiy va boshqalaming ta’sirida uning dunyoqarashi shakllanadi. Bu qirgiz ayoli eri Olimbek kabi ot chopish, o‘q otish, qilichbozlik sohasida yigitlami hayratda qoldirar edi. Qurbonjon Andijonni idora etish ishlarida eriga yaqin ko‘makdosh boladi. Qo'qon xoni zulmi va behisob og'ir soliqlaridan bezor bo'lgan xalq 1873 yili qo'zg'alon ko'taradi, Qurbonjon dodxohning farzandlari Abdullabek, Mahmudbek. Hasan va Botir ham qo'zg'alonchilar tarafida boidilar. Xudoyorxon qo'zg'alonchilardan yengilib, tang ahvolga tushib general Kaufmandan yordam so'raydi. Buxoro, Xiva xonliklarini o'ziga bo'ysundirib, endi Farg'onaga ko'z tikkan Kauf man bundan foydalanib Qo‘qonni zabt etish uchun M.D.Skobelcvni yuboradi. Qurbonjon dodxoh va uning to'ng'ich o‘g‘li Abdullabek qo‘zg'alonchilar tarafida turib, jasorat ko'rsatadi. 0 ‘shanda o‘zbek, qirg'iz yigitlari ular boshchiligida bosqinchilarga ko'p talafot yetkazishadi. Bu haqda fon Kaufman shunday yozgan edi: «Ruslar hali 0 ‘rta Osiyoda hech qachon bunday uzoq va qattiq qarshilikka uuch kelmagan edilar. Biz birinchi marta matonatli jangchilar bilan to‘qnashdik va mahalliy xonliklar hukmdorlariga nisbatan aholiga qarshi kurashish naqadar mushkul ekanligini his etdik». Ish shu darajaga borib yetdiki, mashhur general Skobelev oloyliklar qarshiligini yenga olmasligiga ko'zi yetib shaxsan Qurbonjon dodxoh bilan muzokara olib borishga majbur bo‘ldi. O'zaro qonli urushni to'xtatish haqidagi muzokaralardan so‘ng Skobelev, yuqorida aytilganidek, o‘z qo'li bilan Qurbonjon dodxohning yelkasiga zarbofto'n yopdi. Rus qo‘mondonligi uni general sifatida tan oldi. "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni ommaviy tus olgach, Qurbonjon dodxoh oʻz oʻgʻillari bilan qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻtgan. 1876-yil mart oyida Turkiston generalgubernatori K.P. Kaufman Olay vohasiga yangi hududlarni bosib olish va xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsiz bostirish bilan nom chiqargan general M.D. Skobelevni yuborib, qoʻzgʻolonchilardan 3 kunlik muddat ichida boʻysunish va har bir oʻtov soliq toʻlashini talab qilgan. Chorvador qirgʻizlar va oʻzbeklar bosqinchilarga itoat qilmay, ularga qarshi Qurbonjon dodxoh boshchiligida kurashga otlangan. Skobelev rahbarligidagi Rossiya qoʻshini 1876-yil 21 martda Oʻshga keladi. Skobelev aylanma yoʻl orqali hujumga oʻtib, qoʻzgʻolonchilarni Soʻfiqoʻrgʻongacha surib tashlagan. Abdullabek qolgan yigitlari bilan Qizilort dovoni tomonga chekinib, Pomir togʻlariga chiqib ketgan. Kaufman buyrugʻi bilan 1876-yil yozida Olay vohasiga jazo otryadi joʻnatilgan. Skobelev boshchiligidagi qoʻshin 15 iyulda Olayga 3 tomonlama — Oʻsh, Uchqoʻrgʻon va Gulchadan yoʻlga chiqishgan. Abdullabek 2 ming kishilik qoʻshini bilan Oʻshdan 40 chaqirim naridagi Shoti degan joyda pistirma qoʻyib, chor qoʻshinlarini Olayga oʻtkazmaslikka harakat qilgan. Polkovnik Vitgenshteyn va qirgʻiz Shabdon Jontoy oʻgʻli boshchiligidagi qismlar bilan Abdullabek qoʻshini oʻrtasida ayovsiz janglar boʻlgan. 31 iyulda qirgʻizlarning bir necha biyi Skobelevga taslim boʻlgan. Vitgenshteyn qoʻshini 1876-yil avg .da Abdullabek yigitlari ortidan quvib, Pomirga kirib borgan. 8 sentabrda Soʻxga yaqin Aylanma degan joyda har 2 qoʻshin oʻrtasida soʻnggi toʻqnashuv boʻlib, unda Abdullabek boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar yengiladi. Abdullabek ukalari va safdoshlari bilan Qorakoʻldan Choʻngsuv darasiga oʻtib, soʻngra Tuyuqsuv darasi orqali Qashqar va Shugʻnon tarafga, keyinchalik Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Abdullabek oʻsha yiliyoq Makkaga haj safariga joʻnab, yoʻlda vafot etgan (uning jasadi keyinchalik Gulchaga olib kelinib, dafn etilgan). Fargʻona viloyati harbiy gubernatori Skobelev Oʻsh uyezdi hokimi P.P.Ionov vositachiligida Qurbonjon dodxoh bilan muzokaralar olib borgan. Skobelev bilan Qurbonjon dodxoh Olayda shaxsan uchrashishgan va oʻrtada sulh tuzilib, chor hukumatiga koʻrsatayotgan qurolli qarshilik toʻxtatilgan (1876-yil oxiri). Qurbonjon dodxohning oʻgʻillari Mahmudbek, Hasanbek, Botirbek Kobuldagi quvgʻinlikdan chaqirilib, ularga Olay vohasida yangi tuzilgan boʻlislarga boshchilik qilish topshirilgan. Uning kichik oʻgʻli Qamchibek esa keyinchalik rus maʼmurlari tomonidan Oʻshda dorga osib oʻldirilgan (1895) Qurbonjon dodhohning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullabek yigitlari bilan kurashni davom ettirdi. Bosqinchilar qo'lida qatl etilgan do‘sti, 32 yoshida dorga osilgan Po'latxon uchun Skobelevdan qasos olishni o‘yladi. Oloyliklar orasida janglarda chiniqib boy harbiy tajriba ortirgan yigitlar to'plangan edi. Ular ham Abdullabek singari bosqinchilarga qarshi so‘nggi tomchi qonlari qolguncha kurashishga ahd qilgan fidoiy msonlar edi. Skobelev strateg sifatida o‘zbek, qirg'iz, qipchoq, tojik, turkman birlashsalar dahshatli kuchga aylanishini yaxshi bilgan. Shuning uchun ulaming o‘rtasida «nifoq» solish, urug‘chilik, maxalliychilikni kuchaytirish siyosatini tutdi. U Abdullabekka qarshi Oloy ichiga yurish qilganda mahalliy sotqinlardan iborat 25 kishini oldinga yuboradi. Ammo ular hammasi vatanparvarlar o'qidan yer tishlaydi. Skobelev shunda ruslarga ixtiyoriy xizmatga o‘tgan qozoq sardori Shabdonni 40 yigiti bi Ian razvedkaga yuboradi. Ular bir necha guruhlarga boiinib, qo‘zg‘alonchilarni qidirishadi. Yo‘l-yo‘lakay ular ovullarni talab, ancha-muncha yilqi, qo‘ylami o ija qilishadi. Skobelev aholidan talab olingan mollaru-mulklami b o iib olishni taklif qiladi. Bu bilan u qozoqlar qirg‘izlarni taladi, degan ovoza tarqatish va ikki xalq o‘rtasiga adovat urugini sochmoqchi edi. Ammo Shabdan «Men ruslarga xizmat qilgani kelganman, talagani emas» deydi. Shunda qirgiz qipchoqlardan ruslarga xizmatga o4gan Bekjon va Tursunqul guruhlari ham Abdullabekka qarshi yuboriladi. Ular 0 ‘shdan chiqib Terakdavonga kelishadi va Dorboz darasida Abdullabek bilan to‘qnashadi. Ular tor-mor qilinib, ko'pchiligi asir olinadi. Yana bir guruh Uchqo‘rg‘on yaqinidagi darada qo‘zg‘alonchilar tomonidan qirib tashlanadi. General Skobelev endi o'zi shaxsan saralangan, tog‘ urushiga ixtisoslashgan qo‘shin bilan jangga otlanadi. Abdullabek, Umarbek, Sulaymon udaychi, Tunako‘lponsod rahbarligidagi o‘zbek, qirg‘iz, qozoq yigitlari uni Yangiariq darasida yo‘lini to'sadi. Ikki o‘rtadagi olishuvda qo‘zg‘alonchilar son va sifat jihatdan ustun dushmanga bas kelolmay, orqaga chekinadi. Abdullabek qo‘zg‘alonchilami birlashtirish maqsadida Hudoyorxon avlodi Abdukarimbekni xon deb e ’lon qiladi va uning nomidan chaqiriqnomalar yuboradi. Abdullabek xonning birinchi amaldori-mingboshi sifatida tilga olingan xitobnoma chaqiriqlar o‘z kuchini koisatdi. Farg‘ona gubematori bu ishda eng ta’sirchan Abdullabek ekanini yaxshi bilgan va shu tufayli uni yo‘qotish uchun barcha choralarini koidi. Gvardiya ofiseri Spolatbog rahbarligida kuchli otryadni Abdullabekka qarshi yubordi. Ammo bu otryad magiubiyatga uchrab, orqaga chekindi. Kapitan Spolatbogdek gvardiya ofiseri o‘z pog'onasiga kotta armiya polkovnigiga teng harbiyning hech qanday nazariy va amaliy harbiy m aium otga ega boim agan Abdullabekdan yengilishi general Skobelevni sarosimaga soldi. U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoniga yoilagan axborotida 80 soldat va ofiserlarga bosh Spolatbog amalga kelganda butun dabdabasini yo'qotib sharmanda boiganini yozadi. Raqibni mensimay gerdaygan boshqa ofiserlarning boshiga shunday savdo tushishi inumkinligidan ogohlantiradi. 1876 yil 6 iyulda general endi kapitan emas, undan yuqoriroq lavozimdagi podpolkovnik Krujanovskiyga 350 soldat berib, ulami U chqoig'onga yubordi. Chimboy gamizonidan ikki yuz piyoda askami vodiyga yubordi. 18 iyulda o‘zi ham sara lashkarlari bilan yo‘lga chiqdi. Ammo bunday katta kuch ham qo‘zg‘alonchilarni cho‘chitmadi. Ular dushmanga turli tomonlardan hujumlar uyushtirib, ko'zdan g‘ovib bo'lishdi. Qurbonjon dodxoh tashrif buyurgani va u bilan mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarish masalasini muhokama qilgani mustamlakachilami talvasaga soldi. Qurbonjon dodxohning o‘g‘li Qamchinbek ms bojxonasi xodimini o‘ldirganlikda ayblanib qamalgani va uning osib oidirilganligi bu m o“ tabar zotning podshoh hokimiyatiga qarshi harakat boshlashiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, norozilik uning qo‘l ostidagi qirg‘izlarda ham kuchli ekanligi m a’lum edi. Ketmontepa, Ko'gart taraflardagi qirg‘izlar 1896 yili ms mujiklari ustidan shikoyat qilib, Mingtepaga vakil yuborishdi. Taxminan 25 kishi Dukchi eshonning huzuriga kelib, shunday deyishgan: «Agar bizga ijozat bersangiz, hamma qirg‘izlar yig‘ilib, mujiklar ustiga hujum qilib, hammalarini otimiz to‘yog‘i ostida bostirib yuboramiz. Jonimizdan tamom to‘ydik. Biz qirg‘izlami benihoyat besaranjom qildilar. Bunday yurganimizdan hammamizning o‘lganimiz yaxshiroq. G‘azotga ijozat bering!». Eshon bunga javoban bunday degan: «Birodarlar! Hali vaqti emas, andak fursat bor, hammamiz birdan hujum qilamiz, oxiri bu Nikolay zulmi ostida qolmaymiz, bir oz fursat bor, tavaqquf qilib turinglar! Men o‘zim bosh bo‘lib hamma birodarlami, balki tamom shahar ahlini o‘zimizga yor qilib, keyin ishni bir yo‘la boshlaymiz. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling