Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Maxmudov Dilshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan
- Sakkizinchidan
- To’qqizinchidan
- O’ninchidan
Beshinchidan, Tempus dasturi TACIS ( Technical Aid to Commonwealth of Independent States) dasturining Yevropa hamjamiyati tomonidan tashkil etilgan va iqtisodiyotda islohotlarni amalga oshirishda, mustaqil mamlakatlarda demokratik jamiyat qurishda, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni o’rnatishda yordam berishga qaratilgan qismidir. Tempus dasturi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Yevropa bo’lmagan hamkor davlatlar ishtirokida oliy ta’lim sohasida hamkorlik zonasini qurishga qaratilgan. Masalan, 1994-1999 yillarda Markaziy Osiyoning besh mamlakati uchun dastur byudjeti 17,7 mln. yevro, 2000-2007 yillar davomida – 31,2 mln. yevro, 2008-2013 yillar davomida-50 mln. yevroni tashkil etgan,
Oltinchidan, Tempus dasturining loyihalarida eng faol ishtirok etgan davlat bu O’zbekiston bo’lgan. O’zbekiston 1994-2013 yillar oralig’ida qaryib 81 loyiha amalga oshirilgan. Yettinchidan, Tempus dasturi o’zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob berish uchun Yevropada umumiy oliy ta’lim makonini yaratish maqsadida Boloniya jarayoniga muvofiq islohotlarni ilgari surdi.Tempus dasturi Markaziy Osiyo shu jumladan mamlakatimiz oliy ta’limini modernizatsiya qilish va uni saqlashga katta ta’sir ko’rsatdi. Yangi o’quv materiallari ishlab chiqildi, yanada samarali o’qitish uchun zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqilishga erishilish bilan birga oliy o’quv yurtlari va mehnat sohasi o’rtasida yanada yaqin aloqalar yo’lga qo’yildi. Sakkizinchidan, Tempus mintaqadagi davlatlarning mintaqalararo loyihalar doirasida hududining boshqa davlatlari bilan aloqalarini o’rnatishga yordam berdi. 2007 yilda Markaziy Osiyoda yana bir Yevropa Erasmus Mundus dasturi ishga tushirildi va o’z ishini boshladi. Erasmus Mundus-Yevropa oliy ta’lim sifatini oshirish va uchinchi davlatlar bilan hamkorlik orqali odamlar va madaniyatlar o’rtasidagi muloqot va o’zaro tushunishni rag’batlantirishga qaratilgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik va mobillik dasturidir, To’qqizinchidan, Erasmus Mundus dasturining 2009-2013 yillarga mo’ljallangan umumiy byudjeti qariyb 1 milliard yevroni tashkil etib, markaziy Osiyo davlatlariga har yili 350 ga yaqin stipendiya ajratildi. Bu dasturlar natijasida O’zbekistonda 199 bakalaviriat, 224 magistratura, 184 doktarantura, 92 postdoktarantura, 168 ta xodimlar umumiy hisobda 867 ta nafar fuqarolar bu dastur doirasida ishtirok etishgan. O’ninchidan, 2013 yil 19 noyabr kuni Yevropa parlamenti Yevropa Ittifoqining ta’lim, kasb-hunar ta’limi, yoshlar va sportni rivojlantirish sohasidagi yangi dasturini Erasmus+ ni qabul qildi. Dastur 2014 yildan 2020- yilgacha etti yil muddatga mo’ljallangan bo’lib, uning byudjeti 14,7 million evroga teng edi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling