Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1007468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari

Buyuk davlatlarning Shimoliy
Afrikadagi siyosati
Liviya uzoq vaqt Turkiya mustamlakasi bo`lib keldi. 1911-
yil 28- sentabrda Italiya Liviyaga bosqinchilik urushi
boshladi. Turkiya tayinli javob chorasi ko`rolmadi. 1911- yil
5- noyabr kuni Liviya Italiya mulki deb e'lon qilindi. 1883-
yil Tunisda Fransiya hukmronligi o`rnatildi. Bungacha
Fransiya Jazoirni ham egallagan edi. Jazoirda XIX asr
oxirida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi. Hosildor yerlar
fransuzlar qo`lida edi.
1905—1906- yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi
kurash boshlandi. «Yosh jazoirliklar» tashkilotlari paydo
bo`ldi. Ular jazoir xalqini jabr-zulmdan, kamsitishdan
qutqarish yo`llarini qidirdilar.
1912- yilda «Yosh Jazoir» partiyasi tuzildi. Bu partiya sud
ishlarida jazoirliklar uchun «mahalliy kodeks» nomli
kamsituvchi tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va
yevropaliklarni tenglashtirish, xalq maorifmi kengaytirish,
arablar uchun saylanadigan lavozimlarni ko`paytirish kabi
talablarni qo`ydi.
Yevropa davlatlarining mustamlaka taqsimotida Fransiya
Marokashga ham ega bo`ldi. 1900- yili Italiya Fransiyaning
Marokashga nisbatan «huquqlarini» tan oldi. Buning evaziga
Italiya Liviyaga daxldor «huquq»qa ega bo`ldi.
Fransiya Marokashga qarshi urush ochish uchun bahona
qidirar edi. 1907- yil avgust oyida Marokash shahrida
fransuz vrachi o`ldirildi. Fransiya zudlik bilan urush
harakatlarini boshlab yubordi. Qisqa vaqt ichida Fransiya
Marokashning barcha asosiy shaharlarini bosib oldi.
Ispaniya ham Marokashdagi ba'zi hududlarni bosib oldi.
Tropik va Janubiy Afrikada
mustamlakachilik tizimi
XIX asrning oxirgi choragida Afrikada mustamlaka bosqini
yanada kuchaydi. Janubdagi qazilma boyliklarga boy
yerlarda 70-yillarda olmos va 80- yillarda oltin konlarining
topilishi yevropaliklarning «oqib kelishlarini» yanada
tezlashtirdi. Janubiy Afrikani mustamlaka qilishda Angliya
asosiy rol o`ynadi. Ko`p o`tmay bu yerga Germaniya ham
kirib kela boshladi. Mozambik va Angola kabi yerlarni
birlashtirishni portugallar o`z rejalariga kiritdilar. Asosiy
mustamlaka «o'choq»laridan biri Burlar Respublikasi bo`lib
qoldi. 70-yillardan boshlab Angliya o`z mustamlakalarini
birlashtirib federatsiya tuzishga urindi. Burlar bu fikrga
qo`shilmagach, Angliya 1877- yilda Transvaalni bosib oldi,
Zululendni ham o`ziga qarashli mustamlaka deb e'lon qildi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling